265
практических навыков, приобретенных в результате специальной
подготовки, опыта работы.
KETMA-KETLIK: Maxsus jihozlangan, ketma-ket joylashtirilgan
uzluksiz liniyalar tashkil qiluvchi ish o‘rinlarida bajariladigan,
ishlab
chiqarish jarayonini alohida, nisbatan qisqa operatsiyalarga bo‘lish bilan
tavsiflanadigan, ishlab chiqarishni uzluksiz (konveyer) usulda tashkil qilish
shakli.
Izoh – ketma-ketlikka bir turdagi mahsulotni
barqaror ishlab chiqarish
xos bo‘lib, ommaviy ishlab chiqarishni tashkillashtirishning asosiy shakli
hisoblanadi. Seriyali ishlab chiqarishda har xil konstruksiyalar uchun keng
qo‘llaniladigan alohida detallar va tugunlar ketma-ketligida tayyorlanadi.
Donalab ishlab chiqarishda konstruksiyasi o‘xshash
tugunlar va
birxillashtirilgan detallar ketma-ketligida ishlab chiqariladi. Ketma-ket
ishlab chiqarish mashinasozlik,
asbobsozlik, oziq-ovqat, tikuv, poyafzal
ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo‘jaligida tarqalgan. Standartlashtirish
va birxillashtirish tor ixtisosli ishlab chiqarishning
shakllanishi va
rivojlanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: