O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzmu-16-2022(3-bolim)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodologiyasi
O„ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2022, [1/6] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/6 2022 - 266 - Bu keltirilgan nazariy xulosa va fikrlarning amaldagi, real faktlardagi ko‗rinishini, isbotini haqiqiy xalq san‘atkori bo‗lgan Abdulla Qahhor hikoyalari misolida tadqiq qilamiz. Buyuk so‗z ustasi, xalq tilining bilimdoni Abdulla Qahhor xalq tilining o‗zida bo‗lmagan har qanday vositadan, u badiiy tilga qanchalik jilo berishidan qat‘iy nazar voz kecha olgan. Ayni paytda shuni aytish lozimki, bu hol yozuvchining o‗ziga xos hikoya uslubiga ham bog‗liq. Abdulla Qahhor so‗zni shunday qo‗llaydiki, bunda so‗zning asosiy ma‘nosidan tashqari uning barcha ma‘no qirralari, nozikliklari tiniq ko‗rinib turadi. So‗zning ma‘no qirralari umumiy voqea, holat, yozuvchi pozitsiyasi, hikoyalarning yaxlit intonatsiyasiga to‗lig‗incha yopishib ketgan. Tadqiqot metodologiyasi. Ma‘lumki, sinonimlar ijodkorga nutqning serjiloligini, ta‘sirchanligini, ifodaliligini, ayni paytda mayin va shiddatliligini ta‘minlash uchun tanlash imkoniyatini beradi. Yozuvchi shu imkoniyatlardan qay darajada foydalanganligini hikoyalari misolida ko‗rib chiqaylik. Bu o‗rinda sinonimiya qatoridagi asosiy tushun- chani tashuvchi so‗z(dominanta)ning shaxsni, narsa-buyum- larni, tabiat hodisalarini anglatishi hamda nisbiy so‗zlarning qo‗llanishi nuqtai nazaridan tartib berilib izohlanadi. Abdulla Qahhor hikoyalarida shaxsga taalluqli sinonimlar salmoqli o‗rin egallaydi. Yuqorida ta‘kidlangani- dek, Abdulla Qahhor hikoyalarida so‗zni shunday qo‗llaydiki, so‗zning asosiy ma‘nosidan tashqari uning barcha ma‘no qirralari, nozikliklari ko‗rinib turadi. Yozuvchi pozitsiyasi, hikoya intonatsiyasiga yopishib, kirishib ketgan. Masalan: ―Anor‖ hikoyasida: Er-xotin tek qolishdi. Xotin... to‗ng‗illadi: –Havasga anor yeydi deysiz shekilli... –Bilaman... Axir, nima qilay? Xo‗jayinimni o‗ldirib pulini olaymi, o‗zimni hindiga garov qo‗yaymi? G‗alatimisan o‗zing? Shu o‗rinda g‗alatimisan so‗zi o‗rnida qiziqmisan, es- hushing joyidami? So‗zlarini qo‗llash mumkin edi. Qiziq, alomat, antiqa, g‗alati, allambalo kabi sinonimiya qatorida qiziq so‗zi stilistik jihatdan neytral, bo‗lsa g‗alati so‗zi esa neytral emas, ya‘ni unda achinish, ayash, ilojsizlik kabi ma‘no qirralari ikkinchi shaxsga qaratilganligi bilan ekspressivlikni yanada oshirgan. Yozuvchining mahorati shundaki, o‗ta asabiylashgan Turobjonni oila muqaddasligini saqlash, uning darz ketishiga yo‗l qo‗ymaslik nuqtai nazaridan juda sipolik, bosiqlik, mulohazakorlik bilan gapirtiradi. ―Adabiyot muallimi‖ hikoyasida shunday gapni o‗qiy- miz: Hamida o‗n olti yoshlardagi tirik, quvnoq qiz, pochchasini ko‗rib sevinib ketdi. (―Adabiyot muallimi‖, 1- tom, 103-bet). Ayni o‗rinda sho‗x so‗zi emas, balki tirik so‗zi atayin qo‗llangan. Bu so‗z ―qiz‖ning sifatlovchisi sifatida quvnoq so‗zi bilan birgalikda uyushib kelmoqda. Aslida quvnoq so‗zi o‗zining sinonimi bo‗lgan sho‗x so‗zi bilan uyushib kelishi kerak edi, ammo ―tirik‖ni uyushiq bo‗lak sifatida semantik- stilistik maqsadda qatnashtirgan. Bu adabiyot–―nafis adabiyot‖ muallimining ruhiy holati, dunyoqarashi, kasbni egallaganlik darajasiga juda mos tushgan. Agarda tirik so‗zi o‗rniga sho‗x leksemasi qo‗llanganda xushchaqchaq, o‗ynoqi qiz sifatlanar edi. Lekin yuqorida tavsiflangan adabiyot muallimiga tirik – serg‗ayrat, harakatchan, tiyrak sifatlariga ega bo‗lgan shaxs – qiz qarshi qo‗yilmoqda. Bu bilan ―ikki olam‖ – o‗zini ―bilimdon‖, ―yetuk‖ sanaydigan domla bilan bilimga chanqoq, harakatchan qiz to‗qnashmoqda. Ana shular- ning hammasi o‗quvchini o‗ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritishga majbur qiladigan tirik leksemasi vositasida anglashilmoqda, tafakkur tarzi yoritilmoqda. Bu o‗rinda tirik, serg‗ayrat, harakatchan, tiyrak sinonimiya qatoridagi tirik leksemasi adabiy-badiiy nutqning emotsional-ekspressivligini shakllantirishga xizmat qilmoqda. ―Ming bir jon‖ hikoyasida: Mirrahimov (jikkakkina kishi) birdaniga uchta dardning nomini aytdi. -Voy sho‗rim!.. – dedi Mastura, - jindakkina joningiz- ga-ya! Shu jussangizga uchta dard sig‗adimi? (―Ming bir jon‖, 1- tom, 302-bet). Ajoyib san‘atkor, metindek iroda sohibi Abdulla Qahhor qahramonlar psixologiyasini yaratar ekan hayot uchun kurash, yashash uchun kurash nima ekanligini kichik-kichik detallarda beradi. Misolda berilgan jussa leksemasi o‗zining sinonimi bo‗lgan gavdaga nisbatan ekspressivligi bilan ajralib turadi. Gavda so‗zi neytral. Unda umumiy ma‘no –tashqi qiyofasiga ko‗ra turli xil bo‗lishi mumkin, aniqrog‗i kichiklik, bejirimlik ottenkasi sezilmaydi. Jussa so‗zi esa, albatta, kichiklik, noziklik kabi bo‗yog‗i bilan ajralib turadi. Hikoya bosh qahramoni Masturaning hayotga, yashashga chanqoqligi, har qanday sharoitda ham o‗zini dadil tutishga harakat qilishi uning hazil-askiyasidan ham bilinib turibdi. O‗zi bir holda-yu, o‗z oyog‗i bilan yurgan Mirrahimovning ustidan kulib ―shu jussangizga uchta dard sig‗adimi?‖ deyishi hammani ijobiy ma‘noda lol qoldiradi. Bu ruhiy jarayon, faqat, jussa so‗zi bilangina ifodalanadi. O‗zbek tilining hassos bilimdoni Abdulla Qahhor asar qahramonlari holatini tasvirlashda tilimizning chuqur ummon- laridan nozik, nafis tushunchalarni anglatuvchi so‗zlarni teradi. Bu so‗zlar asar qahramonlarini shu qadar ayashga xizmat qiladiki, boshqacha aytsa go‗yo asar qahramoni xafa bo‗ladiganday, eziladiganday tuyulaveradi. ―Ming bir jon‖ hikoyasida o‗qiymiz: Palataga kirdik. Shu payt oftob yana bulut orasiga kirdi-yu, palatani shom qorong‗iligi bosdi. Kattakon derazaning chap tomonidagi karavotdan zaif, yo‗q, zaif emas, mayin tovush eshitildi: –Kelinglar… Rahmat! Odamga odam quvvat bo‗ladi, ming rahmat! Akromjon, kursi qo‗yib bering… (―Ming bir jon‖, 1- tom, 300-bet). Asar qahramonining tovushini sifatlash uchun zaif, mayin so‗zlarini sinonimik qo‗llaydi. Zaif so‗zi kuch-quvvatga nisbatan qo‗llanib juda ham kuchsiz ma‘nosini anglatadi. Lekin Abdulla Qahhor o‗ta nimjon, ―xasta emas‖, ―o‗lik‖, ―teri-yu suyakdan iborat bo‗lgan murda ichiga botib ketgan ko‗zlar‖ni zaif tovushli degisi kelmaydi, mayin tovush deydi. Bu o‗rinda kuchsiz so‗zining ma‘no qirralaridan biri bo‗lgan zaif leksemasini qo‗llash bilan o‗zining bundan noroziligini bildirib, go‗yo xato qilganday zaif emas, mayin deydi. Shundan so‗ng mayin so‗zi har qanday holatda ham optimist bo‗lishga chorlovchi chaqiriq bo‗lib xizmat qiladi. Abdulla Qahhor hikoyalarida shaxsni, uning xarakteri bilan bog‗liq voqea hodisalarni anglatuvchi sinonimlar bilan bir qatorda narsa-buyum, harakat bilan bog‗liq bo‗lgan sinonim so‗zlarni ham o‗ta chiroyli qo‗llagan. ―Anor‖ hikoyasida shunday epizod mavjud: - Yo, qudratindan, ishonmaydi-ya! - dedi Turobjon keltirgan matoini titkilab, - mana chaynab ko‗r! Ko‗rgin, bo‗lmasa, innaykeyin degin… (―Anor‖, 1-tom, 50-bet). Bu o‗rinda atayin narsa so‗zining sinonimi bo‗lgan mato so‗zini ishlatgan. Narsa so‗zi stilistik qo‗llanish jihatdan neytral, mato so‗zida shu ma‘noda ekspressiya kuchli, ya‘ni unda kamsitish bilan bog‗liq ma‘no qirrasi mavjud. Bu ma‘no qirrasi titkilab ravishdosh shakli bilan yanada kuchaytirilgan. Anorga boshqorong‗i bo‗lgan va erining anor olib kelishini ko‗zi to‗rt bo‗lib kutib o‗tirgan ayol nazarida, bu-ku arining uyasi mumli asal ekan, toza asalning o‗zi bo‗lganda ham narsa emas, faqat mato bo‗lar edi. Hikoya syujetining umumiy yo‗nalishi, voqealar rivoji ayni shu o‗rinda mato so‗zini boshqa sinonim so‗z bilan almashtirishga yo‗l qo‗ymaydi. Buyum, narsa, mol, mato(h) sinonimiya qatoridagi salbiy bo‗yoqqa ega bo‗lgan mato so‗zi ushbu o‗rinda yozuvchining maqsadini ro‗yobga chiqarish uchun xizmat qilgan va u orqali muallif mahorati namoyon bo‗lgan. Abdulla Qahhor asarlarida semantik sinonimlarni[6] o‗rinli qo‗llagan. ―Oltin yulduz‖ hikoyasida o‗qiymiz: Qish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling