Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/54
Sana19.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1607314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Fayzulla diplom tayyori

O’zg. 
Varoq 

 Varoq 
Xujjat 
Imzo 
Sana 
ziyod, soyaning 19 ta, no‘xatning 12 ta, yasminning 10 ta, loviya va moshning 17 ta nav 
namunalari o‘rganib chiqildi. Ular orasidan mintaqamiz sharoitida yuqori hosil beruvchi 
turlari tanlab olinadi. Institut olimlari shu choqqacha kuzgi bug‘doyning 10 ta yangi 
navlarini yaratdilar. Ularning “Chillaki”; “Andijon-1”; “Andijon-2”; “Andijon-3”; 
“Andijon-4”; “Bobur”; “Durdona”;va “Mars-1” singari 8 tasi yumshoq bug‘doy, 
“Qahrabo” va “Sadaf” kabi turlari qattiq bug‘doy navlariga mansub. “Chillaki” va 
“Andijon-2” navlari esa respublikamizning bir qator mintaqalarida ekishga tavsiya 
etildi. “Chillaki” navi 2003 yil hosili uchun 91,7 ming gektar yerga ekildi. “Andijon-1” 
va “Andijon-4” istiqbolli navlar qatoriga kiritilib, Davlat nav sinash komissiyasi 
shahobchalarida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Karporatsiyamiz tizimidagi korxonalar asosan xalqimiz dasturxonini qandolat (172 
xil turda), makaron (22 xil turda), non va non mahsulotlari (102 xil turda) bilan 
ta’minlashga xizmat qiladi. Istiqlol yillarida bunday mahsulotlar hajmi, assortimenti va 
sifatini oshirib borishga jiddiy e’tibor qaratila boshladi. Buning uchun, birinchi 
navbatda, mavjud korxonalardagi bosqichma-bosqich ravishda yangi, zamonaviy, jahon 
andozalari talabiga javob beradigan asbob-uskunalarni o‘rnatish talab etilar edi. 
Ta’kidlash joizki, bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, keyingi 
vaqtlarda respubkamizga 115 ta “Vinkler”, 38 ta “Ekmasan”, 6 ta “Gastol” rusumli 
xorijiy texnologiyaga asoslangan dastgohlar olib kelib o‘rnatildi. Ayni paytda ular 
yordamida 274 xildagi qandolat, non va non mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 
Shuningdek, o‘tgan yillar davomida to‘liq yangi uskunalar bilan jihozlangan bir nechta 
qo‘shma korxonalar ishga tushurildi. Bundan tashqari, Namangan, Nukus, Xorazm 
shaharlaridagi un ishlab chiqaruvchi korxonalar xalqaro andozalarga mos to‘liq 
rekonstruksiya qilindi. 
Tizimimizda 186 ta un korxonalari bo‘lib, ularning bir kunlik quvvati 2865 tonna 
non mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Aholining o‘zida shartnomadan 
tashqari don qolayotgan sababli 2002 yilda bir kunda o‘rtacha 957 tonna non 
mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2003 yilda bu ko‘rsatkich 500 tonnaga tushdi. 




Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling