P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 54-rasm. Buyuk Xitoy tekisligi. 55-rasm. G‘arbiy Xitoydagi cho‘l landshafti. Aholisi.
Maydoni – 9599 ming km
2 . Aholisi (2018-y.) – 1394 mln. Poytaxti – Pekin. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 119 jahon bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Xitoyda Yanszi, Xuanxe, Amur singari Yevrosiyoning eng yirik daryolari oqadi. Gidroenergetika resurslari hajmiga ko‘ra, u dunyoda birinchi o‘rinda turadi. 54-rasm. Buyuk Xitoy tekisligi. 55-rasm. G‘arbiy Xitoydagi cho‘l landshafti. Aholisi. 2018-yil holatiga ko‘ra, Xitoy aholi soni (1 mlrd. 394 mln. kishi) bo‘yicha jahondagi yetakchi davlatdir. Hozirgi vaqtda Xitoyda jahon aholisining 18 % dan ortig‘i yashamoqda. Xitoyda bir necha o‘n yillar davomida (2016-yilgacha) aholi ko‘payishini kamaytirishga qaratilgan «bir oilaga bir bola» tamoyiliga asoslangan davlat siyosati amalga oshirilgan edi. Buning ta’sirida tabiiy ko‘payish, 2018-yil- ga kelib, 0,5 % gacha tushgan, lekin shunda ham Xitoy aholisi yiliga 7–8 mln. kishiga ko‘paymoqda. Aholining etnik tarkibiga ko‘ra, Xitoy ko‘pmillatli davlat hisoblana- di. Aholisining 90% dan ko‘prog‘ini xitoyliklar – xanlar tashkil qiladi. Ammo rasmiy ma’lumotlarga binoan, mamlakatda xanlardan tashqari, 55 ta mahalliy millat va elatlar yashaydi. Bulardan eng yiriklari uyg‘urlar, mo‘g‘ullar, tibetliklar, dunganlar, manjurlar va boshqalardir (56-rasm). Xitoyliklar (xanlar) Uyg‘urlar Tibetliklar 56-rasm. Xitoy – ko‘pmillatli davlat. http://eduportal.uz http://eduportal.uz 120 Dinlardan keng tarqalgani konfutsiylikdir. Shu bilan birga, Xitoyda daosizm, buddizm, islom, xristianlik dinlariga e’tiqod qiluvchilar soni ham ancha. Musulmonlar, asosan, Shinjon-Uyg‘ur muxtor rayonida yashaydi. Mamlakat aholisi hududiy jihatdan notekis taqsimlangan. Aholining o‘rtacha zichligi har 1 km 2 maydonga 145 kishini tashkil qilgan holda, bu ko‘rsatkich Xuanxe va Yanszi daryolari oralig‘idagi tekislikda 800–1000 km 2 /kishini, Tibet tog‘ligida esa 1–2 km 2 /kishini tashkil etadi. Aholining 90 % i mamlakat hududining 1/3 qismida istiqomat qiladi. Xitoyda 2011-yilda shahar aholisining ulushi 50 % dan ortdi va hozirgi kunda urbanizatsiya darajasi 60 % atrofida bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatkich tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Mamlakatdagi eng yirik shaharlar qato- riga Shanxay, Pekin, Gonkong, Chendu, Guanchjou, Tyanszin, Uxan va boshqalar kiradi. 1. Xitoy davlat tuzumining xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Xitoyning sharqiy va g‘arbiy qismlari tabiiy sharoitidagi tafovutlarni izohlang. 3. Xitoyda aholining tabiiy ko‘payishini tartibga solish borasida qanday davlat siyosati ancha vaqt davomida olib borilgan edi? 4. Xitoy aholisining joylashuviga tabiiy sharoit qanday ta’sir ko‘rsatgan? Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling