P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Tabiiy sharoiti va resurslari


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130
Tabiiy sharoiti va resurslari. Pokistonning shimoliy va g‘arbiy qism-
lari baland tog‘lar bilan band bo‘lsa, sharqiy va janubiy hududlari esa 
tekislik relyefiga ega. Mamlakatning katta qismini qo‘shni Hindistondan 
boshlanadigan va Arabiston dengiziga quyiladigan Hind daryosining vo-
diysi egallaydi. Tekislik hududlari neft, tabiiy gaz, ko‘mir, tuz zaxiralariga 
ega, tog‘li qismi esa turli metallarning konlariga boy. Pokistonning asosiy 
hududida issiq tropik iqlim hukmronlik qiladi, shuning uchun tekislik 
qismida cho‘l va chalacho‘l landshaftlari katta maydonlarda tarqalgan.
52-rasm. 
Mozori-Sharif shahridagi 
Ko‘k masjid.
Maydoni – 803,9 ming km
2
.
Aholisi (2018-y) – 200,6 mln.
Poytaxti – Islomobod.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


117
Aholisi. Pokiston aholi soni bo‘yicha 
jahon davlatlarining birinchi o‘ntaligiga 
kiradi. Yillik hisobidagi tabiiy ko‘payish 
sur’atlari 2 % dan baland, ya’ni yiliga 
4–4,5 mln. kishiga teng. Urbanizatsiya 
darajasi 40% atrofida. Mamlakatdagi eng 
yirik shahar – Arabiston dengizi sohilida 
joylashgan Karachining aholisi 15 mln. 
kishidan ortiq (53-rasm). Boshqa yirik 
shaharlari – Laxor, Feysalabad, Raval-
pindi.
Aholining 45 % ga yaqin qismi panjobliklarga tog‘ri keladi. Aholining 
milliy tarkibida pushtunlar, sindlar, balujlarning ulushlari ham sezilarli.
Iqtisodiyoti. Pokiston iqtisodiyoti tez o‘sayotgan industrial-agrar dav-
latdir. Sanoatining yetakchi tarmog‘i – yengil sanoat. Ayniqsa to‘qimachilik 
sanoati eksportbop mahsulotni katta hajmda ishlab chiqaradi. Undan tash-
qari, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, charm sanoati ham 
rivojlanib bormoqda. 
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i dehqonchilik bo‘lib, bug‘doy, 
sholi, shakarqamish, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Mamlakat eksporti 
tarkibida gazlamalar, sholi, paxta, charm mahsulotlari, gilamlar yetakchi 
o‘rinlarga ega.
1. Eron, Afg‘oniston va Pokistonning iqtisodiy geografik o‘rinlarini taqqoslang. 
Qaysi davlatning iqtisodiy geografik o‘rni nisbatan noqulay hisoblanadi?
2. Uchta davlatning tabiiy sharoiti va resurslarida qanday o‘xshash jihatlari 
mavjud? 
3. Uchta davlat aholisining joylashuviga tabiiy sharoit qanday ta’sir ko‘rsatgan?
4. Afg‘oniston iqtisodiyotini rivojlantirishda qanday omillarga tayanishi mumkin 
va ulardan unumli foydalanilishi uchun qanday sharoitlar yaratilishi lozim?
53-rasm. 
Karachi – Pokistondagi 
eng yirik shahar.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


118

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling