Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi
Download 99.25 Kb.
|
Kirish
Yog‘-moy korxonalariga qabul qilinayotgan o‘simlik moylarini nazorat qilinishi kerak bo‘ladi. Nazorat qabul qilinayotgan yog‘ va moylarni alohida-alohida partiyalarga bo‘lib ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Yog‘ va moyni partiyalarga bo‘lish deb, ularni bir xil naviga, turiga, bir vaqtda qayta ishlanganiga va ishlab chiqarilganiga, bitta transportda jo‘natilganiga va sifat ko‘rsatkichlari bitta xujjatda ko‘rsatilganiga qarab bo‘lishga aytiladi. Masalan: yog‘ va moylarni jo‘natish temir yo‘l vagonlarida yoki avtotsisternalarda amalga oshirilganda, o‘sha har bir avtotsisterna 1 ta partiya deb qabul qilinadi. Har bir nuqtadan namunalar olish DST 5471-83 bo‘yicha yog‘ va moylarni qabul qilib olishda va ularni korxonadan jo‘natishda amalga oshiriladi. Ammaliyotda namunalar olishda ko‘p qo‘llaniladigan hol – bu yog‘ va moylarni idishlardan trubao‘tkazgichlar orqali bir joydan ikkinchi joyga haydashda turg‘un namuna olgich shtuserlar orqali namuna olishdir. Namuna olish haydash vaqti davomida uzluksiz va bir meyorda olib boriladi. Olingan namunalar berilgan moy partiyasining o‘rtacha namunasi hsoblanadi. Olingan o‘rtacha namunalarni VNIIJ – 9 ajratgich uskunasiga solib, undan analiz uchun ajratib olinadi. Olingan 1l namuna oldindan yaxshilab yuvilgan va quritilgan 2 ta butilkaga solinadi. 1 ta butilka qopqog‘i yopilib 40 kun qorong‘i va quruq joyda saqlash uchun olib qo‘yiladi. 40 kundan keyin bu butilka qayta analiz qilish uchun ishlatiladi. Download 99.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling