O’zg.
Varoq
Varoq
Xujjat
Imzo
Sana
Don aralashmalaridagi uzun yoki kalta chiqindilarni triyerlar, ajratuvchi va kukol
ajratuvchi uskunalar yordamida ajratiladi (ularning rusumlari A9-UTK-6 va A9-UTO-
6).
Don massasini mineral chiqindilardan (toshlardan) tozalaydigan uskuna.
Don aralashmalarida boshqa chiqindilar qatorida mineral chiqindilar (mayda tosh,
qum, oyna siniqlari, metallsimon moddalar) ham uchraydi. Bularni havo separatorida
ajratish mumkin emas. Bu chiqindilar unga tushib qolsa, unlarning sifatini buzib,
nostandart holatga olib keladi yoki uskunalarni ishdan chiqaradi. Bu chiqindilar tosh
ajratuvchi mashina yordamida ajratiladi. Bu uskunada donning zichligi hisobga olingan
bo‘lib, mineral chiqindilar don yuzasida paydo bo‘lgan ishqalanish dinamik koeffisienti
asosida ajratiladi. BKM yoki BOK, BKB uskunalarining texnologik samaradorligi 96-
99 %ni tashkil qiladi. Bu samaradorlik quyidagi omillarga bog‘liq: uskunani 100 %
yuklash, havo sarfi, donlarning geometrik o‘lchami, donning namligi, iflosligi va
boshqalar.
Don aralashmalarini metall zarrachalardan tozalaydigan magnit uskuna va
apparatlar.
Un ishlab chiqarish korxonalariga keltirilgan donlar ichidagi metallomagnit
chiqindilar donlarni o‘rayotganda, transportirovka qilish va bir maydondan ikkinchi
joyga ko‘chirayotgan vaqtda tushib qolishi mumkin. Bundan tashqari, don tozalash
sexidagi uskunalarning nosozligi natijasida, tegirmonda esa valesli stanok piflilarining
yeyilishi va sexlarda uskunalarni ta’mirlash vaqtida tushib qolishi mumkin.
Metallomagnit chiqindilar, ayniqsa, oqlash va tozalash mashinalariga tushib qolsa, turli
havfli hodisalarga (yong‘inga) sabab bo‘ladi.
Donni magnit chiqindilardan tozalash uchun magnit separatoridan foydalaniladi.
Ular doimiy magnit yoki elektromagnit yordamida ishlaydi. Bloklarga terilgan magnit
taqalari boshqa shakldagi magnit uskunalariga nisbatan samaraliroq ishlaydi. Taqa
yuzasidagi mahsulotning qalinligi 5-7 mm bo‘lishi kerak. 1 kg un yoki yormada magnit
zarrachalarining miqdori 0,3 mg dan oshmasligi, alohida bo‘lakchalarning o‘lchami esa
0,3 mm dan katta bo‘lmasligi kerak.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |