Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Fayzulla diplom tayyori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donning geometrik tavsifi
O’zg.
Varoq Varoq Xujjat Imzo Sana Aralashma komponentlarining bo‘linuvchanligini aniqlash va separatsiyalash rejimini topish uchun statistik tahlil qilinadi. Aralashma komponentlari bilan birinchi marta ekspriment o‘tkazilganda donlarning belgilariga asoslanib ularning gorizontal asosda bir-birlariga nisbatan qanday joylashganligiga qarab aniqlanadi. Don aralashmalarini shu tarzda tahlil qilib, ularni qaysi tezlikda chiqindilardan ajratib olishni aniqlash uchun donning katta-kichikligi va uning og‘irligini aniqlash kerak. Don aralashmalarini chiqindilardan tozalash va uning texnologik sifatini yaxshilashda uning fizik xususiyatlarining ahamiyati. Qattiq jismli to‘kiluvchan materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashda bir qancha ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Bu ko‘rsatkichlardan to‘g‘ri foydalanish muhandisning oldiga qo‘ygan vazifasiga bog‘liqdir. Un va yorma mahsulotlari ishlab chiqarishda don asosiy xom ashyo bo‘lganligi uchun, texnologik jarayonning mazmuni quyidagi ko‘rsatkichlardan samarali foydalanishni talab qiladi. donning geometrik tavsifi: katta-kichikligi, sirtqi yuzining maydoni, ularning nisbati, donning shakli; ✓ donning natura og‘irligi; ✓ 1000 ta donning og‘irligi; ✓ donning shaffofligi; ✓ donning salmoq hajmi va zichligi. Donning geometrik tavsifi Donning shakli va uning katta-kichikligiga qarab separator, havo separatori va ularning ishchi qismlari, triyer va maydalovchi, oqlovchi va yormalarni ajratuvchi mashinalarning texnologik chizmalari aniqlanadi. Hajmlarning nisbati va donning sirtqi yuzasi GTI jarayonlarida muhim ahamiyatga egadir. Donning hajmi quyidagi formula bilan aniqlanadi: V = K A B l Bu yerda: A, V, l - donning eni, qalinligi va uzunligi. K-tajribadan olingan koeffisient; bug‘doy, tariq, javdar va suli uchun K=0,52. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling