O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
Kalit soʻzlar: Epik syujet, motivlar tizimi, uvaysiylik, mavti ahmar, mavti ahdar, soqiy, may, jamoaviylik, anonimlik, ogʻzakilik,
anʼanaviylik, ommaviylik, variant va versiyaviylik. Kirish. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, qadim anʼanalarni tushunishga intilish, milliy madaniyatimiz qadrini yanada oshirishda folklor (xalq ogʻzaki ijodi) ni oʻrganish hozirgi kunda ham oʻzining ilmiy ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Xalq dostonlarida tasavvufning oʻrni haqida soʻz yuritar ekanmiz, dastavval, ushbu janr boʻyicha umumiy maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz. Dostonlar xalqning, millatning qiyofasini oʻzida toʻlaqonli aks ettirib turuvchi koʻzgudir. Har bir xalqning asrlar mobaynida bosib oʻtgan yoʻli, ijtimoiy- siyosiy holati, zohiriy-botiniy gʻalabasi, madaniy mavqeyi eposlari orqali namoyon boʻladi. Bu esa epik syujet, motivlar tizimi, badiiy koʻlam, voqealar rivojida oʻz aksini topadi. Nima uchun xalq dostonlarining zamiri turli eʼtiqodiy qarashlar, magiyalar, mifologik tasavvurlardan iborat deyishimiz kerak? Xalq dostonlarining asl mohiyatini anglashimizda bunday tushunchalar bilan cheklanishimiz qay darajada toʻgʻri va bir yoqlama yondashuvlar orqali asl gʻoyaga qanday yetib boramiz? Xalq dostonlarining qadimiy ildizlari maʼlum maʼnoda turli magiyalar, mifologik tasavvur va tushunchalarga borib taqalishi ayni haqiqat. Bu esa asosiy syujet tizimi, mazmun va mohiyat islomiyatdan ancha oldingi tasavvurlar bilan bogʻliq ekanligini koʻrsatadi. Biroq xalq dostonlarida tasavvuf chizgilari ham yoʻq emas. Chunonchi, xalq dostonlari jamoaviylik, anonimlik, ogʻzakilik, anʼanaviylik, ommaviylik, variant va versiyaviylik kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Ushbu xususiyatlarni oʻzida jamlagan holda dostonlar avloddan avlodga oʻtish jarayonida sayqallanadi, takomillashib boradi. Ayni yuqorida keltirib oʻtilgan xususiyatlarga diqqat qaratilib, epik syujet tahlilga tortilsa, haqiqatan ham xalq dostonlarida tasavvufga doir bir qancha timsol va tushunchalar mavjud ekanligi yanada konkretlashadi. Xalq dostonlarining epik syujeti, motivlar tizimida turli eʼtiqodiy qarashlar, magiyalar, mifologik tasavvurlardan tashqari tasavvuf taʼlimotiga oid qarashlarning ham mavjud ekanligini tadqiq etish fundemantal yondashuvni talab etadi. Tasavvufni "tasfiya", yaʼni ruhni agʻyor - begonadan tozalash, "huzu", yaʼni nafsni jilovlash, xokisorlikni koʻrsatishdir[5],-deydilar. Tasavvufga daʼvat - haqiqatga daʼvat. Zero, dunyoga kelishning asl muddaosi ham shu: oʻzlikni anglash, oʻzlikni anglash orqali oʻzni tushunish, oʻzni tushunish orqali Haqni topish, Haqni topish orqali Haqiqatga erishish. Tasavvuf poklanish ilmi, unda bosh amal qalbni poklash, ruhni poklash, nafs tarbiyasidir[5]. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling