O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/101
Sana24.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1116960
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
Uzmu-16-2022(3-bolim)

Tahlil va natijalar. Yuqorida ta‘kidlanganidek, 
Abdulla Qahhor hikoyalaridagi voqealar tasviri, syujet chizig‗i 
uning sarlavhasidan anglashilib turadi: kelajakka ishonch, 
kunning dolzarb muammolari, ijtimoiy hayotdagi keskin 
o‗zgarishlar kabi. Xuddi shuningdek, ―Yillar‖ hikoyasining 
sarlavhasidan ham ko‗rinib turibdiki, vaqt, zamon, davr 
o‗tishi, aksariyat holatlarda, dard, alam, achinish, afsuslanish 
bilan yakunlangan voqealardir. Bu hikoyada ham o‗tmish 
bilan hozir(hikoya voqealari kechgan vaqt–izoh bizniki) 
taqqoslanib, afsus-nadomatlarning kech bo‗lganligi tilimizning 
boy imkoniyatlarini mohirlik bilan qo‗llash orqali tavsiflanadi: 
Hoji (Hojimirsiroj–izoh bizniki) ko‗chaning u yuziga o‗tib, 
bitta-bitta qadam tashlab borar ekan, o‗ylar edi: ―Mashina 
ham, bu mashinalar bilan qilinadigan ish ham o‗zingniki 
...tankist...tank ham o‗zingniki! Yillar, yillar o‗tdi! O‗tgan bu 
yillar dunyoni ostin-ustin qildi!..‖ (―Yillar‖, 1-tom, 133-bet). 
―Yillar‖ leksemasini reduplikativ qo‗llash orqali vaqt 
deb ataluvchi o‗lchov mezonining mahv qiluvchi lahzalarini 
eslatadi. Darhaqiqat, vaqt tushunchasi o‗ta mavhum va o‗ta 
aniq o‗lchovdir. Vaqt falsafasi dam, on, lahzadan tortib aql 
bovar qilmaydigan uzoq muhlatga sayohatdir, ya‘ni yuz 
beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, oylar, 
soatlar, minutlar va hokazolar bilan o‗lchanadigan 
davomiyligidir. Yillar leksemasini takror qo‗llash orqali asar 
qahramonini ―kim edim-u kim bo‗ldim‖, deb afsuslantiradi. 
Bu sinonimik qo‗llash vaqtning kimlarning zarariga-yu, 
kimlarning foydasiga ishlashi, asosiysi, mehnat qilganning 
rohat topishi bosh falsafadir. ―Vaqt doim harakatda: u senga 
biror narsani taqdim qiladi yoki bor narsangni tortib oladi‖ 
(Vilgelm Fisher) Abdulla Qahhor personajlar nutqini 
shakllantirishda so‗zlashuv nutqiga xos, nisbiy so‗zlar 
sinonimiyasidan ham o‗ta mohirlik bilan foydalangan. 
Masalan: ―To‗yda aza‖ hikoyasida: Karim otaning bu taxmini, 
domlaning keyingi vaqtlardagi raftoriga qaraganda ehtimoldan 
uzoq bo‗lmasa ham, odamlarga qattiq malol keldi. (―To‗yda 
aza‖, 1-tom, 176-bet). 
Parchadagi qattiq so‗zi so‗zlashuv nutqiga xos bo‗lib, 
ayrim ma‘no qirralari bilan juda ravishi hamda o‗ta 
ravishdoshi bilan sinonimiya qatorini tashkil qiladi. Ayni 
o‗rinda qattiq so‗zining o‗rniga juda, o‗ta ( juda malol keldi, 
o‗ta malol keldi) so‗zlarini qo‗llash mumkin edi. Ammo bu 
so‗zlar stilistik neytral, qattiq so‗zi esa aynan shu ma‘nosi – 
kuchaytiruv ottenkasi bilan stilistik buyoqdordir, ya‘ni 
so‗zlashuv nutqiga xos bo‗lgan ma‘no qirrasi mavjud. Mahalla 
yoqimtoyi bo‗lgan domladagi qusurlar, ularni befarq 
qoldirmaydi. Bundan ranjigan mahalla ahlining ruhiy holati 
qattiq so‗zi orqali kuchaytirib berilmoqda.
Abdulla Qahhor hikoyalarida qo‗shma so‗zlar sinoni-
miyasidan ham mohirlik bilan foydalangan. ―Ayb kimda‖ 
hikoyasida shunday gapni o‗qiymiz: Narigi uydan, uvadasi 
chiqib ketgan yostiqni ko‗tarib, Hamdam chiqdi. (―Ayb 
kimda‖, 1-tom, 108-bet). 
Xulosa sifatida ytish mumkinki, Abdulla Qahhor 
hikoyalarida fikrni aniq, maqsadga muvofiq tarzda ifodalash 
uchun lug‗aviy sinonimlardan o‗rinli foydalanish orqali 
tilimizning lug‗aviy sinonimlarga boyligini yana bir karra 
namoyish qilgan. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling