Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Fayzulla diplom tayyori
O’zg.
Varoq Varoq Xujjat Imzo Sana Donning sirtqi qatlamlariga abraziv (qaypoqqum) va po‘lat yuzali silindr bilan ishlov berish. Separator va triyerlarda ishlovdan o‘tgan donning sirtqi qismi (borozdka va borodka)ga chang va mikroorganizmlar yopishgan bo‘ladi. Tegirmonlarning don tozalash sexlarida donning ustki qatlamini tozalash vaqtida uning soqoli, murtagi hamda donning meva qobig‘i oqlanadi. Bu jarayonlar oqlash va tozalash uskunalarida amalga oshiriladi. Oqlash mashinalarida donga ishlov berishdan asosiy maqsad - undagi kul moddasini kamaytirish (0,03-0,05 %) hisoblanadi. Donning sirtqi qatlamiga oqlash uskunasi yordamida ishlov berish. Donga oqlash uskunalari yordamida ishlov berilganda, uning yuzasidagi kesakchalar maydalanib, soqolchalari ishqalanishi natijasida kamayib, murtak qismi ham ajratiladi. Donning ustki qatlamiga ishlov berish uchun abraziv yuzali, mashinadan foydalaniladi, uni don tozalash jarayonlaridan o‘tkazilgandan so‘ng chizmaga kiritiladi. Cho‘tkalash mashinasining ishchi qismlari 3-6 mm, bichevoy barabanning aylanishi esa 300-325 ob.min. ga teng. Oqlash mashinalaridagi aspiratsiya jarayoni va magnit uskunalari qoidada talab qilingandek bo‘lishi kerak. Chunki ishlov berish jarayonida ajralgan don qobiqlari mashina ichida to‘planib qolishi mumkin. Magnit uskunalarini oqlash mashinalaridan oldin qo‘yish turli xavfli hodisalar (yong‘in)ning oldini oladi. Donlarning sirtqi qismiga don yuvadigan uskuna yordamida ishlov berish. Donlarga suv bilan ishlov berish uchun namlovchi (suvni purkab va changlatib beruvchi) uskunalar ishlatiladi. Mashinalarni ishlatish vaqtida quyidagilarga e’tibor beriladi: -don namligini 0,1 dan 3,5 % gacha ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan suv sarfini hisoblash; -don ustki qismining bir tekis namlanishi. Don yuvish uskunasida quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi: ❖ donni yuvish, uning sirtqi qismini mog‘or, mikroorganizmlardan tozalash; ❖ turli hidlarni ketkazish; ❖ mineral chiqindilardan tozalash; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling