O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/101
Sana24.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1116960
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Bog'liq
Uzmu-16-2022(3-bolim)

O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/6 2022 
- 267 - 
o‗tdi. Zo‗r tashvishlar, umidlar ko‗klami keldi. (―Oltin 
yulduz‖, 1-tom, 180-bet). 
Matnda tashvishlar, umidlar leksemalari o‗zaro 
sinonimik qo‗llangan. Bu so‗zlarining ma‘nolarida nozik 
semantik qirralari ularni sinonimik holda qo‗llab, uyushiq 
bo‗laklar hosil qilish imkoniyatini bergan. Bir qarashda bu 
so‗zlarning sinonimiya qatori tashkil qilishi sezilmaydi. Ular 
anglatgan ma‘no nozikliklariga e‘tibor berilsa, umumlash-
tiruvchi tushuncha namoyon bo‗ladi. Tashvish so‗zi aksariyat 
hollarda salbiy bo‗yoqda qo‗llansa-da, uning tinchini buzmoq 
(ijobiy ma‘noda), urinmoq (foydali ishga) ma‘no qirralari ham 
mavjud. Umid so‗zining biror narsaga erishish uchun intilishi, 
istak, orzu, niyat kabi semantik komponentlari mavjud. Bu 
ma‘no nozikliklariga e‘tibor bersak, bir umumiy tushuncha 
harakat qilmoq sememasi atrofida birlashganini ko‗ramiz. 
Ayni shu o‗rindagi sinonimlarning qator, uyushib 
kelishida ramziy ma‘no ifodalangan. Qishning o‗tishi, albatta, 
tabiiy qiyinchilik (havoning sovuqligi, qishdagi turli-tuman 
tashvishlar)ning bartaraf bo‗lishini anglatmoqda. Bahor 
tashvishlari haqiqiy ma‘nodagi zo‗r tashvishlar: hamma 
tomonda–tabiatda, insoniyatda, hayvonotda bo‗ladigan ijobiy 
ma‘nodagi o‗zgarishlardir. Ikkinchi tomondan, mavzu Ulug‗ 
Vatan urushi bo‗lganligi, asosiy e‘tibor urushning taqdiriga 
bog‗liqligidir, ya‘ni urushning qishi o‗tdi, g‗alaba onlari 
tobora yaqinlashayotgan, bizning urushda yutganimiz simvo-
lini anglatmoqda. Endigi tashvish va umidlar, faqatgina, 
bahorday yoqimli, umidli, uyg‗onuvchan harakatdan iborat-
ligidir. Bunday semantik sinonimlarni o‗rinli, mavridli 
qo‗llash yozuvchi mahoratining namunalaridan biridir. 
Hikoyalarda qo‗llangan lug‗aviy sinonimlardan yana 
biri –olov leksemasi. ―Xotinlar‖ hikoyasida o‗qiymiz: Risolat 
olovdek yonib turgan ufqqa qarab: - Ertaga havo ochiq 
bo‗ladi, –dedi. (―Xotinlar‖, 1- tom, 268-bet). 
Olov leksemasi o‗t, otash so‗zlari bilan bir sinonimiya 
qatorini hosil qilib, stilistik neytraldir. Bu qatorda olov so‗zi 
ham, o‗t so‗zi ham paralel qo‗llanaveradi. Deyarlik ko‗pchilik 
o‗rinlarda bir-birini almashtiradi. Ba‘zan almasha olmaydigan 
o‗rinlari ham mavjud (birinchi qavs o‗rniga o‗choqqa o‗t(olov) 
yoqdi. Urush olovini (o‗tini?)yoquvchilar): « yoki » 
Abdulla Qahhor hikoyalarining mavzusi rang-barang. 
Har bir hikoya voqea-hodisalariga mos bo‗lgan so‗z tanlash 
ne‘mati Abdulla Qahhorga berilgandek ko‗rinadi. ―Xotinlar‖ 
hikoyasida kechgan voqealar milliy qadriyatlar asosiga 
qurilgan: insonni qadrlash, uning qabrini ziyorat qilish, shu 
asosda o‗z insoniylik burchini qalban bajarish va boshqalar. 
Shu qadriyatlar sirasiga halq meterologiyasi – ertangi ob-
havoni bashorat qilish ham kiradi. Bu o‗rinda ertangi kunning 
ochiq bo‗lishi bugungi sa‘y-harakatga bog‗liq, qadriyatlarni 
mana shunday hurmatlash ertangi kunimizning ravnaqi 
hamdir, degan ramziy ma‘no ham singdirilgan. 
Shuningdek, ―Karavot‖ hikoyasida tovush leksemasi 
vositasida hosil qilingan sinonimlardan o‗rinli foydalanilgan: 
Biron kilometr yo‗l bosilgandan keyin, shu yaqin oradan 
miltiq tovushi chiqdi. (―Karavot‖, 1 tom, 281-bet). 
Keltirilgan parchadagi tovush leksemasi ovoz, tovush, 
un, sado, sas, nido, sazo so‗zlari bilan birgalikda sinonimik 
qatorni tashkil qiladi. Bular orasida ovoz so‗zi odam va jonli 
narsalar tovushini ifodalash uchun qo‗llanilsa, tovush kalimasi 
odam, jonli narsalar hamda jonsiz predmetlarning urilishi 
natijasida, ishqalanishi natijasida paydo bo‗lgan ovozlarni 
ifodalash uchun qo‗llanadi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling