O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/101
Sana24.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1116960
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
Bog'liq
Uzmu-16-2022(3-bolim)

 
Kirish. Tilshunoslikda sinonimlarning bir-birini inkor 
qilmaydigan bir necha xil ta‘rifi berilgan. Sinonimlar til 
leksikasining tarkibiy qismidir. Ayni paytda, o‗z ma‘nolari 
funksional qo‗llanishi jihatdan til stilistikasi, shuningdek nutq 
madaniyati bilan ham uzviy bog‗langan bo‗lib, bu sohada ham 
muhim ahamiyatga egadir. Bular oqibatda mazkur til 
hodisasining nazariy va amaliy ahamiyati qanchalik muhim 
ekanligini ko‗rsatadi.Sinonimlar – leksik ma‘nosi to‗liq yoki 
qisman mos keladigan, bir so‗z turkumiga oid fonetik jihatdan 
turli so‗zlardir.
O‗zbek 
tilshunosligida 
sinonimiya 
hodisasiga 
semasiologiya nuqtai nazaridan yondoshilmoqda. Shu nuqtai 
nazardan 
sinonimlar 
mazmun 
tomonidan 
muayyan 
gruppalarga, qatorlarga birlashadigan so‗zlarning bir 
ko‗rinishi sifatida tavsiflanadi. Sinonimlarni bir gruppaga 
birlashtiradigan semantik asos, semantik kriteriy o‗zbek tili 
sinonimik boyligini o‗rganishda bu nuqtai nazar katta rol 
o‗ynaydi. Bu prinsip asosida o‗zbek tili sinonimlari bo‗yicha 
qator tadqiqotlar amalga oshirildi, o‗zbek tilining lug‗aviy 
sinonimlari lug‗ati yaratildi [1]. 
Semantik aspekt sinonimiya nazariyasi uchun juda 
katta ahamiyatga ega bo‗lsa ham, lekin sinonimiya 
hodisasining tub mohiyatini ochishda, uning barcha tur va 
ko‗rinishlarini izohlashda bu prinsip kamlik qiladi.Sinonimiya 
bilan maxsus shug‗ullanuvchi tilshunoslarning fikricha, 
sinonimiya problemasini to‗g‗ri hal qilish uchun uning 
semantik aspekti bilan bir qatorda funksional aspekti ham 
hisobga olinishi lozim. Sinonimiya problemasining bu aspekti 
bo‗yicha o‗zbek tilshunosligida bir qator ishlar qilingan [2]. 
Sinonimiya problemasining semantik aspekti nazariya va 
amaliyot uchun qanchalik muhim bo‗lsa, uning funksional 
aspekti ham bu soha uchun shunchalik zarur. 
Funksional nuqtai nazardan sinonim so‗zlar nutqda 
biri o‗rnida boshqasi qo‗llana oladigan so‗zlar gruppasi 
sifatida talqin qilinadi [3]. Funksional tomondan sinonim 
so‗zlar nutqda birining o‗rnida boshqasi qo‗llana oladigan 
so‗zlardir. Lekin o‗zaro o‗rin almashish prinsipini sinonimlik-
ning beistisno shartiga aylantirmaslik kerak. Ma‘nolari 
absolyut teng keladigan ikki va undan ortiq so‗zni topish qiyin 
bo‗lgani singari, har qanday sharoitda o‗zaro o‗rin almasha-
digan ikki va undan ortiq so‗zni ham topish oson emas.
Bu haqda ko‗p va mo‗l so‗zlari misolida ko‗rib 
o‗tamiz: ko‗p va mo‗l so‗zlari bir qarashda har qanday 
konstruksiyada, kontekstda o‗rin almashadigan – sinonimlarga 
o‗xshaydi. Ammo ularning nutqda qo‗llanishiga nazar tash-
lasak, ularning o‗rin almashish – funksional qo‗llanish 
imkoniyatlari juda cheklanganligining guvohi bo‗lamiz. 
Masalan: G‗alladan ko‗p hosil oldik-g‗alladan mo‗l hosil 
oldik, ammo mehmonga ko‗p odam keldi–mehmonga mo‗l (?) 
odam keldi; notiq ko‗p gapirdi–notiq mo‗l(?) gapirdi va 
hokazo. 
Og‗zaki va yozma nutqni, badiiy matnni o‗rganish 
shundan dalolat beradiki, ma‘lum matnda funksionallik faqat 
lug‗aviy sinonimlarga xos xususiyat emas. Sinonimiya masa-
lalari bilan maxsus shug‗ullangan olimlar nutqda funksional 
qo‗llanadigan vositalar doirasi lug‗aviy sinonimlar doirasiga 
nisbatan beqiyos keng ekanligini alohida ta‘kidlab ko‗rsatisha-
di. O‗zaro sinonimik aloqasi juda zaif bo‗lgan so‗zlar ham 
nutqda ba‘zan biri o‗rnida boshqasi qo‗llana olishini 
ko‗rsatadigan faktlar mavjud[4]. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Bu mulohazalar 
S.O.Karsevskiyning har qanday lingvistik ramz(so‗z, leksik 
birikma, frazeologik ibora va shu kabilar) potensial sinonim 
hisoblanadi, degan fikri haqiqatdan uncha uzoq emasligini 
ko‗rsatadi[5].

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling