O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida


Download 292.26 Kb.
bet15/26
Sana05.01.2022
Hajmi292.26 Kb.
#223858
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
VMQ 220

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning (keyingi o‘rinlarda TQ deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, tugatish tartibi, asosiy funksiyalarini, TQ doirasida ishlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita — faoliyatning biriktirilgan sohasi bo‘yicha milliy, mintaqaviy, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha manfaatdor tomonlarning hamkorlik qilish shakli;

mas’ul kotib — TQ ishlarini yurituvchi shaxs;

manfaatdor tomon — standartlarni qabul qilish va qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan tegishli mahsulot (xizmat) turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;

standartlashtirish sohasi — standartlashtirishning o‘zaro bog‘liq obyektlari majmui;

standartlashtirish tizimi — standartlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga soluvchi tizim;

3. TQ o‘z ishida:

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga;

O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning hujjatlariga;

O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarga;

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita to‘g‘risidagi namunaviy nizomga amal qiladi.

4. TQ faoliyatiga umumiy rahbarlikni Agentlik, uning faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, axborot-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va kuzatib borish — Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshiriladi (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi).




Download 292.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling