Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/54
Sana19.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1607314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Fayzulla diplom tayyori

O’zg. 
Varoq 

 Varoq 
Xujjat 
Imzo 
Sana 
Aralashma komponentlarining bo‘linuvchanligini aniqlash va separatsiyalash 
rejimini topish uchun statistik tahlil qilinadi. Aralashma komponentlari bilan birinchi 
marta ekspriment o‘tkazilganda donlarning belgilariga asoslanib ularning gorizontal 
asosda bir-birlariga nisbatan qanday joylashganligiga qarab aniqlanadi. 
Don aralashmalarini shu tarzda tahlil qilib, ularni qaysi tezlikda chiqindilardan 
ajratib olishni aniqlash uchun donning katta-kichikligi va uning og‘irligini aniqlash 
kerak. 
Don aralashmalarini chiqindilardan tozalash va uning texnologik sifatini 
yaxshilashda uning fizik xususiyatlarining ahamiyati. 
Qattiq jismli to‘kiluvchan materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini 
aniqlashda bir qancha ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Bu ko‘rsatkichlardan to‘g‘ri 
foydalanish muhandisning oldiga qo‘ygan vazifasiga bog‘liqdir. Un va yorma 
mahsulotlari ishlab chiqarishda don asosiy xom ashyo bo‘lganligi uchun, texnologik 
jarayonning mazmuni quyidagi ko‘rsatkichlardan samarali foydalanishni talab qiladi. 
donning geometrik tavsifi: katta-kichikligi, sirtqi yuzining maydoni, ularning nisbati
donning shakli; 
✓ 
donning natura og‘irligi; 
✓ 
1000 ta donning og‘irligi; 
✓ 
donning shaffofligi; 
✓ 
donning salmoq hajmi va zichligi. 
Donning geometrik tavsifi 
Donning shakli va uning katta-kichikligiga qarab separator, havo separatori va 
ularning ishchi qismlari, triyer va maydalovchi, oqlovchi va yormalarni ajratuvchi 
mashinalarning texnologik chizmalari aniqlanadi. Hajmlarning nisbati va donning sirtqi 
yuzasi GTI jarayonlarida muhim ahamiyatga egadir. 
Donning hajmi quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
V = K A B l 
Bu yerda: A, V, l - donning eni, qalinligi va uzunligi. 
K-tajribadan olingan koeffisient; bug‘doy, tariq, javdar va suli uchun K=0,52.


11 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling