Oziq-ovqat kimyosi
Xom ashyo tarkibidagi fermentlar
Download 44.83 Kb.
|
Kraxmalli fermentativ gidrolizlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayvonlardan olingan mahsulotlar ham ferment sistemasiga boy
Xom ashyo tarkibidagi fermentlar
Dukkakli va boshoqli o‘simliklar tarkibida gidrolitik fermentlar mavjud bo‘lib va ular yuqori molekulali moddalarni (oqsillarni, polisaxaridlarni, yog‘larni) gidrolizlanishida qatnashadi. Masalan, bug‘doy donida bir necha turdagi proteolitik fermentlar aniqlangan. Ular bir-biridan pH optimumi bilan farqlanadi (nordon pH 3,7 - 4,0; neytral pH 6,5 - 7,0; ishqoriy pH > 8,0 proteinazalar). Neytral proteinazani faolligi yuqori bo‘lib kleykovinani katta tezlikda parchalaydi. Bundan tashqari amilolitik fermentlar ham mavjud bo‘lib kraxmalni gidrolizlanishida muhim ahamiyatga ega. Hayvonlardan olingan mahsulotlar ham ferment sistemasiga boy. Bularga tripsin, ximotripsin, pepsin, renin va boshqalar kiradi. Bu fermentlar oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Masalan, sut kazeini (sutda azotli moddalarni 78% ini tashkil etadi) fosfoproteid hisoblanadi, 6-10% uglevodlardan tashkil topgan. Ca+2 ioni ta’sirida cho‘kmaydi, renin ta’sirida makroglikopeptidlar va para-x-kazein hosil qiladi. Para-x-kazein Ca+2 ioni ta’sirida cho‘kmaga tushadi va boshqa kazein fraksiyalarini ham cho‘kmaga tushiradi. Bu pishloq ishlab chiqarishda asosiy jarayon hisoblanadi. Fermentlar oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi. Masalan, nonli mahsulotlar ishlab chiqarishda uning sifati fermentlarni faolligiga bog‘liq. Xamir tarkibidagi oqsillarni va kraxmalni gidrolizlanish jarayonini jadallashtirishda muhim ahamiyatga ega va bu nonni sifatiga ta’sir etadi. Ilgarilari ferment manbai sifatida undirilgan don mahsulotlari qo‘llanilib kelingan. So‘nggi yillarda bu maqsad uchun mikroorganizmlardan olingan amilolitik va proteolitik fermentlar qo‘llanilib kelinmoqda. Un tarkibidagi qandli moddalar еtarli darajada gaz hosil qilmaydi. Kraxmal va kraxmalli mahsulotlar ishlab chiqarishda amilolitik fermentlar keng qo‘llanilib kelinmoqda. — dekstrin ishlab chiqarishda — kraxmal patokasi glyukoza; — glyukoza-fruktozali qiyomi. Download 44.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling