O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/101
Sana24.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1116960
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
Bog'liq
Uzmu-16-2022(3-bolim)

O„ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2022, [1/6]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O„zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/6 2022 
- 266 - 
Bu keltirilgan nazariy xulosa va fikrlarning amaldagi, 
real faktlardagi ko‗rinishini, isbotini haqiqiy xalq san‘atkori 
bo‗lgan Abdulla Qahhor hikoyalari misolida tadqiq qilamiz. 
Buyuk so‗z ustasi, xalq tilining bilimdoni Abdulla 
Qahhor xalq tilining o‗zida bo‗lmagan har qanday vositadan, u 
badiiy tilga qanchalik jilo berishidan qat‘iy nazar voz kecha 
olgan. Ayni paytda shuni aytish lozimki, bu hol yozuvchining 
o‗ziga xos hikoya uslubiga ham bog‗liq. Abdulla Qahhor 
so‗zni shunday qo‗llaydiki, bunda so‗zning asosiy ma‘nosidan 
tashqari uning barcha ma‘no qirralari, nozikliklari tiniq 
ko‗rinib turadi. So‗zning ma‘no qirralari umumiy voqea, holat, 
yozuvchi pozitsiyasi, hikoyalarning yaxlit intonatsiyasiga 
to‗lig‗incha yopishib ketgan. 
Tadqiqot metodologiyasi. Ma‘lumki, sinonimlar 
ijodkorga nutqning serjiloligini, ta‘sirchanligini, ifodaliligini, 
ayni paytda mayin va shiddatliligini ta‘minlash uchun tanlash 
imkoniyatini beradi. Yozuvchi shu imkoniyatlardan qay 
darajada foydalanganligini hikoyalari misolida ko‗rib 
chiqaylik. Bu o‗rinda sinonimiya qatoridagi asosiy tushun-
chani tashuvchi so‗z(dominanta)ning shaxsni, narsa-buyum-
larni, tabiat hodisalarini anglatishi hamda nisbiy so‗zlarning 
qo‗llanishi nuqtai nazaridan tartib berilib izohlanadi. 
Abdulla Qahhor hikoyalarida shaxsga taalluqli 
sinonimlar salmoqli o‗rin egallaydi. Yuqorida ta‘kidlangani-
dek, Abdulla Qahhor hikoyalarida so‗zni shunday qo‗llaydiki, 
so‗zning asosiy ma‘nosidan tashqari uning barcha ma‘no 
qirralari, nozikliklari ko‗rinib turadi. Yozuvchi pozitsiyasi, 
hikoya intonatsiyasiga yopishib, kirishib ketgan. Masalan: 
―Anor‖ hikoyasida:
Er-xotin tek qolishdi. Xotin... to‗ng‗illadi: 
–Havasga anor yeydi deysiz shekilli... 
–Bilaman... Axir, nima qilay? Xo‗jayinimni o‗ldirib 
pulini olaymi, o‗zimni hindiga garov qo‗yaymi? G‗alatimisan 
o‗zing? 
Shu o‗rinda g‗alatimisan so‗zi o‗rnida qiziqmisan, es-
hushing joyidami? So‗zlarini qo‗llash mumkin edi. Qiziq, 
alomat, antiqa, g‗alati, allambalo kabi sinonimiya qatorida 
qiziq so‗zi stilistik jihatdan neytral, bo‗lsa g‗alati so‗zi esa 
neytral emas, ya‘ni unda achinish, ayash, ilojsizlik kabi ma‘no 
qirralari ikkinchi shaxsga qaratilganligi bilan ekspressivlikni 
yanada oshirgan. Yozuvchining mahorati shundaki, o‗ta 
asabiylashgan Turobjonni oila muqaddasligini saqlash, uning 
darz ketishiga yo‗l qo‗ymaslik nuqtai nazaridan juda sipolik, 
bosiqlik, mulohazakorlik bilan gapirtiradi.
―Adabiyot muallimi‖ hikoyasida shunday gapni o‗qiy-
miz: 
Hamida o‗n olti yoshlardagi tirik, quvnoq qiz, 
pochchasini ko‗rib sevinib ketdi. (―Adabiyot muallimi‖, 1- 
tom, 103-bet). 
Ayni o‗rinda sho‗x so‗zi emas, balki tirik so‗zi atayin 
qo‗llangan. Bu so‗z ―qiz‖ning sifatlovchisi sifatida quvnoq 
so‗zi bilan birgalikda uyushib kelmoqda. Aslida quvnoq so‗zi 
o‗zining sinonimi bo‗lgan sho‗x so‗zi bilan uyushib kelishi 
kerak edi, ammo ―tirik‖ni uyushiq bo‗lak sifatida semantik-
stilistik 
maqsadda 
qatnashtirgan. 
Bu 
adabiyot–―nafis 
adabiyot‖ muallimining ruhiy holati, dunyoqarashi, kasbni 
egallaganlik darajasiga juda mos tushgan. Agarda tirik so‗zi 
o‗rniga sho‗x leksemasi qo‗llanganda xushchaqchaq, o‗ynoqi 
qiz sifatlanar edi. Lekin yuqorida tavsiflangan adabiyot 
muallimiga tirik – serg‗ayrat, harakatchan, tiyrak sifatlariga 
ega bo‗lgan shaxs – qiz qarshi qo‗yilmoqda. Bu bilan ―ikki 
olam‖ – o‗zini ―bilimdon‖, ―yetuk‖ sanaydigan domla bilan 
bilimga chanqoq, harakatchan qiz to‗qnashmoqda. Ana shular-
ning hammasi o‗quvchini o‗ylashga, fikrlashga, mulohaza 
yuritishga majbur qiladigan tirik leksemasi vositasida 
anglashilmoqda, tafakkur tarzi yoritilmoqda. Bu o‗rinda tirik, 
serg‗ayrat, harakatchan, tiyrak sinonimiya qatoridagi tirik 
leksemasi adabiy-badiiy nutqning emotsional-ekspressivligini 
shakllantirishga xizmat qilmoqda. 
―Ming bir jon‖ hikoyasida: Mirrahimov (jikkakkina 
kishi) birdaniga uchta dardning nomini aytdi. 
-Voy sho‗rim!.. – dedi Mastura, - jindakkina joningiz-
ga-ya! Shu jussangizga uchta dard sig‗adimi? (―Ming bir jon‖, 
1- tom, 302-bet). 
Ajoyib san‘atkor, metindek iroda sohibi Abdulla 
Qahhor qahramonlar psixologiyasini yaratar ekan hayot uchun 
kurash, yashash uchun kurash nima ekanligini kichik-kichik 
detallarda beradi. Misolda berilgan jussa leksemasi o‗zining 
sinonimi bo‗lgan gavdaga nisbatan ekspressivligi bilan ajralib 
turadi. Gavda so‗zi neytral. Unda umumiy ma‘no –tashqi 
qiyofasiga ko‗ra turli xil bo‗lishi mumkin, aniqrog‗i kichiklik, 
bejirimlik ottenkasi sezilmaydi. Jussa so‗zi esa, albatta, 
kichiklik, noziklik kabi bo‗yog‗i bilan ajralib turadi. Hikoya 
bosh qahramoni Masturaning hayotga, yashashga chanqoqligi, 
har qanday sharoitda ham o‗zini dadil tutishga harakat qilishi 
uning hazil-askiyasidan ham bilinib turibdi. O‗zi bir holda-yu, 
o‗z oyog‗i bilan yurgan Mirrahimovning ustidan kulib ―shu 
jussangizga uchta dard sig‗adimi?‖ deyishi hammani ijobiy 
ma‘noda lol qoldiradi. Bu ruhiy jarayon, faqat, jussa so‗zi 
bilangina ifodalanadi. 
O‗zbek tilining hassos bilimdoni Abdulla Qahhor asar 
qahramonlari holatini tasvirlashda tilimizning chuqur ummon-
laridan nozik, nafis tushunchalarni anglatuvchi so‗zlarni 
teradi. Bu so‗zlar asar qahramonlarini shu qadar ayashga 
xizmat qiladiki, boshqacha aytsa go‗yo asar qahramoni xafa 
bo‗ladiganday, eziladiganday tuyulaveradi. ―Ming bir jon‖ 
hikoyasida o‗qiymiz: Palataga kirdik. Shu payt oftob yana 
bulut orasiga kirdi-yu, palatani shom qorong‗iligi bosdi. 
Kattakon derazaning chap tomonidagi karavotdan zaif, yo‗q, 
zaif emas, mayin tovush eshitildi:
–Kelinglar… Rahmat! Odamga odam quvvat bo‗ladi, 
ming rahmat! Akromjon, kursi qo‗yib bering… (―Ming bir 
jon‖, 1- tom, 300-bet). 
Asar qahramonining tovushini sifatlash uchun zaif, 
mayin so‗zlarini sinonimik qo‗llaydi. Zaif so‗zi kuch-quvvatga 
nisbatan qo‗llanib juda ham kuchsiz ma‘nosini anglatadi. 
Lekin Abdulla Qahhor o‗ta nimjon, ―xasta emas‖, ―o‗lik‖, 
―teri-yu suyakdan iborat bo‗lgan murda ichiga botib ketgan 
ko‗zlar‖ni zaif tovushli degisi kelmaydi, mayin tovush deydi. 
Bu o‗rinda kuchsiz so‗zining ma‘no qirralaridan biri bo‗lgan 
zaif leksemasini qo‗llash bilan o‗zining bundan noroziligini 
bildirib, go‗yo xato qilganday zaif emas, mayin deydi. 
Shundan so‗ng mayin so‗zi har qanday holatda ham optimist 
bo‗lishga chorlovchi chaqiriq bo‗lib xizmat qiladi. Abdulla 
Qahhor hikoyalarida shaxsni, uning xarakteri bilan bog‗liq 
voqea hodisalarni anglatuvchi sinonimlar bilan bir qatorda 
narsa-buyum, harakat bilan bog‗liq bo‗lgan sinonim so‗zlarni 
ham o‗ta chiroyli qo‗llagan. 
―Anor‖ hikoyasida shunday epizod mavjud: - Yo, 
qudratindan, ishonmaydi-ya! - dedi Turobjon keltirgan matoini 
titkilab, - mana chaynab ko‗r! Ko‗rgin, bo‗lmasa, innaykeyin 
degin… (―Anor‖, 1-tom, 50-bet). 
Bu o‗rinda atayin narsa so‗zining sinonimi bo‗lgan 
mato so‗zini ishlatgan. Narsa so‗zi stilistik qo‗llanish jihatdan 
neytral, mato so‗zida shu ma‘noda ekspressiya kuchli, ya‘ni 
unda kamsitish bilan bog‗liq ma‘no qirrasi mavjud. Bu ma‘no 
qirrasi titkilab ravishdosh shakli bilan yanada kuchaytirilgan. 
Anorga boshqorong‗i bo‗lgan va erining anor olib kelishini 
ko‗zi to‗rt bo‗lib kutib o‗tirgan ayol nazarida, bu-ku arining 
uyasi mumli asal ekan, toza asalning o‗zi bo‗lganda ham narsa 
emas, faqat mato bo‗lar edi. Hikoya syujetining umumiy 
yo‗nalishi, voqealar rivoji ayni shu o‗rinda mato so‗zini 
boshqa sinonim so‗z bilan almashtirishga yo‗l qo‗ymaydi. 
Buyum, narsa, mol, mato(h) sinonimiya qatoridagi salbiy 
bo‗yoqqa ega bo‗lgan mato so‗zi ushbu o‗rinda yozuvchining 
maqsadini ro‗yobga chiqarish uchun xizmat qilgan va u orqali 
muallif mahorati namoyon bo‗lgan. 
Abdulla Qahhor asarlarida semantik sinonimlarni[6] 
o‗rinli qo‗llagan. ―Oltin yulduz‖ hikoyasida o‗qiymiz: Qish 



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling