Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Fayzulla diplom tayyori
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zg. Varoq Varoq Xujjat Imzo Sana
O’zg.
Varoq Varoq Xujjat Imzo Sana Respublikada erishilgan g‘alla mustaqilligini kafolatlashda urug‘lik donning sifatini yaxshilash ham muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda 30 dan ortiq yangi urug‘chilik sexlari qurildi. Hozir ularda respulikamizning o‘zida yetishtirilgan 20 dan ortiq turdagi g‘alla navlari urug‘i sifatli saralanib, ekish uchun tayyorlab berilyapti. Yana bir e’tiborli jihati, keyingi yillarda korxonamizda dehqonlar yetishtirgan donni qabul qilib olish, joylashtirish va sifatli saqlash imkonini beruvchi elevator va mexanizatsiyalashtirilgan omborlarga ega bo‘lgan moddiy-texnika bazasi yaratildi. Bugungi kunda jami 190 ta, shu jumladan, 47 ta don qabul qilish korxonalari, 38 ta qayta ishlovchi va tayyorlov elevatorlari, 150 ta yordamchi shahobchalar faoliyat ko‘rsatayapti. Tarmoqdagi sanoat korxonalari xorijda ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlash yuzasidan korporatsiya boshqaruvining maxsus qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, 2004 yildan e’tiboran imkoniyat darajasida moliyaviy manbalar ko‘paytirilib, har yili kamida 2 tadan un kombinatlarini qayta jihozlash ko‘zda tutilgan. Yuqorida ta’kidlanganimdek “Gastol” va Turkiyaning “Ekmosan” firmalari liniyalarini olib kelib o‘rnatish ishlari bundan keyin ham davom ettiriladi. 9 O’zg. Varoq Varoq Xujjat Imzo Sana ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI Yorma zavodlarining tayyorlov bo‘limlarida: a) separatsiyalash (chiqindilardan tozalash va donlarni katta-kichikligiga ko‘ra ajratish); b) GTI; v) gul qobiqli donlarni oqlash. Oqlash bo‘limida: a) endosperm (yadroni) oqlash; b) oqlangan va oqlanmagan donlarni ajratish; v) yormalarga sayqallash; g) yormalarni katta-kichikligiga ko‘ra saralash. Don aralashmalarini separatsiyalash nazariyasi. Tayyorlov bo‘limlarining asosiy vazifasi korxonaga keltirilgan donlarni chiqindilardan tozalashdir. Bu jarayonni separator uskunasi bajaradi. Bundan tashqari u donlarni katta-kichikligiga ko‘ra ajratib beradi, chunki har xil katta-kichiklikdagi donlarni alohida texnologik uskunalarda tozalash katta samara beradi. Shuning uchun ham separator don tozalash sexining eng asosiy uskunalaridan hisoblanadi. Don aralashmasining bo‘linuvchanligini baholash. Don aralashmalarini separatsiyalashni tashkil qilishda ularning quyidagi boshlang‘ich sifatlariga asoslaniladi: a) donning geometrik tavsifi (o‘lchami, shakli); b) aerodinamik va gidrotermik xususiyati; v) zichligi, elastikligi, ishqalanish koeffisienti; g) magnit xususiyati, elektrofizikaviy xususiyati va hokazo. Agar don teshiklari dumaloq bo‘lgan elaklarda elansa donlar eniga ko‘ra ajraladi, uzun teshikli elaklarda elansa, donlar uzunligiga ko‘ra ajratiladi. Donlarni uzunligiga ko‘ra ajratish triyerlar yordamida amalga oshiriladi. Boshlang‘ich don aralashmalarini samarali separatsiyalashda ularning bo‘linuvchanlik belgilariga ahamiyat beriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling