O’zg.
Varoq
Varoq
Xujjat
Imzo
Sana
Donning natura og‘irligi
1 litr donning grammdagi og‘irligi donning natura og‘irligi deb ataladi. Ayrim
davlatlarda funta (0,453 kg yoki bushelda) 35,1 deb qabul qilingan. Donning natura
og‘irligiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: donning namligi, yirikligi, shakli, iflosligi.
Bug‘doy donining natura og‘irligi norma bo‘yicha 750 g/l deb hisoblanadi. Donning
natura og‘irligi 740 g/l dan past bo‘lsa, un chiqishi 1% ga kamayadi.
1000 ta bug‘doy donning massasi
Bu ko‘rsatkich donning yirikligi, shaffofligi, zichligiga bog‘liq bo‘lib, donning
texnologik xususiyatiga ta’sir qiladi. Agar 1000 ta bug‘doy donining og‘irligi 40 g dan
oshiq bo‘lsa, unning chiqishi 3-5 % dan ortiq bo‘ladi.
Donning shaffofligi
Don tortish jarayonida shaffof dondan endosperm qismi tez ajratilib, un sifati esa
yaxshilanadi. Un tortishda "pomol" partiyasining shakllanishi uchun shaffofligi 50—
60% bo‘lishi maqsadga muvofiq
Donning aerodinamik xususiyati
Don aralashmalaridan turli yengil chiqindilarni ajratishda vertikal havo oqimidan
foydalaniladi. Bu chiqindilarga pishmay qolgan don, qobiq, gul qobig‘i, xashak, poya
sinig‘i kabi yengil chiqindilar kiradi.
Donlarni separatsiyalashning texnologik samaradorligi
Donlardan turli chiqindilarni ajratish, uskunalarni to‘g‘ri ishlashiga bog‘liq.
Shuning uchun donning ko‘rsatkichlariga asoslanib, elakni to‘g‘ri tanlab, havo
oqimining tezligi va boshqa omillarni e’tiborga olgan holda uskunalar tanlanadi.
Uskunalardan to‘g‘ri foydalanib, donlarni turli chiqindilardan tozalash samaradorligi
quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Asosiy don massasidan uzunligi, qalinligi va eni bilan farq qiladigan chiqindilarni
ajratish.
Boshoqli donlar uzunligi, eni va qalinligi bo‘yicha tavsiflanadi. Don va
chiqindilarning o‘lchamlarini aniqlash, ularni ajratishda osonlik tug‘diradi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |