Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

Aminokislotalar-mahsulotlar tarkibida hosil bo‘ladi. 
Yangi oqsilli oziq-ovqat mahsulot turlari - xomashyo tarkibidagi 
oqsillar asosida ma’lum kimyoviy tarkibga, xususiyatga, strukturaga va 
biologik qiymatga ega bo‘lgan mahsulot tushiniladi. 
Funksional xossalar-oqsillarni fizik-kimyoviy xususiyatlari asosida 
ta’minlanadigan mahsulotlarni tuzilishi va sifati tushuniladi. 
Eruvchanlik-oqsillarni funksional xossalarini birlamchi ko‘rsatkichi 
hisoblanadi. 
Oqsillar denaturatsiyasi-oqsillarni 
molekulalari 
tuzilishi tabiiy 
holatining tashqi muhit ta’sirida o‘zgarishi. 


221 
Oqsillar destruksiyasi-oqsil molekulasidagi polipeptid bog‘larining 
uzilib ketishiga yoki polipeptid zanjirning bo‘lakchalarga bo‘linib 
ketishi. 
Lipidlar-murakkab efirli organik birikma bo‘lib tabiatda keng tarqalgan. 
Xolesterin -hujayrani struktura komponenti hisoblanadi. 
Yog‘-uch atomli spirt glitserin va yuqori molekulali yog‘ kislotalarning 
birikishi natijasida hosil bo‘lgan murakkab efirdir. 
Kislota soni- 1 g yog‘dagi erkin, ya’ni glitserin bilan bog‘lanmagan 
yog‘ kislotalarni neytrallash uchun sarf qilingan kaliy gidroksid 
miqdorining milligrammlar soni tushuniladi. 
Yod soni-100 g yog‘ bog‘lab oladigan yodning grammlar miqdori 
tushuniladi. 
Sovunlanish soni-1 g yog‘dagi glitserin bilan kimyoviy bog‘langan va 
bog‘lanmagan yog‘ kislotalarni neytrallash uchun ketadigan kaliy 
ishqorining milligrammlar miqdori tushuniladi. 
Saxaroza-aholi va oziq-ovqat sanoatida keng iste’mol qilinadigan 
asosiy shakar hisoblanadi. 
Vitaminlar-tirik organizmda bo‘ladigan jarayonlarni biologik jihatidan 
tartibga soluvchi va katalizatorlik vazifasini o‘tovchi, turlicha kimyoviy 
tabiatli quyi molekulyar organik birikmalardir. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling