Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish


PORTLATISHLARDA SEYSMIK XAVFSIZ MASOFALARNI ANIQLASH


Download 0.71 Mb.
bet18/30
Sana11.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1697786
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot

PORTLATISHLARDA SEYSMIK XAVFSIZ MASOFALARNI ANIQLASH


1. Portlatishlarda seysmik xavfsiz masofalarni aniqlash


2.1. Bino va qurilishlar uchun xavfsiz bo‘ladigan, to‘plangan PM zaryadlarini bir marta portlatishdan erning tebranishi kelib chiqadigan masofa (m) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (5)
bu erda - portlatish joyidan qo‘riqlanadigan binolar va qurilishlargacha bo‘lgan masofa, m; - qo‘riqlanadigan binolar (qurilishlar) poydevori tuprog‘ining xossalariga bog‘liq koeffitsient; - binolar (qurilishlar) turi va tuzilish tavsiflariga bog‘liq koeffitsient; - portlatish sharoitlariga bog‘liq koeffitsient; Q- zaryadning massasi, kg.
koeffitsientning qiymatlari

Zich, buzilmagan sertosh jinslar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

5

Zich, buzilmagan sertosh jinslar, asosi toshloq bo‘lgan yumshoq tuproqni sayoz qatlami

8

Kumli va soz tuproqli qatlami kamida 10 m bo‘lgan suv bosmagan er . . . . . . . . . . . . . . .

12

Tuproqli suvli er i sizot suvini sathi yuqori bo‘lgan erlar . . . . . . .

15

Suv singmaydigan er . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

20

Izoh.
Agar erni tavsifi yuqorida ko‘rsatilganga to‘liq mos kelmasa yoki taxminan ma’lum bo‘lsa, unda hisoblash uchun koeffitsientning yaqin katta qiymatini qabul qilish zarur.


koeffitsientning qiymatlari

Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi temir-beton yoki metall sinchli yakka binolar va qurilishlar. . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

1


Ko‘pi bilan ikki-uch etaj balandlikdagi g‘isht va shu kabi devorga ega yakka binolar . .

1,5

Katta bo‘lmagan turar-joy qo‘rg‘onlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

2

Izoh.
Binolar va qurilishlargacha 100 m dan kam masofada portlatilganda, uni seysmik ta’siri mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi, va shuning uchun zaryadning formula (5) yordamida aniqlangan chegaraviy ruxsat etilgan massasi pasaytirilgan bo‘ladi. Zaruriyat bo‘lganda bu massani ko‘paytirishga ruxsat etiladi.


koeffitsientning qiymatlari

Kamuflet portlatish va yumshatish uchun portlatish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

1

Otqinli portlatish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

0,8

YArim chuqurlashgan zaryadni portlatish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

0,5

Izoh. 1. Zaryadni suvga yoki suv singmaydigan er joylashtirganda koeffitsientning qiymatini 1,5-2 martaga ko‘paytirish zarur.


2. Er yuzasida tashqi zaryadlarni portlatishda seysmik ta’sir hisobga olinmaydi.
Portlatishlar paytida binolar va qurilishlarning seysmik xavfsizligi, ularning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini buzadigan (ayrim bino va qurilishlarda bo‘ladigan engil shikastlanishlarning paydo bo‘lish ehtimoli taxminan 0,1 teng) shikastlanishlarga bo‘lmasligini taqoza etadi.
2.2. Umumiy massasi Q teng N guruhi PM zaryadlarini bir vaqtda (fursatsiz) portlatganda, qo‘riqlanadigan ob’ektdan eng yaqin zaryadgacha va eng uzoqda joylashgan zaryadgacha masofalar ko‘pi bilan 20 % ga farqlansa, unda xavfsiz masofa (m)
. (6)
Masofalar orasidagi farq katta bo‘lsa qo‘riqlanadigan ob’ektlar seysmik xavfli zonadan tashqarida bo‘ladi, agar quyidagi shart bajarilsa:
, (7)
bu erda N – PM zaryadlari soni; - PMni alohida zaryadining, kg; - PMni alohida zaryadidan qo‘riqlanadigan ob’ektgacha bo‘lgan masofa, m.
2.3. Umumiy massasi Q teng N guruhi PM zaryadlarini turli vaqtda har bir zaryadni portlatish orasidagi fursat kamida 20 ms qilib portlatilganda, xavfsiz masofa (m)
. (8)
N va Q aniqlanishida portlatiladigan guruhni maksimal zaryadi massasidan 3 marta va undan ham kichikroq massali zaryadlarni hisobga olmaslik mumkin.
Agar qo‘riqlanadigan ob’ektdan chetda joylashgan massali zaryadgacha bo‘lgan masofa 20% dan ortig‘i bilan farqlansa, ob’ekt seysmik xavfli zonadan tashqarida bo‘ladi, agar quyidagi shart bajarilsa:
. (9)
N aniqlanishida zardlarni miqdori portlatiladigan guruhni maksimal zaryadi massasidan 3 marta va undan ham kichik bo‘lsa, ular hisobga olinmaydi.
Alohida guruhdagi portlatishlar orasidagi fursatlarni 20 ms dan kam qilib zaryadlar guruhlarini portlatishda har bir guruhni umumiy massali alohida zaryad deb qarash zarur. Masofa formulalar (8), (9)bo‘yicha aniqlanadi, bunda N – guruhlar soni.
2.4. Xavfsiz masofalarni aniqlashning 2.1-2.3 bandlarda keltirilgan usullari texnik holati qoniqarli bo‘lgan binolarga taalluqli.
Binolarda (devorlarida yoriqlar va shu kabi) shikastlanishlar mavjud bo‘lsa xavfsiz masofalarni formulalar (5)-(9) bo‘yicha aniqlangan qiymatlari ko‘paytirilishi kerak. Bu ko‘paytirishlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlar xulosalari bo‘yicha o‘rnatiladi. Bunday xulosalar bo‘lmaganda xavfsiz masofalar kamida 2 marta ko‘paytirilishi kerak.
Xavfsiz masofalarni aniqlashning ko‘rsatilgan usullarini noyob xususiyatdagi binolar va qurilishlar (atom elektrostansiyasi binosi, minoralar, baland binolar, ulug‘vor jamoatchilik binolari va shu kabilar) va murakkab muhandislik qurilishlar (ko‘priklar, turli vazifadagi reaktorlar, binolar va shu kabilar) uchun qo‘llash noo‘rin. Bunday ob’ektlar uchun seysmik xavfsizlik masofalari ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilish bilan echiladi.
Mazkur Yo‘riqnomani 2 – bo‘limida ko‘zda tutilmagan portlatish shartlari, va katta ko‘lamdagi zaryadlar guruhini seysmik ta’siri yo‘nalishi, takrorlanadigan portlatishlarda binolar shikastlanishlarining mavjudligi, kuchli (1000t va undan katta PM) portlatishlarning seysmik ta’siri xususiyatlarini kabi omillarni ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilgan holda aniqlash zarur.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling