9. Karerdagi (kesimdagi)1 yoppa portlatishda portlatishga oid loyihaga odamlarni turishi xavfli bo‘lgan portlatish hududi va boshqa inshootlarga, ularni borish tartibini belgilaydigan bo‘lim kiritilishi zarur.
10. YOppasiga portlatishda karerga2 portlatishni zaharli mahsuloti miqdorini nazoratlovchi HKQQ postlarini qo‘yishkerak. Postlarning soni HKQQ komandiri va shaxta rahbari tomonidan aniqlanadir.
11. HKQQ postini vazifasiga quyidagilar kiradi:
pog‘onadagi havo gazlanganligini nazoratlash;
pog‘onalar holatini tekshirish.
HKQQ postilari portlatishdan kamida 15 min keyin xavfli zona chegaralariga qo‘yilishi mumkin.
12. Karerga boshqa odamlarni borishiga, faqat portlatishni havodagi zaharli mahsulotlari miqdori belgilangan me’yorgacha pasayganligi haqidagi HKQQ xabarlari olinganidan so‘ng, chang buluti tarqalgani va karerda ko‘rinish to‘liq tiklangani, ammo portlatishdan kamida 30 min keyin ruxsat etiladi.
Ochiq va erosti konchilik ishlari birgalikda bajarilgandahavo gazlanganligini nazoratlashmazkur Yo‘riqnomani I, II bo‘limlari talablarini bajargan holda, karerlarda ham, erosti inshootlarida ham HKQQ tomonidan amalga oshirilishi kerak.
PA OMBORLARI YASHINHIMOYASINI LOYIHALASH, TUZILISHI VA FOYDALANILISHI BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
1. PA omborlarini yashinhimoyasi loyihaga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.
2. YAshinhimoya joyning yashin faolligidan qat’iy nazar o‘rnatilishi zarur.
3. PA saqlanadigan doimiy va vaqtinchalik ustki, yarimchuqur va chuqurlashtirilgan (qoplaydigan qatlam qalinligi kamida 10 m bo‘lgan) omborlarni imoratlari, er yuzasida joylashgan PA tayyorlash binolari, shuningdek elektrodetonatorli shay-patronlar tayyorlanadigan punktlar uchun yashinni bevosita urishidan ham va ikkilamchi ta’siridan ham himoyalanish majburiy.
Portaltish ishlarini olib boradigan korxonalardagi PA yasash va tayyorlashni turg‘un punktlari, shunday ob’ektlarni tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq yashinhimoya bilan jihozlanishi kerak.
4. PA konteynerlar bilan saqlash uchun mo‘ljallangan maydonchalar va PAli transport vositalari turadigan punktlar faqat yashinni bevosita (to‘g‘ri) urishidan himoyalanishi kerak. Qisqa muddatli PA omborlari (suzuvchi omborlar bundan mustasno) yashinhimoya bilan jihozlanmasligi mumkin.
5. YOg‘ingarchilik paytida yashinhimoyani zaminlash qurilmasi joylashgan zonaga odamlarni kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Odim kuchlanishi xavfini kamaytirish maqsadida quduq va tarqaluvchi nurlar ko‘rinishidagi chuqurlashtirilgan va yoyilgan zaminlashlarni qo‘llash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |