Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish


Portlatishlarda zarbli havo to‘lqini (ZHT) ta’siri bo‘yicha xavfsiz masofalarni aniqlash


Download 0.71 Mb.
bet19/30
Sana11.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1697786
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot

3. Portlatishlarda zarbli havo to‘lqini (ZHT) ta’siri bo‘yicha xavfsiz masofalarni aniqlash


3.1. Binolar va qurilishlarga zarblihavo to‘lqini ta’siri bo‘yicha xavfsiz masofalarni aniqlash.
3.1.1. Er yuzasida portlatishda binolar va qurilishlar uchun zarblihavo to‘lqini ta’siri bo‘yicha xavfsiz masofalar quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
, (10)
, (11)
bu erda - xavfsiz masofa, m; Q – PM zaryadi massasi, kg; , - proporsionallik koeffitsientlari, ularning qiymatlari zaryadni massasi va joylashish sharoitlariga, shuningdek binolar va qurilishlarning ruxsat etilgan shikastlanish darajasiga (2P jadval) bog‘liq ravishda tanlanadi.
PAni yuklash, tushirish va kayta ishlash, shuningdek PA yuklangan transport vositalari turadigan joylardan,omborlarda (imoratlar, maydonchalar va shu kabilarda) PM tayyorlash, PAni saqlash joylaridan, hamda tashqi zaryadlar va otqinli zaryadlar portlatiladigan joylardan binolargacha (qurilishlargacha) bo‘lgan nisbiy xavfsiz masofalarni formulalar (10) va (11) bo‘yicha aniqlash zarur.
Massasi 10 t dan ortiq bo‘lgan ochiq (tashqi) zaryadlar uchun birinchi-uchunchi darajali shikastlanishlarga yo‘l qo‘yilganda va massasi 20 t dan ortiq bo‘lgan balandligi bo‘yicha chuqurlashtirilgan zaryadlar uchun birinchi-ikkinchi darajali shikastlanishlarga yo‘l qo‘yilganda formula (10) bo‘yicha aniqlash kerak. Formula (11) esa massasi 10 t dan kam bo‘lgan ochiq (tashqi) zaryadlar uchun birinchi-uchunchi darajali shikastlanishlarga yo‘l qo‘yilganda va massasi 20 t dan kam bo‘lgan balandligi bo‘yicha chuqurlashtirilgan zaryadlar uchun birinchi-ikkinchi darajali shikastlanishlarga yo‘l qo‘yilganda, shuningdek tegishli bo‘lgan otqinli zaryadlar uchun qo‘llanilishi kerak. Bundan tashqari to‘rtinchi-beshinchi darajali shikastlanishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lganda zaryadni massasi va joylashishidan qat’iy nazar formula (11) o‘rinli bo‘ladi.
3.1.2. Quyidagilarga amal qilgan holda 2P jadvaldan foydalanish zarur:
a) shikastlanish darajasi va koeffitsientlar qiymatlarini tanlashda mahalliy sharoitlarning hammasini e’tiborga olish lozim, bunda xavfsizlik darajasini tanlashda qiyin holat yuzaga kelsa, korxonani portlatish ishlari rahbari, qo‘riqlanayotgan ob’ektlarga egalik qiluvchi manfaatdor tashkilotlar vakillari, hamda Davkontexnazorat organi vakili ishtirok etishi zarur;
b) PA omborlari o‘rnashgan joyni tanlashda koeffitsientlarni qiymatlari va shikastlanish darajasi ombor atrofida joylashgan ob’ektlarni ahamiyatiga bog‘liq ravishda o‘rnatilishi kerak.
Umumiy hollarda PA omborlari va shu kabi ob’ektlardan aholi punktlari, avto - va temir yo‘l magistrallari, yirik suv yo‘llari, zavodlar, portlovchi va yong‘inga xavfli materiallar omborlari, hamda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qurilishlargacha bo‘lgan xavfsiz masofalarni hisoblashda uchunchi darajali shikastlanishning qiymati qabul qilinadi.
2P jadval
Portlatishda ZHT ta’siri bo‘yicha xavfsiz masofalarni
hisoblash uchun va koeffitsientlarni qiymatlari

SHikastlanish darajasi

Mumkin bo‘lgan shikastlanish

Ochiq zaryad

Balandligi bo‘yicha chuqurlashtirilgan zaryad

n = 3

Q, t





Q, t







1

SHikastlanishlarni yo‘qligi

<10

50-150

-

<20

20-50

-

3-10

>10

-

400

>20

-

200

-

2

Oynalarni tasodifiy shikastlanishi

<10

10-30

-

<20

5-12

-

-

>10

-

60-100

>20

-

50

1-2

3

Oynalarnito‘liq parchalanishi.Ram, eshiklarni qisman shikastlanishi, suvoq va ichki engil to‘siqlar-ni buzilishi.

<10

5-8

-

-

-

-

-

>10

-

30-50

-

2-4

-

0,5-1

4

Saroy, barak va shu kabilarni ram, eshiklari va ichki to‘siqlarining buzilishi.

-

2-4

-

-

1-2

-

Portlash chuquri chegarasida buzilish

5

Kambardoshli tosh va yog‘och binolar-ningbuzilishi, temir yo‘l tarkibini ag‘darilishi

-

1,5-2

-

-

0,5-1

-

-

Izoh.
CHuqurligi zaryad balandliklarini 1,5 barobaridan kichik bo‘lgan suvda zaryadni portlatish, ochiq zaryadni portlatish deb qarash kerak.
Harakat kamroq bo‘lgan avtomobil va temir yo‘llari, alohida turgan binolar va ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa qurilishlar uchun, o‘ta mustahkam qurilishlar (po‘lat va temir-beton ko‘priklar, po‘lat va temir-beton kopyorlar, elevatorlar, ko‘mir yuvgich va shu kabilar) uchun, shuningdek PA omborlari va shunday ob’ektlar baland qirg‘oqlarda (yirik suv yo‘llarigacha bo‘lgan masofalarni hisoblaganda) to‘rtinchi darajali shikastlanish qabul qilinadi;
v) elektruzatish liniyasigacha bo‘lgan masofalarni aniqlashda jinsni portlatish bilan sochiladigan bo‘laklar uchishi radiusining qiymatlaridan kelib chiqish zarur, chunki elektruzatish liniyasi zarblihavo to‘lqini ta’siriga nisbatan chidamli konstruksiyalar toifasiga kiritilgan;
g) birinchi va ikkinchi darajali shikastlanishlarda marzalangan (atrofi do‘ng qilib aylantirilgan) imoratlarni (saqlash joylarini) tashqi zaryadlar deb qarash kerak. Zarur bo‘lsa ikkinchi darajali shikastlanishlardan kattasini hisoblashda marzalangan imoratlarni balandligi bo‘yicha chuqurlashtirilgan zaryadlarga tenglashtirib qabul qilish kerak.
d) 2P jadvalda koeffitsientlar kengroq ko‘rsatilgan. O‘sha yoki boshqa qiymatni xavfsiz masofa belgilanadigan ob’ektni holatiga bog‘liq ravishda tanlash zarur: ushbu ob’ekt qancha mustahkam bo‘lsa, hisoblashda koeffitsientni shuncha kichik qilib 2P jadvalda ko‘rsatilgan qiymatlar chegaralarida qabul qilish mumkin;
e) PMni xossalari xavfsiz masofani hisoblashda e’tiborga olinmaydi.
3.1.3. Agar himoyalanayoigan ob’ekt bevosita zarblihavo to‘lqini ta’siri tarqaladigan yo‘lda turgan to‘siqni orqasida (qalin o‘rmonning chekkasida, adir etagida) joylashgan bo‘lsa, unda keltirilgan formulalar bilan aniqlangan xavfsiz masofa ko‘pi bilan 2 marta kamaytirilishi mumkin.
3.1.4. Portlatishni tor vodiylarda (daralarda) yoki uylar orasidagi ko‘chalarda o‘tkazilganda xavfsiz masofa 2 marta ko‘paytirilishi mumkin.
3.1.5. Agar portlatish joyidan keyin 1,5 radiusda devor, marza va shu kabi mustahkam to‘siqlar bo‘lsa, unda bu to‘siqlarga qarama-qarshi yo‘nalishda xavfsiz masofa: formula (10) bo‘yicha hisoblanganda 1,3 marta, a formule (11) bo‘yicha hisoblanganda 1,4 marta ko‘paytirilishi kerak. .
3.1.6. ZHT jarohatlash qobiliyatini kamatitrish uchun quyidagi usullar qo‘llanilishi mumkin:
a) tashqi zaaryadni tuproq bilan ko‘mish (tiqinlash). Tuproq qatlami zaryad asosini barcha maydoni ustidan zaryad balandligining kamida besh barobariga teng bo‘lsa, xavfsiz masofa 4 marta kamaytirilishi mumkin. Ko‘mish materiallari tarkibida og‘ir narsalar (tosh, shag‘al va shu kabilar) bo‘lmasligi kerak;
b) ramlarni tavaqalarini olib qo‘yish yoki derazalarni ochish va ularni ochiq holatda mahkamlash, deraza o‘rnini mustahkam shchitlar bilan mahkamlash va shu kabilar;
v) qum bilan to‘ldirilgan xalta yoki qutilar bilan himoyalash.
3.1.7. PA omborlari joylashadigan va shunga monand PA saqlanadigan joylarni tanlashda, shuningdek PA omborlariga nisbatan boshqa ob’ektlar joylashadigan joylarni tanlashda zarblihavo to‘lqini ta’siri bo‘yicha xavfsiz masofalar 3P jadvalga muvofiq qabul qilinishi mumkin.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling