Oziq-vqat kimyosi
Download 114.85 Kb.
|
namuna mustaqil ish
Bug‘doy - (Triticum L) – boshoqdoshlar oilasiga mansub о‘simliklar turkumi bо‘lib eng muhum oziq-ovqat о‘simligidir. Yer yuzidagi quruqlikning 182 ga yaqin hamda ekin ekiladigan maydonning 15 ga yaqin qismida bug‘doy ekiladi. Bug‘doy donida oqsil moddasi kо‘p: о‘rta Osiyo navlarida 15-20%, g‘arbiy Yevropa navlarida 11-14% gacha Oqsil moddasi bor. Bug‘doy donidan xar xil navli unlar, yormalar, kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bug‘doyning tegirmondagi chiqitlari chorva uchun yem sifatida qayta ishlanadi. Bug‘doyning poxoli, somoni mollarga ovqat va tо‘shama xamda qurilish matiriali sifatida ishlatiladi. Ulardan qog‘oz, shlyapa, savat, kajava va shu kabilar ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Bug‘doy turlari 20 ga yaqin bо‘lib, ba’zilari yovvoyi holda о‘sadi, kо‘proq ikki turi: yumshoq bug‘doy (Triticum vulgare Host), hamda qattiq bug‘doy (Triticum durum Desf) – kо‘proq ekiladi. Bug‘doy g‘alla ekinlarini eng muhimi bо‘lib, bahor va kuzda ekiladi.
Kuzgi qattiq bug‘doy. Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxandaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida. Bohorgi yumshoq bug‘doy - Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida ekiladi. Bug‘doyning botanik tavsifi. Bug‘doy g‘alladoshlarga mansub bо‘lib (Triticum L.) turkmiga kiradi. U bir yillik о‘simlik. Ildiz qismi popuk ildiz bо‘lib, asosiy qismi yerning xaydalgan qatlamiga taralib о‘sadi, ayrimlari tuproqning 2 m va undan ham chuqurroq qatlamiga kirib boradi. Poyasining bо‘yi 0,5 m dan 2 m gacha, kо‘pincha 1 m gacha yetadi. Har bir tupda 1-5 ta, ba’zida undan ham kо‘proq poya chiqadi. Barg plastinkasi (shapalog‘i) chiziqsimon bо‘lib, tomirlari paralel qatorlar hosil qilib joylashgan. Bargi tukchalar bilan qoplangan tilcha va quloqchasi bо‘ladi. Tо‘pguli - qiltiqli va qiltiqsiz boshoqli xillari mavjud. Boshog‘i, boshoqcha о‘qidan iborat bо‘lib, uning pag‘onalarida (о‘ng va chap tamonida) navbat bilan bittadan boshoqcha joylashadi. Boshoqchasi kо‘p (2-5 ta) gulli bо‘ladi. Boshoqchada pastki gullar rivojlanib, yuqoridagilari qurib qoladi. Guli ikki jinsli. Bug‘doy о‘zidan changlanadigan о‘simlikdir. Ba’zi paytlarda chetdan shamol yordamida changlanishi ham mumkin. Doni ochiq, uzunasiga ketgan о‘yiqchasi bor, uchida oq va qizil rangli tukchalardan iborat popukchasi bо‘ladi. Doni shaffoflik, chala shaffoflik va unli bо‘ladi. 21-rasm. Bug‘doy boshog‘ining umumiy kо‘rinishi (I) va uning tarkibiy qismlari (II): 1-boshoqcha qipig‘i; 2-gulning tashqi qobig‘i; 3-doni; 4-gulining ichki qobig‘i; 5-bitta gul qobig‘i bо‘lgan yaxshi yetilmagan yuqorigi gul. Yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L) eng kо‘p tarqalgan tur bulib, uning kuzgi, yarim kuzgi va baxori xillari bо‘ladi. Poyasi poxolpoya, ichi g‘ovak, buyi 100-120 sm, baxorgisi 80-90 sm, 5-6 bо‘g‘imli. Boshog‘i siyrak, old tomoni yon tomoniga karaganda tor, qiltiqli va qiltiqsiz xillari bor. Qiltig‘i boshog‘iga nisbatan kalta bо‘lib, yon tomoniga karab о‘sadi. Boshoqcha qipig‘i keng, qirrasi uncha rivojlanmagan. Donni shaffof, uchida yaqqol kо‘zga tashlanib turadigan popukchasi buladi. Qattik bug‘doy (Triticum durum Desf.) ekin maydoni jixatidan yumshoq bug‘doydan keyin ikkinchi о‘rinda turadi. Poyasining eng ustki bо‘g‘im oraligining ichi tо‘la bо‘ladi. Boshog‘i uzun, zich, deyarli xamma vaqt qiltiqli, old tomoni yon tomoniga karaganda keng. Boshoqcha qipig‘i yaxshi rivojlangan, qirra va tishchalari о‘tkir. Qiltigi boshog‘iga nisbatan uzun va tik yо‘nalgan. Donni yirik, kо‘pincha yaltiroq, yon tomonidan siqiq, uch tomonidagi popukchasi bilinar-bilinmas yoki butunlay bо‘lmaydi. Asosan baxori qilib ekiladi. Qattiq bugdoy donni yuqori baxolanadi. Uning donidan eng yaxshi oq un tortiladi. Bu undan makaron, vermishel, manniy kurpa, konditer maxsulotlari tayorlanadi, shuningdek, yumshoq bug‘doy uning sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi. 22-rasm. Bug‘doy doni. a-yumshoq bug‘doy; b-qattiq bug‘doy Turgidum bugdoy (Triticum turgidum L.) belgilari buyicha qattiq bugdoyga yaqin turadi. Zakavkaziye respublikalari va Urta Osiyoda bug‘doyning mahalliy navlvri orasida uchraydi. Sug‘oriladigan yerlarda о‘sadigan bu bug‘doy issik iqlimga yaxshi moslashadi. Uning shoxlagan boshoqli formalari bо‘lib, ular bir paytlar olimlar etiborini о‘ziga jalb etgan. Uning doni unli bо‘lib, uning non yopilish sifati ancha past. Polyaskaya bug‘doyi (Triticum polonicum L). Ispaniyada ekiladi va maxalliy navlvri orasida aralash xolda uchraydi. Boshqa bug‘doy navlvridan boshog‘ining yirikligi, donining yaltiroq va uzunligi bilan farq qiladi, bahori bug‘doylarga kiradi. Polba qо‘sh donli, emmer (Truticum dicoccum Sehrank.). Bu bug‘doyning boshog‘i ingichka, zich, qiltiqli, boshoq о‘ki murt, doni qobig‘iga yopishgan bо‘ladi. Donidan krupa (yorma) tayorlanadi. U kisman Ozarbayjonda va Udmurtiyada ekiladi. qattiq va yumshok bugdoyning tur xillari. Boshogi va donining barkor marfalogik belgilariga kura bugdoy turlari tur xillariga bulinadi. Turlarni bu xilda bо‘lish bir tomonlama, suniydir. Chunki u bug‘doy xilining biologik xususiyatlari, geografiyasi va ekologiyasi tug‘risida xech qanday malumot bermaydi. Lekin bunday klassifisiya amaliy maqsadlar uchun malum qiymatga ega. U juda kо‘p navlarni tashqi marfologik belgilarga qarab aniqlash imkonini beradi. Bug‘doyning tur xili belgilariga kuyidagilar kiradi: Qiltikning bо‘lish-bо‘lmasligi; Boshoqcha qipig‘ining tukli-tuksizligi; Boshog‘ining rangi (oq, qizil, kora, bо‘lishi); Qiltig‘ining rangi (boshog‘ining rangi bilan bir xil bо‘lishi yoki oq, qizil boshqalarda qora rangda bо‘lishi); Donning rangi (oq, qizil). 23-rasm. Bug‘doy turlari. 1-qiltiqli yumshoq bug‘doy; 2-qiltiqsiz yumshoq bug‘doy; 3-qattiq bug‘doy; 4-yakka donli madaniy bug‘doy; 5-qо‘sh donli bug‘doy yoki polba; 6-Timofeyev bug‘doyi; 7-polonikum; 8-past bо‘yli bug‘doy; 9-turgidum. Don partiyasida bunday don aralashmasining bо‘lishi meyori cheklangan. Donda shikastlanish foizini aniqlash uchun, don iflosligi aniqlangach toza dondan 10 g olinib, organaleptik tekshiriladi. Ajratib olingan shikastlangan donlar og‘irligi о‘lchanib, foizda ifodalanadi. Bug‘doy doni botanik va biologik alomatlari, rangi, shaffofligiga kо‘ra tiplarga va pod tiplarga bо‘linadi. I tip. Bahorga yumshoq bug‘doy; II tip. Bahorgi qattiq bug‘doy; III tip. Bahorgi oq bug‘doy; IV tip. Kuzgi qizil bug‘doy; V tip Kuzgi oq bug‘doy; VI tip. Kuzgi qattiq bug‘doy. Download 114.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling