Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Ho‘l mevalar va sabzavotlarning rangi va sifati orasidagi bog‘liqlikni 
tushuntiring. 
2. Meva va sabzavotlar sirtining holati mahsulotlarning tovarlik va estetik 
xususiyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
3. Ho‘l mevalar va sabzavotlarning katta-kichikligining sifatiga qanday ta’sir 
ko‘rsatishini tushuntiring. 
4. Meva-sabzavotlarning pishganlik darajasi bilan sifati orasidagi bog‘liqlikni 
tushuntiring. 
5. Ho‘l mevalar va sabzavotlar katta-kichikligining kimyoviy tarkibiga ta’sirini 
tushuntiring. 
6. Ho‘l meva va sabzavotlarning sifat gradatsiyalarini tushuntiring. 
 
Ho‘l mevalarning sifat ekspertizasi 
 
Urug‘li mevalar 
www.sies.uz
Page 46 of 306 


47
Olma. Tez pishar olma navlarining sifati GOST 16270-70 ga, kech pishar 
olma navlarining sifati esa GOST 21122-75 standarti talabiga javob berishi kerak. 
Bu Davlat standartlari talabi bo‘yicha tez pishar olmalar sifat ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo‘linsa, kech pishar olma navlari esa oliy, 
1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga bo‘linadi. Olmalarni tovar navlariga ajratishda 
asosiy ko‘rsatkich tekshirish uchun namuna sifatida olingan olmalarning eng katta 
ko‘ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Masalan, kech pishar olmalarning 
dumaloq shaklli oliy navida ko‘ndalang kesimining diametri 65 mm dan, 1-navida 
60 mm dan, 2-navida 50 mm dan, 3-navida esa 40 mm dan kam bo‘lmasligi talab 
etiladi. Bundan tashqari olmalarning sifatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlarga 
ularning tashqi ko‘rinishi, pishib yetilganlik darajasi, hidi, ta’mi kabi 
ko‘rsatkichlari kiradi. Chirigan, shishgan, eti qoraya boshlagan olmalar sotishga 
ruxsat etilmaydi. 
Nok. Nok issiqsevar daraxt, mevasi olmaga nisbatan ancha nozik, shuning 
uchun saqlashga va tashishga chidamsizroq meva hisoblanadi. Nokni asosan ho‘l 
meva sifatida iste’mol qilinadi va undan kompot, murabbo, sukat kabi mahsulotlar 
tayyorlashda ham foydalaniladi. 
Nokning kimyoviy tarkibida quyidagi moddalar mavjud (%): suv 82-85%, 
qand 6,5-13, kraxmal 0,3, kletchatka 0,6-0,9, pektin moddalari 0,2-0,3, organik 
kislotalar 0,1-0,5, mineral moddalar 0,3-0,7, oshlovchi moddalar 0,02-0,17. 
Shuningdek, nok mevalari tarkibida S
1
,V
1
,V
2
va boshqa vitaminlar ham uchraydi.
Nokning shakli yassi-yumaloq, yumaloq, tuximsimon, ovalsimon bo‘ladi. 
Po‘stlog‘ining rangi asosan bir xil, yashil, sarg‘ich-yashil, sariq ranglarda bo‘ladi. 
Mag‘zi esa oq, krem, pushti rangli, konsistensiyasi qattiq, donador, mayda 
donador, dag‘alroq, yopishqoq, mayin, uqalanuvchan, moysimon, og‘izda tezda 
eriydigan holatlarda bo‘ladi. 
Nok ham pishib yetish muddatiga qarab yozgi, kuzgi va qishqi navlariga 
bo‘linadi. 
Yozgi navlari iyul-avgust oylarda pishib yetiladi, ular saqlashga deyarli 
yaramaydi (saqlanish muddati 10-20 kun). Yozgi navlariga Vilyams yozgi navi, 
Zuhra, Lastochka, Podarok, Rano kabi navlari kiradi. 
Kuzgi navlari avgust oyining oxiri, sentyabr oyining boshlarida daraxtdan 
uziladi. Ular ikki-uch oylar saqlangandan keyin yaxshi pishib yetiladi. Mevalar 
tashishga yaroqli. Kuzgi navlarga Lesnaya krasavitsa, Kuzgi qizil nashvati
Paxtakor, Medovaya navlarini kiritish mumukin. 
Qishgi navlari sentyabr oyining oxiri va asosan oktyabr oyida daraxtdan 
uziladi. Daraxtdan uzilganda mevalar qattiq konsistensiyaga ega bo‘lib, ularning 
ta’mi va hidi ham kam seziluvchan bo‘ladi. Qishgi nav mevalar bemalol 4-5 oy 
saqlanadi va ularni uzoq masofalarga ham ham tashish mumkin. Qishgi navlarga 
Qishgi Dekanka, Royal Zimnyaya, Olive de Serr, Qishgi nashvati, Kofe kabi 
navlarini kiritish mumkin. 
Yangi uzilgan tezpishar noklar sifatiga ko‘ra 1-chi va 2-chi tovar navlariga 
(GOST 21714-76), kechpishar noklar esa 1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga 
(GOST 21713-76) bo‘linadi. 
www.sies.uz
Page 47 of 306 


48
Nok mevalarining 1-chi va 2-chi tovar navlari bitta pomologik navdan 
tashkil topib, shakli va rangi bo‘yicha aynan shu pomologik navga xos, pishib 
yetilganlik darajasi bir xil, ombor zararkunandalari bilan zararlanmagan va 
kasalliklarga chalinmagan bo‘lishi kerak. Nok mevalari uchun ham tovar navlarini 
belgilashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri meva katta ko‘ndalang kesimining 
diametri hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich birinchi tovar navlarida 55 mm dan, ikkinchi 
tovar navlarida 45 mm dan, uchinchi tovar navlarida esa 35 mm dan kam 
bo‘lmasligi yuqorida keltirilgan standartlarda qayd etilgan. 
Behi. Behi daraxti issiqsevar, mevasi katta, tukchalar bilan qoplangan, shakli 
olmaga yoki noka o‘xshash bo‘ladi. Mevasining eti zich, ta’mi tishni 
qamashtiruvchi, hidi hushbo‘y va yoqimli bo‘ladi. Behidan yuqori sifatli murabbo, 
marmelad, kompot, jem singari mahsulotlar tayyorlanadi. 
Behi mevalarining o‘rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha (%): suv 81-85, 
umumiy qand 5-12 (fruktoza ko‘proq), organik kislotalar 0,5-0,9 (asosan olma va 
limon kislotalari), kletchatka 1,5, pektin moddalari 0,5-1,5, oshlovchi moddalar 
0,44-0,66, mineral moddalar 0,8 (temir va mis ko‘proq). Shuningdek, behi 
tarkibida S
1
,V,V
2
va boshqa vitaminlar uchraydi. Yangi uzilgan behi mevasidan 
kamqonlik va boshqa kasalliklarda foydalaniladigan tarkibida temir moddasi ko‘p 
bo‘lgan ekstraktlar tayyorlanadi. 
Behilar pishish muddatiga qarab ertapishar va kechkipishar turlariga 
bo‘linadi. Behilarning ertapishar navlari sentyabr oyida, kechkipishar navlari esa 
oktyabr oyida yig‘ib-terib olinadi. Ularning kechkipishar navlarini 4-8 oy saqlash 
mumkin. Saqlash jarayonida behi mevasi biroz yumshaydi, taxirligi kamayadi va 
o‘ziga xos xushbuy hid paydo qiladi. Shu sababli, murabbo, jem va boshqa 
mahsulotlar olish uchun uzoqroq saqlangan mevalardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 
Xo‘jalik botanik belgilari bo‘yicha behilar ham ikki pomologik guruhga 
(GOST 21715-76), sifati bo‘yicha esa 1-chi va 2-chi tovar navlariga bo‘linadi. 
Ularning sifatini aniqlashda tashqi ko‘rinishi, katta-kichikligi, pishib yetilganlik 
darajasi va ruxsat etiladigan chetlanishlar darajasi kabi ko‘rsatkichlariga katta 
e’tibor beriladi. Eng katta ko‘ndalang kesimining diametri 1-navida kamida 60 
mm, 2-navida esa kamida 45 mm bo‘lishi kerak. Respublikamizda behilarning Non 
behi, Baxri, Turush, shirin, Samarqand kabi navlari yetishtiriladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling