Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi
USKUNANI ISHLATISHDAGI ASOSIY QOIDALAR ISHGA TUSHURISH, TО‘XTATISH VA TEXNIK XAVFSIZLIK QOIDALARI
Download 99.25 Kb.
|
Kirish
USKUNANI ISHLATISHDAGI ASOSIY QOIDALAR ISHGA TUSHURISH, TО‘XTATISH VA TEXNIK XAVFSIZLIK QOIDALARI
Uskunanini ishga tushurishdan avval, xizmat kо‘rsatuvchi xodimlar quyidagi ishlarni bajarishlari kerak: a) Uskunani asosiy tarmoqlarini tuzulishi va ishlashini, uskunaga xizmat kо‘rsatish instruksiyasini о‘rgangan bо‘lishlari kerak b) Uskunani bekamu kо‘st tayyor ekanligini, hamda sanitariya holatini tekshirgan bо‘lishlari kerak: v) Shitga elektr toki ulanganligiga ishonch hosil qilishlari kerak: g) Termoregulyator talab qilinayotgan rejimga mos holda rostlanganligiga ishonch xosil qilish: Uskunani ishga tushurishdan avval quyidagilarni amalga oshirish kerak; - barcha kranlarni yaxshi maxkamlanganligini kо‘zdan kechirish va ishonch xosil qilish kerak; - uskunadan suvni tо‘liq chiqarib tashlash kerak; - uskunaga beriladigan moy sarfi rostlagichda moyni belgilangan meyorda berishi uchun rostlanadi; - yig‘gichlarni tuzsizlantirilgan suv bilan kondensat bilan tо‘ldiriladi; - bakka konsentrlangan ishqor eritmasi va uni aralashtirib turgan holatda tuzsizlangan suv qо‘shiladi va kerakli ishchi eritma tayyorlanadi; - soapstokni suvlantirish uchun nasosdozator о‘rnatiladi va ishga tushuriladi, suvni kerakli sarfi rostlanadi; - kranlar ochilib moy va ishqor liniyasidagi isitgichlarga bug‘ beriladi, hamda sovutgichlarga suv va tuzli eritma beriladi; - nasosdozatorning elektrodvigateli ishga tushuriladi va suvlantiruvchi idishga suv beriladi; - moy beruvchi nasos ham ishga tushurilib aralashtirgich ishga tushuriladi. Ajratgich tindirgich ishga tо‘g‘rilanib moy shtuser orqali yuboriladi. Uskuna 5-6 soat ishlagandan sо‘ng nasos-dazator kerakli unumdorlikka rostlanadi. Oxirida ajratgichdan soapstok uzluksiz yig‘gichga tushub turishi uchun liniyadagi kerakli kran ishga tushuriladi. Uskunani muddatga tо‘xtatganda quyidagilar amalga oshiriladi: - moy va ishqor eritmasi reaktor-turbulizatorga berilishi tо‘xtatiladi; - turbulizatorni yuvish uchun nasoslar yordamida 1-2 minut davomida suv beriladi sо‘ngra nasoslar tо‘xtatiladi; - ajratgichdan soapstokni ajratuvchi ventil yopiladi va nasos-dazator tо‘xtatiladi; - suvlantiruvchi idishgsha suv berish tо‘xtatiladi, nasoslar tо‘xtatilgandan sо‘ng ajratgich о‘chiriladi. - isitgichlarga bug‘ va sovutgichlarga sovuq suv berish tо‘xtatiladi. Uskunani uzoq muddatga tо‘xtatishda quyidagilar amalga oishriladi: Boshlang‘ich idishdagi neytralanmagan moy moy tо‘liq tozalanadi, nasoslarning elektrodvigatellari о‘chirilib, isitgichlarga bug‘, sovtugichlarga sovuq suv, rassol berish tо‘ztatilib reaktor turbulizaor va nasoslar 1-2 munut suv bilan yuviladi. Ajratgich soapstokni yig‘gichga, moyni esa oraliq idishga xaydab bо‘shatiladi. Moy yuvishga yuboriladi. 10-15 minut davomida seperator va pichoqli aralashtirgichlar suv yordamida yaxshilab yuviladi va tо‘xtatiladi. Soapstokdan ajrab qolgan moylar texnik moy sifatida texnik moy uchun sig‘imga yuboriladi. Vakuum nasos tо‘xtatiladi. Soapstok yig‘gichlarda yig‘ilgan soapstoklar xaydalib, soapstok liniyasi bug‘ yordamida tozalanadi va liniya ventillar yopiladi. Barcha uskunalar bо‘shatilgan bо‘lingan sо‘ng ular suv va ishqor eritmasi yordamida yuviladi va tо‘xtatiladi. Download 99.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling