Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi
Download 99.25 Kb.
|
Kirish
4. Atrof-muhit muhofazasi
Insoniyat rivojlanish davrining ilk bosqichlarida ekologiya shu davr kishilari о‘rtasida muhim о‘rinni egallaydi. Qadimgi odamlardan qolgan g‘orlardagi, qoyalardagi turli rasmlarga qaraganda ekologiya juda ham qadimiy fanlardan hisoblanadi. О‘sha davrda yashagan har bir individum-kishi ochlikdan, sovuq va issiqdan saqlanish uchun о‘zini о‘rab turgan muhitning holatidan xabardor bо‘lib, kerakli о‘simliklarning urug‘ini, mevasini terish, hayvonlarni tutish bilan bir qatorda, unga xavf tug‘diradigan dushmanlardan, tabiiy ofatlardan qochish, bekinish yо‘llarini bilgan. Tabiat kuchini, uning qonunlarini о‘rganib, shu qonunlarga moslashib yashagan. Qadimgi insonlar olov, о‘q-yoy, tosh kabi qurollardan foydalanish, о‘zlari yashab turgan joylarni о‘zgartirish imkoniyatiga ega bо‘lgandan keyin ularda madaniyatning dastlabki elementlari paydo bо‘la boshlaydi. Shunday qilib, turli о‘simliklar, hayvonlar va ularning kо‘payish, rivojlanish, hosil berish, qushlarning tuxum qо‘yishi, jonzotlarga muhit omillarining ta’siri haqida insonlarda yillar va asrlar davomida ma’lumotlar tо‘plana bordi. Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlaridagi 500 ta о‘simlik turi va hayvonlarning 454 turi haqidagi ma’lumotlar ekologik xarakterga ega bо‘lgan. Masalan, Aristotel о‘zining ilmiy asarlarida 500 dan ortiq turli hayvonlarning, qushlarning, baliqlarning hayoti, tarqalishi, bir yerdan ikkinchi yerga kо‘chishi haqida ma’lumot beradi. Galen, Teofrast kabilar ham turli jonivorlarning hayoti, tabiatiga moslashishi tо‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. Z.M. Bobur (1483-1530) о‘zining "Boburnoma" nomli tarixiy asarida О‘rta Osiyo va Hindistonning turli о‘simlik va hayvonlari, ularning о‘sadigan, yashaydigan joyi, gullash, kо‘payish davrlari, ularni bir va ikki uyligi haqida kо‘pgina ma’lumotlar keltiradi. Yangi о‘lkalarning ochilishi, bir mamlakatning ikkinchi mamlakat tomonidan bosib olinishi va bu yerlar tabiatining о‘rganilishi natijasida о‘simlik va hayvonlarning sistematikasi, morfologiyasi, ularning yashab turgan joyga moslashishi о‘rganiladi. XY-XYII asrlarda A. Sezalpin (1519-1603), D. Rey (1623- 1705), J. Turnefor (1656-1708), A. Reomyura (1734), L. Tramble (1744) kabilar о‘simliklar, hasharotlar va suv hayvonlarini har tomonlama о‘rgandilar. J.L. Byuffon (1707-1788) о‘zining 13 jildli «Tabiat tarixi» asarida tirik organizmlar va muhit о‘rtasidagi aloqalarga hamda muhitning organizmga ta’siri masalalarini yoritadi. J. Lamark (1744-1829), A. Dekandol (1806-1893), A. Gumbolt (1769-1807), S.P. Krashennikov, I.I. Lepixin, P.S. Pallas, K.F. Rulye, N.A. Seversev, A.N. Beketov va boshqa olimlarning ishlarida о‘simlik va hayvonlar dunyosining har xilligi, ular о‘rtasidagi munosabatlar, turli rayonlarda ularning har xil turlarining uchrashi haqida ekologik ma’lumotlar keltiriladi. Rossiyada tuproqshunoslikning asoschisi V.V. Dokuchayev (1846-1903) tabiiy zonalar yо‘nalishini ishlab chiqib, ekologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qо‘shdi. XX asr boshlarida ekologiya fani tez sur’atlar bilan rivojlandi. Avval о‘simlik va hayvonlar ekologiyasi ayrim-ayrim о‘rganilsa, keyinchalik ular birgalikda, bir uyushma sifatida о‘rganildi. CH. Adams (1913), V. Shelford (1913) lar tomonidan hayvonlar ekologiyasiga oid qо‘llanmalar yaratildi. S.A. Zernov (1913-1920) suv hayvonlarining gidrobiologiyasini о‘rgandi, ekologiyaning rivojlanishida D.N. Kashkarovning "Muhit va organizmlar uyushmasi" (1933), "Hayvonlar ekologiyasining asoslari" (1938), Ovrupa olimlaridan CH.Elton, D.Xatchinson, A.Gensli, G. Odum, Y. Odum, R. Margallef, M. Bigon kabilarning asarlari muhim rol о‘ynaydi. Rossiyada ekologiyaning rivojlanishida L.A. Zenkevich, S.A. Zernov, G.N. Nikolskiy, V.V. Alexin, V.I. Jadin, V.V. Dogel, V.N. Beklemishev. Keyingi vaqtda Rossiyada ekologiyaga katta ahamiyat berilmoqda, ekologiyaga oid yangi-yangi darsliklar chop etilib, ularda ekologik xavfsizlik keng yoritilmoqda. О‘zbekistonda T.Z.Zoxidov, K.Z. Zokirov, I.I. Granitov, A.M. Muzaffarov, A.E. Ergashev, P. K. Zokirov kabilarning ishlari katta ahamiyatga egadir. 1920 yilda tashkil etilgan Turkiston dorilfununi qoshidagi ekologiya kafedrasi, ekologiyaga oid jurnallar, ilmiy uyushmalar tashkil qilinishi munosabati bilan ekolog mutaxassislar tayyorlash boshlandi. Ekologiya mustaqil biologik fandir. Lekin jamiyatning tinimsiz va har tomonlama rivojlanish davrida tabiatshunos, biolog bо‘lmagan mutaxassislar ekologiyani tabiatni yoki atrof-muhitni muhofaza qilish fani bilan qо‘shib, bir fan ma’nosida tushunib katta ilmiy va ma’naviy xatoga yо‘l qо‘ymoqdalar. Hozirga qadar ekologiya va atrof-muhit muhofazasi qо‘shilib yangi bir fan bunyod bо‘lgani ma’lum emas. Shuning uchun ham tabiatni, uning elementlarini ekologik holatini, ularning rivojlanish va о‘zgarish qonunlarini bilmasdan turib, tabiat va uni turli boyliklarini kо‘r-kо‘rona muhofaza qilish, ilmiy jihatdan mо‘tlaqo tо‘g‘ri kelmaydi. Ekologiya va endi rivojlanayotgan tabiatni muhofaza qilish fanlari bir-birlarini tо‘ldiradi. Ular hozirgi vaqtda tabiatda kо‘zatilayotgan tabiiy holatlarni aniqlashda, chora-tadbirlarni mujassam holda ishlab chiqishda hamjihat bо‘lishi kerak. Atrof-muhit ekologik jarayonlarsiz bо‘lmagani, ekologik jarayonlar ham tirik tabiatsiz bо‘lmaydi. Hattoki о‘lik tabiatda ham о‘ziga xos ekologik holat mavjud bо‘ladi. Paydo bо‘layotgan «inson ekologiyasi», «tabobat ekologiyasi», «sanoat ekologiyasi», «qishloq xо‘jalik ekologiyasi», atrof-muhit biologiyasi va boshqalar umumiy ekologiya doirasida rivojlanishi kerak. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, ekologiya biologik yо‘nalishlarga ega bо‘lgan fanlar ichida eng e’tiborli fanga aylanmoqda. Chunki, ekologiya turli tirik organizmlar, katta-kichik tabiiy guruhlarining rivojlanishi va muhit bilan munosabatlarini о‘rganishi bilan bir qatorda tabiat elementlarini muhofaza qilish hamda ulardan tejamkorlik bilan foydalanish muammolarini ham hal qilishda nazariy asos hisoblanadi. Ekologiyaning bunday yо‘nalish olishi 1964 yildan boshlab Xalqaro Biologik Dastur (XBD) asosida ish olib borishga imkon berdi. Bu dastur bо‘yicha Yer yuzi turli qit’alarining biologik maxsuldorligini, tabiiy fondini (qо‘rini) aniqlash va insonlar shu qо‘rdan qancha foydalanish mumkinligini bilish muhim bо‘lgan. XBDning yana bir yо‘nalishida tabiatdagi organik moddaning son va miqdori, tarqalishi va ularning qayta tiklash qonunlarini о‘rganish, insonlar tomonidan ulardan oqilona foydalanishni aniqlash, Yer yuzida biologik sistemalarni buzmaslik, ularni tiklash, tabiiy boyliklarning kamayib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik va ulardan tejamkorlik bilan foydalanish-ekologiya fanining asosiy maqsadi va vazifasi ekanligi belgilandi. Ekologiyaning hamma bо‘limlari, umumiy vazifalari, yо‘nalishlari bir-birlari bilan birlashgan bо‘lib, lekin о‘simliklar yoki «sanoat ekologiyasi» va «insonlar ekologiyasi» kabi yо‘nalishlarini har birini о‘ziga xos tadqiqot uslublari bordir. Masalan; о‘simliklar ekologiyasi-abiotik omillarni ayrim о‘simlik turlariga yoki tur vakillariga ta’sirini aniqlaydi. Hayvonlar ekologiyasi-tashqi muhit omillarini ayrim individumlarga va ularning populyatsiyalariga ta’sirini о‘rganadi. Shuning uchun ham populyatsiyaning ekologiyasi hayvonlar misolida yaxshi ishlab chiqilgan. Shunga qaramasdan hayvonlar ekologiyasini о‘rganuvchi ekologlar, hayvonlarning hayoti о‘simliklarga bog‘liq ekanligini inobatga olgan holda, biotsenozning ichidagi о‘simliklar olamining vakillari hosil qilayotgan uyushmalarni о‘rganishga katta ahamiyat beradilar. Yuqoridagi о‘simlik va hayvonlar haqidagi ma’lumotlar shuni kо‘rsatadiki, tirik organizmlarni bir-birlari va muhit bilan aloqalari murakkab, har xil va о‘ziga xosligi, ekologiyani-о‘simliklar ekologiyasi va hayvonlar ekologiyasiga bо‘linishiga sabab bо‘ladi, ya’ni tabiatni har obyekti-mustaqil fanlar tomonidan о‘rganilsada, ular о‘rtasidagi aloqa juda kuchlidir. Ayrim hollarda ekologiyaning bu ikki mustaqil bо‘linishini birlashtirmoqchi ham bо‘lganlar (YU Odum, L.G. Ramenskiy, B.G. Ioganzen, G.A. Novikov, S.S. Shvars). V.N. Sukachev tomonidan ishlab chiqarilgan biogeotsenoz, keyinchalik beogeotsenologiya ta’limoti bо‘yicha о‘simlik-hayvonlar birliklarini kompleks holda о‘rganish nazariyasi katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Yuqoridagi tushunchalar shuni kо‘rsatadiki, ekologiya-bu biologik xarakterga ega bо‘lgan mustaqil fan. Mikroorganizmlar ekologiyasi, о‘simliklar ekologiyasi, hayvonlar ekologiyasi, odam ekologiyasi va boshqalar, umumiy ekologiyaning bо‘limlari, qismlaridir. Y. Odum ekologiyani turlar ekologiyasi, populyatsiya ekologiyasi, senozlar ekologiyasi, ekosistema ekologiyasi kabi qismlarga bо‘ladi. N.P. Naumov esa ekologiyani tur vakillari ekologiyasi, populyatsiya ekologiyasi, senozlar ekologiyasi yoki biotsenologiyaga (Games, 1918) bо‘ladi. Hozirgi vaqtda ekologiya quyidagi bо‘limlarga bо‘linadi: 1) autekologiya (Schrotes, 1896)-tur vakillarining ekologiyasi; 2) demekologiya (yoki demokologie; Schwertinger, 1963)-populyatsiyalar ekologiyasi; 1) eydekologiya (eidos-tur)-turlar ekologiyasi; 2) sinekologiyasi (Schrotes, 1902)-tirik organizmlar jamoasi, uyushmasi, birligining ekologiyasi. Agar aut-, dem- va eyd ekologiyalar asosida tur vakillarini va ma’lum tirik organizmlar uyushmasiga kiruvchi turlar о‘rganilsa, sinekologiya, о‘z navbatida aut-, dem-, eyd- ekologiyaga asoslangan holda murakkab kо‘p turlardan tashkil topgan tabiiy komplekslarni, ularni ichki tuzilishlarini, rivojlanishini, son va sifat о‘zgarishlarini, katta va kichik birliklarni bir-birlari hamda muhit о‘rtasidagi munosabatlarini о‘rganish bilan, ekologiyaning bu bо‘limi umumiy biologik xarakterga ega bо‘lib qoladi. Sinekologiya statistik yо‘llar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borib, tirik organizmlarning turli guruhlarini, turlar soni sifatini, tarkibini, uchrovchanligini, doimiy yoki vaqtincha uchraydigan turlarni, ularning tarqalishi, mahsuldorlik va energiya oqimlarini о‘rganadi. Umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yо‘nalishlar ayrim fanlarning bо‘limi sifatida rivojlanmoqda, jumladan: 1) Fiziologik ekologiya-tirik organizmlarni (mikroorganizmlar, о‘simliklar, hayvonlar, odamlar) ularni yashash joyiga moslanishi ta’sirida kelib chiqadigan fiziologik о‘zgarishlarni о‘rganadi. 2) Paleekologiya-tabiatdan yо‘qolib ketgan organizmlarni, turlarni, guruhlarning ekologiyasini о‘rganadi. 3) Evolyusion ekologiya-tabiatda populyatsiyani о‘zgarib, rivojlanib turishini ekologik mexanizmlarini о‘rganadi. 4).Morfologik ekologiya-tirik organizmlarning yashash sharoiti ta’siri natijasida, ularning tanalari tuzilish qonunlarini о‘rganadi. 5) Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi-gidroekologiya-turli suv havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning о‘sish, rivojlanish, kо‘payish, tarqalish qonunlarini о‘rganadi. 6) Odam ekologiyasi-insonni tabiiy holatini, unga salbiy va ijobiy ta’sir qilayotgan ekologik omillarning mohiyatini, uning sog‘lig‘ini, tabiatdagi о‘rni va rolini о‘rganadi. 7) Ijtimoiy ekologiya-jamiyat bilan tabiat о‘rtasidagi turli ekologik munosabatlarni о‘rganadi va x.k. Ayrim hollarda xususiy ekologiya yо‘nalishi ham yuzaga chiqib qoladi. Xususiy ekologiya-umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar (organizmlar olamida turlargacha), har xil yashash joylar, turli biologik iqlimdagi biogeotsenozlarga nisbatan qо‘llashni о‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, xususiy ekologiya-ekosistema ichidagi kenja sistemalarning yashash joylarini doimiy harakati va о‘zgarishini, yashash sharoitlarining xillarini (suv, havo, yer-havo)-biotoplarni, ularning komponentlarini ekosistemadagi mohiyatini о‘rganadi. Shunday qilib, ekologiyaning turli bо‘limlarini umumlashtirganda, ekologiya-tabiatda hosil bо‘lgan bir butun biologik birliklarni о‘rganadi, shu birliklarning guruhlariga, a’zolariga о‘ziga xos maxsus uslublar bilan yondoshadi. Tabiatdagi har xil tabiiy voqelik, holat maxsus yondoshishlarni, yangi ekologik uslublarni talab qiladi. Ekologiya-umumiy biologiya faniga mansub bо‘lib, tabiiy ekosistemalarni ularning turli guruhlarini, a’zolarini tabiiy holda о‘rganadi. Ammo, tabiatni ekologik holati bilan tajriba qilib bо‘lmaydi, chunki bunday hol juda ham kutilmagan va boshqarib bо‘lmaydigan sanoqsiz ofatlarga olib kelishi mumkin. Masalan; atom bombalarini Semipalatinsk, Lubnurda, Nevadadagi sinovlari, atom bombasini Xirosima, Nagasakida qо‘llash, Chernobil AES ining portlashi chegarasiz salbiy ekologik holatlarni keltirib chiqardi. Ekologiyaning oxirgi maqsadi: ma’lum vaqtda va ma’lum joyda qancha organizm yashaydi, ularni qachon va qaysi yerda va nima uchun uchratish, topish mumkin degan savolga javob topishdan iboratdir. Bu esa insonni biologik tayanchi bо‘lib, u yashab turgan muhitni saqlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga asos bо‘ladi. Shuning uchun ekologik ta’limsiz va mustahkam ekologik bilimga ega bо‘lmasdan atrof-muhit muhofazasi muammolarini hal qilib bо‘lmaydi. Oqava suvlarning saotiga taqsimlanishi quyidagicha:
Korxonada asosan germetik sistemadagi, suyuqlik va yog‘li mahsulot bilan ishlangani uchun aspiratsiya tizimida uchuvchan moddalar mavjud.
Gazli aralashmalarni ushlab qolish uchun korxonada adsorber va aerotsiklonlar qо‘llanishi maqsadga muvofiq. Download 99.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling