Oziq-ovqat biotexnologiya


Download 108.81 Kb.
bet6/20
Sana17.12.2022
Hajmi108.81 Kb.
#1026056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
oziq ovqat bt лаборатория

Reaktiv va asboblar: A, B, V eritmalar; glyukoza eritmasi, achitqi ekstrakti, infuzoriya, Lyugolning asosiy eritmasi, mikrobiologik probirkalar, paxta-doka, tiqinlar, analitik tarozi, probirkalar uchun shtativ, suv hammomi, termostat (250S), Goryaevning hisoblash kamerasi, hovoncha, MBI mikroskopi.
Eritmalarni va oziqlantiruvchi muhitni tayyorlash:
A eritma: 7g MgSO47N2Oni 50 ml distillangan suvda eritiladi, 3,125 g Fe(NH4)2(SO4)2 ni 50 ml suvda eritiladi, 31,3 mg MnCl24N2Oni 50 ml suvda eritiladi, 12,5 mg ZnCl2ni 100ml suvda eritiladi. Tayyorlangan eritmalardan 1ml dan o‘lchov kolbasiga solinadi va distillangan suv bilan hajmi 10 ml. ga etkaziladi.
B eritma : 453mg CaCl2, 60mg CuCl22N2O, 1,5mg FeCl36N2O alohida eritib olinadi, keyin hammasi bir idishga quyiladi va hajmi distillangan suv bilan 200 ml.ga etkaziladi.
V eritma: 1,75g KN2 RO4, 1,7g K2NRO4 100ml suvda eritiladi.
Achitqi ekstrakti : Analizni boshlashdan oldin 1g achitqi 100ml suvda eritiladi.
Glyukoza eritmasi: 15g glyukoza 100ml suvda eritiladi.
A, B, V - eritmalardan 1ml dan olib aralashtirib distillangan suv bilan hajmi 10 ml ga etkaziladi.
Asosiy eritma: A, B, V - eritmalaradan glyukoza va achitqi ekstraktidan 10 mldan olib aralashtiriladi va 0,1 n.li NaON bilan titrlanib rN 7,1ga tenglashtiriladi.
Test ob’ektni o‘stirish uchun muhit (g/100ml): bakteriologik pepton-2; achitqi ekstrakti – 0,1; glyukoza - 0,5; NaCl - 0,1; kazein Tetrachymena pyryphormisni 5% glyukoza eritmasida rN – 7,1 konservalangan ekini, 3 kunlik undirilgan Tetrachymena pyryphormis.
Ishning bajarish: Sinalayotgan oqsil mahsuloti namunasi va standart kazein 200 nm dan katta bo‘lmagan o‘lchamgacha xovonchada alohida-alohida maydalanadi.
Quruq va toza probirkalarga sinalayotgan oqsil mahsuloti namunasi (3 marta qaytalab) solinadi va boshqa probirkalarga va standart kazeinning kontrol namunasi 0,4 mg/g umumiy azot hisobida solinadi. Probirkalarga 0,4 ml asosiy eritma va 0,5 ml distillangan suv kuyiladi. Probirkalar shtativda 15-20min davomida begona mikrofloralarni inaktivatsiya qilish uchun 850S da termostatlanadi. Probirkalar xona haroratigacha sovutilgandan so‘ng 0,02 ml 3 kunlik undirilgan Tetrachymena pyryphormis ekiladi va keyin 250S da 4 kun termostatda saqlanadi. Saqlash vaqtida har 3-6 soatda probirkalar chayqatib turiladi.
Termostatda saqlanib bo‘lingan probirkalar Lyugol eritmasi bilan fiksatsiyalanadi. Suspenziya namunasi olinib, mikroorganizmlar Goryaevning hisoblash kamerasida hisoblanadi.

Download 108.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling