O’zg.
Varoq
Varoq
Xujjat
Imzo
Sana
Yorma ishlab chiqarish texnologik jarayonini nazorat qilish. Yormabop donlarni
yormaga qayta ishlash texnologik jarayonini nazorat qilish uchun texnokimyoviy
nazoratining sxemasi va jadvalini ICHTL boshlig‘i, ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i
bilan birgalikda ishlab chiqishadi. Buni korxona bosh muhandisi tasdiklaydi.
Don tozalash bo‘limini nazorati.
Yorma ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonni nazorat qilishda TKNB
boshlig‘i ishlab chiqarish korpusi boshlig‘i bilan birgalikda texno-kimyoviy nazorat
grafiki va sxemasi tuziladi. Bularni korxonani bosh muhandisi tasdikdaydi. Korxona
qaysi turdagi yorma ishlab chiqarishiga qarab sxema tanlanadi. Don tozalash bo‘limini
texnologik uskunalarini nazorati oyda bir-ikki marta laboratoriya tomonidan olib
boriladi. Bunda don tozalash bo‘limining har bir uskunasining ish samaradorligi
aniqlanadi.
Oqlash bo‘limini nazorati
Oqlash bo‘limining uskunalarini ishlashini grafik bo‘yicha davriy nazorat qilinadi.
Yorma sifatiga baho berish uchun, dastlabki va o‘rtacha namuna tuzishda bir
martalik namunalar olinadi.
O‘rtacha namuna laboratoriyaga tushgandan keyin tekshirib ko‘riladi va qayd
qilinadi. Yorma sifatining ko‘rsatkichlari quyidagi kstma-kstlikda aniqlanadi: namlik,
rang, hidi, mazasi (ta’mi), g‘ichirlashi, zararkunandalar bilan zararlanganligi,
metallomagnit aralashmalar miqdori, yirikligi na yorma tartibi (nomeri), aralashmalar
miqdori va asil mag‘iz miqdori, alohida ko‘rinishdagi yormalar uchun quldorlik (GOST
275-56).
20
O’zg.
Varoq
Varoq
Do'stlaringiz bilan baham: |