Oziq-vqat kimyosi
Download 114.85 Kb.
|
namuna mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- OZIQ-VQAT KIMYOSI” fanidan Bajardi: Ushoqov M. Qabul qildi: Xolmuradov B Yangiyer-2021 Mavzu
- Donlar tavsifi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO-TEXNALOGIYA INSTITUTE YANGIYER FILIALI Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi Oziq-ovqat texnologiyasi yo`nalishi OOT 50-guruh talabasi Ushoqov Mirjalolning “OZIQ-VQAT KIMYOSI” fanidan Bajardi: Ushoqov M. Qabul qildi: Xolmuradov B Yangiyer-2021 Mavzu: To’liq yitilmagan, shikastlangan donlar va ularning ishlatilishi Reja: Donlar tavsifi Don ekinlarining о‘sishi va rivojlanishi Bug‘doyning botanik tavsifi va xalq xо‘jaligidagi ahamiyati To’liq yitilmagan, shikastlangan donlar va ularning ishlatilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Donlar tavsifi. Yetishtirish usullariga, ayrim morfologik va biologik xususiyatlariga kо‘ra, don ekinlari ikki gruppaga bо‘linadi. Birinchi gruppaga kiradigan о‘simliklar haqiqiy don ekinlari hisoblanib, ularga bug‘doy, javdar, arpa va suli kiradi. Ikkinchi gruppaga kiradigan о‘simliklar tariqsimonlar hisoblanadi va ularga makkajо‘xori, oqjо‘xori, tariq, sholi kiradi. 1-jadval Birinchi va ikkinchi gruppaga kiradigan don ekinlarining bir-biridan farq qiladigan belgilari
Don ekinlarini ikki gruppaga bо‘lish ularni agrotexnikaviy jihatdan harakterlash imkonini beradi. Birinchi gruppaga kiradigan о‘simliklar ertagi qilib (kuzgisidan tashqari) yoppasiga yoki tor qatorlab ekiladi. Ikkinchi gruppaga kiradiganlari kechki muddatlarda ekiladigan ekinlar bо‘lib, ulardan ayrimlari (makkajо‘xori, oqjо‘xori) qator oralari ishlanadigan ekinlardir. Don ekinlarining о‘sishi va rivojlanishi. О‘simliklar individual rivojlanishi davrida, ya’ni urug‘dan unib chiqqandan to yangi urug‘ hosil qilguncha ma’lum davrlar (fazalar) ni о‘tadi. Rivojlanish fazalarida о‘simlikda morfologik о‘zgarishlar sodir bо‘ladi va yangi organlar shakllanadi. Boshoqli don ekinlari quyidagi: urug‘ining unib chiqishi, tо‘planishi, naychalashi, boshoq tortishi (boshoqli don ekinlarida) yoki sо‘ta chiqarishi (rо‘vaklarda), gullashi va yetilishi (sut pishiqlik, mum pishiqlik va tо‘la yetilish) kabi rivojlanish fazalarini о‘tadi. О‘simlikning kamida 10% muayyan fazaga kirgan payt fazaning boshlanishi va 75% о‘simlik: kirgan payt fazaning tо‘liq boshlanishi bо‘ladi. Maysa chiqarishi. Yerga ekilgan sog‘lom urug‘lar qulay sharoitda bо‘rtadi, unadi va yer betiga kо‘karib chiqadi. Urug‘ning unishi uchun suv, issiqlik va kislorod kerak. Suv uning bо‘rtishi va fermentlar faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. Urug‘ning murtagi endospermga qaraganda suvni tez shimadi. Shuning uchun urug‘ bir tekis bо‘rtmaydi, natijada u unib chiqayotganda qobig‘i yoriladi va birlamchi ildiz hamda boshlang‘ich poyalar chiqadi. Fermentlar (diastaza, proteaza, lipaza va boshqalar) suvda erimaydigan zapas oziq moddalarni eriydigan oddiy birikmalarga aylantiradi. Chunonchi, kraxmal qandga aylanadi, oqsillar aminokislotalargacha, yog‘lar glitserin va yog kislotalargacha parchalanadi. Bu birikmalarning hammasi birlamchi ildiz qalqonchasi orqali murtakka keladi. Boshoqli don ekinlari donining bо‘rtishi va unishi uchun har xil miqdorda suv kerak bо‘ladi. Masalan, bug‘doy va javdar (quruq donining vazniga nisbatan) 56% ga yaqin, arpa - 48%, suli - 60%, makkajо‘xori - 44%, tariq va oqjо‘xori - 25% miqdorda suv iste’mol qiladi. Urug‘ning bо‘rtish tezligi muhit temperaturasiga, donning yirik-maydaligi, konsistensiyasiga, qobig‘i bor-yо‘qligiga va tuproq hamda boshqa faktorlarga bog‘liq. Don ekinlari turli temperaturada unib chiqadi. Bug‘doy, javdar, arpa, suli ekinlari donining unishi uchun minimal temperatura 1-3°, maysalashi uchun kamida 4-5° bо‘lishi kerak. Tariqsimon don ekinlari urugining unishi uchun bundan ham yuqori temperatura talab qiladi. Makkajо‘xori. va tariq doni unayotganda temperatura 8-10°, qiyg‘os maysalayotganda 10-12°, oqjо‘xori uchun yuqoridagiga muvofiq 10-12° va 12-13°, sholi uchun 11-13° va 14-15° bо‘lishi kerak. Bug‘doy, arpa, suli, javdar odatdagi muddatlarda ekilganda maysalari chiqishi uchun optimal temperatura 6° dan 12° gacha, tariq, makkajо‘xori, oqjо‘xori uchun 15° dan 18° gacha va sholi uchun 18° dan 22° gacha bо‘lishi kerak. Doning temperaturaning fiziologiya optimumi bir oz yuqori bо‘lib, haqiqiy don ekinlari uchun 20°, tariqsimonlar uchun 25-27° ni tashkil qiladi. Temperaturaning bundan yuqori kо‘tarilishi maysalar chiqishini kechiktirib, temperatura 30-32° ga yetganda I gruppa don ekinlari, 40-44° ga yetganda II gruppa don ekinlari urug‘i butunlay unmaydi. Urug‘ murtagining nafas olishi uchun kislorod ham kerak, u yetishmasa, urug‘ kech unib chiqadi. Shuning uchun urug‘ni haddan tashqari chuqur ekish va yer betining qatqaloqlanishi zararli hisoblanadi. Urug‘ unayotganda dastlab birlamchi yoki murtak ildizlari, keyin poyachalari о‘sa boshlaydi. Don ekinlari urug‘ining murtak ildizlari soni turlicha bо‘ladi. Makkajо‘xori, oqjuxori, tariq, sholi bitta; bug‘doy, arpa, suli, javdar esa 3 dan 8 tagacha murtak ildiz chiqarib kо‘karadi. Dastlabki shakllangan poyacha donning qobig‘ini yorib, yer yuziga chiqishga harakat qiladi. U birinchi yaltiroq barg novi bilan о‘ralgan bо‘lib, bu nov g‘ilof yoki koleoptile deb ataladi. Koleoptile poyacha va birinchi yashil bargni tuproqda о‘sayotganda mexanikaviy shikastlanishdan himoya qiladi. Poyacha yer betiga chiqishi bilan о‘sishdan tо‘xtaydi, koleoptile esa navbatdagi barg chiqarib yoriladi, bu barg yer betiga chiqqach, yashil rangga kiradi. Ana shu yashil barglar maysa chiqqanligini anglatadi. Haqiqiy doi zkinlarining maysasi odatda 6-10 kunda chiqadi. Maysalar chiqqandan bir xafta keyin о‘simlikda navbatdagi - ikkinchi barg shakllanadi. Uchinchi va tо‘rtinchi barglar ham xuddi shuncha vaqtda paydo bо‘ladi. Bugdoyning maysalari kо‘pincha yashil, javdarniki binafsha va jigar rang, suliniki och yashil, arpaniki zangori-kо‘kimtir, tariqsimonlarniki yashil rangda bо‘ladi. Tо‘planishi. О‘simlik 2-3 ta barg chiqargandan keyin asosiy poyasining usishi sekinlashadi. Poyasining yer osti qismida bir-biriga yaqin bir necha bо‘g‘im paydo bо‘ladi, bular tuplanish bо‘g‘imi deyiladi. Tо‘planish bо‘g‘imidan yon novdalar va bir vaqtda ikkinchi tartib ildizlar chiqadi, ular о‘simlikda popuk ildiz sistemasi hosil qiladi. Tо‘planish bо‘g‘imida о‘simlikning bо‘lajak qismlari joylashgan bо‘lib, unda zapas oziq moddalar tо‘planadi. О‘simlikning keyingi rivojlanishi va hosildorligi ana shu tо‘planish bо‘g‘imining zararlanmasdan saqlanishiga bog‘liq. Tо‘planish bо‘g‘imi past temperatura, tuproqning qurib qolishi, zararkunanda va kasalliklar yoki boshqa noqulay faktorlar ta’sirida zararlansa, о‘simlik qurib qolishi yoki yon novdalari va ildiz sistemasi yomon rivojlanishi oqibatida hosildorligi pasayib ketishi mumkin. О‘simlikning tо‘planish bо‘g‘imi, odatda, 2-3 sm chuqurlikda joylashgan bо‘ladi. Tо‘planish bо‘g‘imi bundan chuqur joylashganda о‘simlik yerga yotib qolmaydi, kuzgilari qish va kо‘klamgi past temperaturaga chidamli bо‘ladi. Tо‘planish bо‘g‘imining joylashish chuqurligi don ekinlarining turi, naviga, urug‘ni ekish chuqurligiga, tuproq tipiga va temperaturaga bog‘liq. Masalan, yorug‘lik yetarli bо‘lmaganda, qattiq yerlarda qalin ekilgan ekinlarning tо‘planish bо‘g‘imi yer betiga yaqin joylashadi. Kuzgi bug‘doyning tо‘planish bо‘g‘imi bahori bug‘doynikiga qaraganda chuqurroq, qattiq donli bug‘doyniki yumshoq donli bug‘doynikiga qaraganda chuqurroq joylashadi. Har bir tup о‘simlikning barcha poyalar soni umumiy tо‘planish deyiladi. Tо‘planish о‘simlikning tabiatiga ham bog‘liq. Kuzgi don ekinlari bahorgilarga qaraganda kuchli tо‘planadi. Birinchi gruppa don ekinlari 5° da tuplay boshlaydi, 10-15° temperaturada ular qiyg‘os tо‘planadi. Nam, oziq moddalar, temperatura va yorug‘lik tо‘planishga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Tuproqda nam qancha kо‘p, yer unumdor bо‘lsa, tо‘planish shuncha kuchli bо‘ladi. Urug‘ qalin ekilgan bо‘lsa, yorug‘lik va oziq moddalar yetishmasa, tо‘planish kuchi pasayadi va aksincha. Doi ekinlarining о‘sish sharoiti qancha qulay bо‘lsa, ular shuncha yaxshi tо‘planadi. Umumiy tо‘planishdan tashqari, unumli tо‘planish ham bо‘ladi. Bunda hosil beradigan poyalar soni tushuniladi. Hosildor poyalar soni dala sharoitida har xil bо‘ladi. Masalan, kuzgi ekinlarda 3-6 ta, bahori arpa va sulida 2-3 ta, bahori bug‘doyda 1-2 ta bо‘ladi. Tо‘planishi kechikkan don ekinlarida boshoq chiqaruvchi poyalardan tashqari, boshoq chiqarmaydigan poyalar (rо‘vaklar) ham shakllanishi mumkin. Bu xildagi poyalar kech о‘sadi va kech yetiladi. Don ekinlarining unumli tо‘planishi xо‘jalikda ayniqsa muhim ahamiyatga ega. U poyalarning tez va qiyg‘os chiqishiga bog‘liq. Har xil poyalar turli rivojlanish fazalarida tо‘planadi. Masalan, yon poyalar javdar bilan sulida ular 3-4 ta barg chiqarganda, arpa, kuzgi va bahori bug‘doyda 3 ta barg chiqarganda, tariqda 5-6 ta, makkajо‘xorida 6-7 ta va oqjо‘xorida 7-8 ta barg chiqarganda hosil bо‘ladi. Nay tortishi (poya hosil qilishi). Don ekinlari tо‘planishi paytida poyasi va tо‘pguli boshlang‘ich holatda bо‘lib, barg novi ichida joylashganligidan kо‘zga kо‘rinmaydi. О‘simlik yarovizatsiya stadiyasini tugallab, yoruglik stadiyasiga о‘tgandan boshlab, organlari shakllanadi va tez hosil bо‘ladi. О‘simlikka yorug‘lik yaxshi tushib tursa va suv bilan tо‘la ta’minlansa, bu protsess yanada tezlashadi. Poya pastki bо‘g‘im oralig‘idan о‘sa boshlaydi. Poyaning yuqori qismida joylashgan bо‘g‘im oraligi pastki qismidagilarga nisbatan uzun bо‘ladi. Har qaysi bо‘g‘im oralig‘i pastki qismidan о‘sadi. Odatda poyalar gullash davrining oxiri - don tо‘lishish davrida о‘sishdai tо‘xtaydi. Birinchi gruppa don ekinlarida bо‘g‘im oralig‘i 4-7 ta makkajо‘xori, oqjо‘xori va sholidan ancha kо‘p bо‘ladi. Boshoqlanishi. Yuqorigi barg navidan tо‘pgul chiqishi о‘simlikda boshoqlanish fazasi boshlanganligini bildiradi. Bu paytda barg navidan boshoq yoki rо‘vakning yarmi chiqqan bо‘ladi. Nay chiqarishdan boshoqlanish davrigacha о‘simlikning poya va barglari jadal о‘sadi va tо‘pguli shakllanadi. Shuning uchun bu davrda о‘simlik suv va oziq moddalarga juda talabchan bо‘ladi. Bu davr boshoqli don ekinlari vegetatsiyasida eng muhim bosqich hisoblanadi. Gullashi. О‘simlik boshoqlagandan keyin gullay boshlaydi. Arpa kо‘pincha boshoqlaguncha, javdar boshoqlagandan 8-10 kun keyin gullaydi. Don ekinlari gullash usuliga qarab, о‘zidan changlanuvchi (bug‘doy, arpa, suli, tariq, sholi) va chetdan changlanuvchilarga (javdar, makkajо‘xori, oqjо‘xori) bо‘linadi. О‘zidan changlanuvchn don ekinlarining changdoni odatda hali gul ochilmasidan yetilib yoriladi. Shuning uchun ham ular о‘zidan changlanadi. Ba’zan havo issiq va quruq kelganda bug‘doy va arpa gul qobig‘i ochiqligida gullashi mumkin. Bunda changchi tashqariga chiqib yoriladi. Bunday holda о‘simlik chetdan changlanadi. Chetdan changlanuvchi don ekinlarida changchi gul ochilgandan keyin yetilib yoriladi. Uning yengil changi tukilib, shamol yordamida tarqaladi va boshqa gullarning tumshuqchasiga tushib, ularni urug‘lantiradi. Agar chang о‘z gulining tuguyachasiga tushsa, urug‘lanish qiyin bо‘ladi yoki butunlay urug‘lanmaydi. Yomg‘irli kunlarda, kuchli shamol esayotganda gullash jarayoshn buziladi, ya’ni gulning kо‘p qismi changlanmay qoladi, boshoq siyrak donli bо‘lib tugiladi. Boshoqli don ekinlari (bug‘doy, arpa, javdar, makkajо‘xori sо‘tasi) boshog‘ining о‘rta qismidagi boshoqchalaridan gullay boshlaydi. Rо‘vakli don ekinlari (suli, tariq, oqjо‘xori, makkajо‘xori rо‘vagi) rо‘vaginiig uchki qismidan boshlab gullaydi. Tо‘pgulda birinchi hosil bо‘lgan donlar yirik va urug‘lik xossalari yuqori bо‘lishi tajribada isbotlangan. Yetilishi (pishishi). Gul urug‘langandan keyin tuguncha rivojlana boshlaydi, urug‘ va murtak shakllanadi. Barglarda tо‘plangan oziq moddalar don shakllanishi uchun sarflanadi. Bunda ular eruvchan shakldan (qand, aminokislota va boshqalardan) erimaydigan shaklga (kraxmal, oqsil, yog‘ga) о‘tadi. Donning yetilishida uch xil: sut pishiqlik, mum pishiqlik va tо‘la pishiqlik fazasi bо‘ladi. Sut pishiqlik davri gullashidan 8-18 kun keyin boshlanadi. Bu davrda о‘simlik yashil bо‘lib, faqat pastki qismidagi barglar sarg‘ayadi. Don tо‘la shakllangan, yashil rangda bо‘libg ezib kо‘rilganda sutsimon suyuqlik ajralib chiqadi. Donning namligi 50% ni tashkil qiladi, unda organik moddalar tо‘planishda davom etadi. Bunday don quritilganda hajmi uchdan bir qismigacha kichrayadi. Sut pishiqlik davrida donning unuvchanlik energiyasi yuqori bо‘ladi, lekin saqlanganda bu xususiyati tez yо‘qoladi. Donning sut pishiqlik davri janubiy rayonlarda 10-12 kunga yetadi. Bu fazada hosilni don uchun yig‘ish mutlaqo mumkin emas. Mum pishiqlik davrida boshoqli don ekinlari va suli butunlay sarg‘ayadi, faqat poyasining uch qismi yashilligicha qoladi. Makkajо‘xori, oqjо‘xori, tariq, sholi о‘simligining tо‘plari yashilligicha saqlanaveradi. Ularning doni sarg‘ayib, yumshoq holga keladi, uni tirnoq bilan о‘yish mumkii. Bu davrda donning namligi 25% ni tashkil etadi. Donda tuplaigan oziq moddalar donning tuda pishiqligi davridagidan kam farq qiladi. Mum pishiqlik davrining uzoqligi ob-havo sharoitiga qarab keskin farq qiladi. U janubiy rayonlarda 6-8 kunga yetadi, havo nam bо‘lganda bundan xam chо‘zilib ketishn mumkin. Bu davr о‘simlik oldin urilib keyin yig‘ib olinadigan dok ekinlari uchun eng qulay muddat hisoblanadi. Tо‘la pishiqlik davrida о‘simlik tо‘pining hamma qismi sarg‘ayadi, doni qotadi, hajmi bir oz kichiklashadi, namlign 14-16% gacha (bahorikorlikdagi don ekinlarida esa 8% gacha) kamayadi. Tо‘la pishiqlik davrida kupchilik g‘alla ekinlariiing (makkajuxori va oqjо‘xoridan tashqari) doni tо‘kiladi. Don ekinlari donining yetilishi tuproq, iqlim, ob-xavo va boshqa sharoitga bog‘liq. Don о‘giti kam, mexanikaviy tarkibi yengil tuproqli yerlarda og‘ir va azotga boy tuproqli yerlardagiga qaraganda tez yetiladi. Shuningdek, bahorikorlikda, ayniqsa, pastki zonalarda, sug‘oriladigan yerlardagiga nisbatan barvaqt yetiladi. Tо‘la yetilgan don ekinlari hosili bevosita kombaynda о‘rib-yig‘ib olinadi. Qо‘llanilishiga kо‘ra donlar un tortishda, yorma olishda, yem-xashak uchun, texnik maqsadlarda, urug‘lik uchun taqsimlanadi. Un olish uchun asosan – bug‘doy, javdar doni, oz miqdorda makkjо‘xori, arpa, uni ishlatiladi. Yorma olish uchun – tariq, grechixa, sholi, arpa, suli, rusnо‘xoti, chechevitsa, bug‘doy doni ishlatiladi. Yem-xashak uchun – suli, arpa, makkajо‘xori, oq jо‘xori, vika, kormovо‘ye bobо‘. Texnik maqsadlarda – makkajо‘xori, moyli donlar urug‘lari. Kimyoviy tarkibi bо‘yicha donlar 3 ta guruhga bо‘linadi. 1. Boshoqli donlar: kraxmalga boy donlar – bug‘doy, javdar, arpa, suli, makkajо‘xori, sholi, tariq, oq jо‘xori, grechixa. 2. Oqsilga boy donlar: Dukkakli donlar – rus nо‘xot, china, nut, chechevо‘sa, loviya, kormovо‘ye bobо‘, vika, soya, yeryong‘oq. 3. Moyli va efir moyli donlar – kungaboqar, masxar, zig‘ir, chigit, nasha, kanakunjut, gorchitsa, rans, surenitsa, rо‘jik, kо‘knor, kunjut, perilla va lyallemansiya, koriandr, tlin, fenxel, anis. Download 114.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling