Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/54
Sana19.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1607314
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
Fayzulla diplom tayyori

O’zg. 
Varoq 

 Varoq 
Xujjat 
Imzo 
Sana 
Don aralashmalaridagi uzun yoki kalta chiqindilarni triyerlar, ajratuvchi va kukol 
ajratuvchi uskunalar yordamida ajratiladi (ularning rusumlari A9-UTK-6 va A9-UTO-
6). 
Don massasini mineral chiqindilardan (toshlardan) tozalaydigan uskuna. 
Don aralashmalarida boshqa chiqindilar qatorida mineral chiqindilar (mayda tosh, 
qum, oyna siniqlari, metallsimon moddalar) ham uchraydi. Bularni havo separatorida 
ajratish mumkin emas. Bu chiqindilar unga tushib qolsa, unlarning sifatini buzib, 
nostandart holatga olib keladi yoki uskunalarni ishdan chiqaradi. Bu chiqindilar tosh 
ajratuvchi mashina yordamida ajratiladi. Bu uskunada donning zichligi hisobga olingan 
bo‘lib, mineral chiqindilar don yuzasida paydo bo‘lgan ishqalanish dinamik koeffisienti 
asosida ajratiladi. BKM yoki BOK, BKB uskunalarining texnologik samaradorligi 96-
99 %ni tashkil qiladi. Bu samaradorlik quyidagi omillarga bog‘liq: uskunani 100 % 
yuklash, havo sarfi, donlarning geometrik o‘lchami, donning namligi, iflosligi va 
boshqalar. 
Don aralashmalarini metall zarrachalardan tozalaydigan magnit uskuna va 
apparatlar. 
Un ishlab chiqarish korxonalariga keltirilgan donlar ichidagi metallomagnit 
chiqindilar donlarni o‘rayotganda, transportirovka qilish va bir maydondan ikkinchi 
joyga ko‘chirayotgan vaqtda tushib qolishi mumkin. Bundan tashqari, don tozalash 
sexidagi uskunalarning nosozligi natijasida, tegirmonda esa valesli stanok piflilarining 
yeyilishi va sexlarda uskunalarni ta’mirlash vaqtida tushib qolishi mumkin. 
Metallomagnit chiqindilar, ayniqsa, oqlash va tozalash mashinalariga tushib qolsa, turli 
havfli hodisalarga (yong‘inga) sabab bo‘ladi. 
Donni magnit chiqindilardan tozalash uchun magnit separatoridan foydalaniladi. 
Ular doimiy magnit yoki elektromagnit yordamida ishlaydi. Bloklarga terilgan magnit 
taqalari boshqa shakldagi magnit uskunalariga nisbatan samaraliroq ishlaydi. Taqa 
yuzasidagi mahsulotning qalinligi 5-7 mm bo‘lishi kerak. 1 kg un yoki yormada magnit 
zarrachalarining miqdori 0,3 mg dan oshmasligi, alohida bo‘lakchalarning o‘lchami esa 
0,3 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. 


13 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling