221
Oqsillar destruksiyasi-oqsil molekulasidagi polipeptid bog‘larining
uzilib ketishiga yoki polipeptid zanjirning bo‘lakchalarga bo‘linib
ketishi.
Lipidlar-murakkab efirli organik birikma bo‘lib tabiatda keng tarqalgan.
Xolesterin -hujayrani struktura komponenti hisoblanadi.
Yog‘-uch atomli spirt glitserin va yuqori molekulali yog‘ kislotalarning
birikishi natijasida hosil bo‘lgan murakkab efirdir.
Kislota soni- 1 g yog‘dagi erkin, ya’ni glitserin bilan bog‘lanmagan
yog‘ kislotalarni neytrallash uchun sarf
qilingan kaliy gidroksid
miqdorining milligrammlar soni tushuniladi.
Yod soni-100 g yog‘ bog‘lab oladigan yodning grammlar miqdori
tushuniladi.
Sovunlanish soni-1 g yog‘dagi glitserin bilan kimyoviy bog‘langan va
bog‘lanmagan yog‘ kislotalarni neytrallash
uchun ketadigan kaliy
ishqorining milligrammlar miqdori tushuniladi.
Saxaroza-aholi va oziq-ovqat sanoatida keng iste’mol qilinadigan
asosiy shakar hisoblanadi.
Vitaminlar-tirik organizmda bo‘ladigan jarayonlarni
biologik jihatidan
tartibga soluvchi va katalizatorlik vazifasini o‘tovchi, turlicha kimyoviy
tabiatli quyi molekulyar organik birikmalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: