Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi
Texnologik jarayonlarning texno-kimyoviy nazorat
Download 99.25 Kb.
|
Kirish
2.7.Texnologik jarayonlarning texno-kimyoviy nazorat
Ishlab chiqarishni nazorat qilishning maqsadi yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarida xom ashyoni qabul qilishdan tortib saqlash, ishlab chiqarishga berish, qayta ishlab tayyor mahsulot xoliga keltirib, iste’molchilarga jо‘natishgacha bо‘lgan barcha texnologik jarayonlarni tо‘g‘ri nazorat qilish va xom ashyo, yarim tayyor,tayyor hamda chiqindilarni sifat kо‘rsatkichlarini tо‘g‘ri taxlil qilishdir. Yog‘-moy korxonalari bо‘yicha hisob-kitoblarni tо‘g‘ri olib borilishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, mahsulotlarni chiqish unumini oshiradi va ularni sifatini yaxshilaydi. Tayyor mahsulot standarti talablariga rioya qilish, mahsulot unumini oshirish va texnologik jarayonning har bir bosqichida texnologik va fizik-kimyoviy nazoratni sistemali ravishda olib borish, shu bilan birga ayrim mashina va uskunalarni xolatini nazorat qilish bilan uzviy bog‘liqdir. Buni amalga oshirish uchun xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlardan namunalar olishni va taxlillarni tо‘g‘ri olib borilishini hamda nazoratni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilishini tashkil etish lozim. Ushbu nazoratlarni yog‘-moy korxonalarida olib borilishi maxsus ishlab chiqilgan va rasmiy ravishda tasdiqlangan standartlar, uslubiy qо‘llanmalar, meyoriy xujjatlar, yо‘riqnomalar hamda texnologik reglamentlar asosida olib boriladi. Yillar о‘tishi bilan bu qо‘llanma va yо‘riqnomalar qayta kо‘rib chiqilib, ishlab Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish ishlab chiqarilayotgan yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hamda ishlab chiqarish chiqindilarini sifatini yaxshilashga, ularni isrofgarchiligini oldini olishga va ishlab chiqrish unumini oshirishga qaratilgan. Tо‘g‘ri olib borilgan tahlillar asosida bajarilgan hisob-kitoblar natijasi asosida ish yuritishga о‘rgatadi. Texnologik va fizik - kimyoviy nazorat ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va korxona bо‘yicha olib boriladigan sarf - harajatlar va olinadigan daromadlar ushbu nazoratlar asosida olib borilgan hisob-kitoblar natijasidan kelib chiqadi. Presslash orqali moy olishning texno-kimyoviy nazorati
Download 99.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling