Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish


Download 0.71 Mb.
bet28/30
Sana11.10.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1697786
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot

YAshinhimoyani tuzilishi


6. Mazkur Yo‘riqnomani 3-bandida ko‘rsatilgan binolar va qurilishlarni yashinni bevosita urishidan himoyalash, tarkibida yashin qabul qilgich, tokqochirgich va zaminlagich (mazkur Yo‘riqnomani 25,26, 28, 29-bandlariga qarang) bo‘lgan, alohida turuvchi sterjenli va trosli yashinhimoya (1 va 2 rasmlar) bajarilishi kerak.


7. YAshinni bevosita urishidan himoyalanadigan binolar va qurilishlarga havodan simlar o‘tkazish man etiladi.


8
. A nuqtadagi alohida turuvchi sterjenli yashinqochirgichni tokqochirgichidan himoyalanadigan qurilishgacha bo‘lgan eng kam ruxsat etilgan masofalar(1-rasm) zaminlagichni impulsli qarshiligi ga bog‘liq holda 3-rasm bo‘yicha tanlanadi.

Trosli yashinqochirgichdan himoyalanadigan qurilishgacha bo‘lgan (tegishli ravishda A va S nuqtalardagi) eng kam ruxsat etilgan i (2-rasm) masofalar4 va 5 rasm bo‘yicha aniqlanadi.








YAshinqochirgich va imoratlar orasidagi masofa transport vositalari erkin o‘tishini ta’minlashi kerak.


9. Himoyalanadigan qurilishga yuqori potensiallar kirishining oldini olish uchun, metall kommunikatsiyalari bo‘ylab erosti yashinni bevosita urishidan himoyalaydigan zaminlagichlarni, hamda bino yoki qurilishdan chiqqan kommunikatsiyalardan, shuningdek ixtiyoriy vazifadagi kabellardan masofaga chiqarilgan ularga ulanadigan metall simlarni joylashtirish zarur. Bu masofa quyidagi bog‘lanishlar bilan aniqlanadi:
- sterjenli yashinketgazgichlar uchun masofa, m; - trosli yashinqochirgichlar uchun masofa, m; bu erda - yashinni bevosita urishidan himoyalaydigan har bir zaminlagichni impulsli qarshiligi, Om.
Masofa kamida 3 m teng qilib qabul qilinishi kerak. Agar metall ersoti quvuro‘tkazgichlar va kabellar himoyalanadigan binoga kiritilmasa, qo‘shni himoyalanadigan binoga ular kirgan joygacha bo‘lgan masofa 50 m dan ortiq bo‘lsa, unda masofa 1 m gacha kamaytirilishi mumkin.
10. Har bir yashinqochirgich o‘z zaminlagichiga ega bo‘lishi shart. Har bir alohida turuvchi sterjenli yashinqochirgichni zaminlagichi uchun va trosli yashinqochirgichni har bir tokqochirgichi uchun impulsli qarshilik ko‘pi bilan 10 Om bo‘lishi kerak.
Solishtirma elektr qarshiligi 500 Om·m va undan ortiq bo‘lgan tuproqlarda himoyalanadigan qurilishdan yashinqochirgichni mazkur Yo‘riqnomani 8, 9-bandlariga muvofiq ko‘rsatilgan masofaga uzoqlashtirish bilan har bir zaminlagichning impulsli qarshiligini 40 Om gacha ko‘paytirish mumkin. Tuproqni solishtirma elektr qarshiligi 500 Om·m dan ortiq bo‘lganda, ni qiymati 25 Om dan ko‘p bo‘lsa, va masofalar 1 m gacha kamaytirilishi mumkin.
Agar PA omborining PM saqlanadigan bir necha imorati joylashgan hudud tuprog‘ining solishtirma elektr qarshiligi 1000 Om·m va undan ortiq bo‘lsa, har bir yashinqochirgichning zaminlagichini yagona zaminlash tizimiga birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.Tizimning impulsli qarshiligi loyiha bilan belgilanishi kerak. Zaminlash tizimini biriktiradigan simlarining tuproqni solishtirma elektr qarshiligiga bog‘liq holdagi chegaraviy ruxsat etilgan uzunliklari quyida keltirilgan.



Tuproqni solishtirma elektr qarshiligi, Om·m

1000

2000

3000

5000

10000

20000

Zaminlagichlarni biriktiradigan simlarining chegaraviy uzunliklari, m

100


150


200


250


350


450


Alohida zaminlagichlar o‘rtasidagi biriktiruvchi o‘tkazgichlar himoyalanadigan qurilishdan mazkur Yo‘riqnomani 8, 9-bandlariga muvofiq ko‘rsatilgan masofaga uzoqlashtirilgan bo‘lishi kerak.


11. Imoratlar va binolarda katta ko‘lamdagi metall kommunikatsiyalar mavjud bo‘lsa, shuningdek PA metall idishlarda (bochkalar, kutilarda) saqlangan hollarda, elektrostatik induksiyadan himoya qilish uchun tegishli zaminlagichi bo‘lgan metall setkani (turni) bino tomi bo‘ylab yotqizishni va binoda turgan barcha metall konstruksiyalarni zaminlashtirishni ta’minlash zarur.
Ikkilamchi ta’sirlardan himoyalovchi zaminlagich imoratning tashqi tomonidan, uni perimetri bo‘ylab fundamentdan 0,5-1 m masofada erga 0,5 m chuqurlikda yotqiziladigan kontur ko‘rinishida bajarilishi zarur. Sanoat chastotasidagi tokni tarqalishiga konturning qarshiligi ko‘pi bilan 10 Om bo‘lishi kerak. Bu qarshilikni pasaytirish uchun erga ko‘milgan barcha quvuro‘tkazgichlarni (suvo‘tkazgich, isitish quvurlari va shu kabilarni) zaminlagichga ulashga ruxsat etiladi.
Solishtirma elektr qarshiligi 500 Om·m va undan ortiq bo‘lgan tuproqlarda zaminlagich qurilmaning qarshiligi myo’erlanmaydi.
YAshinni bevosita urishidan himoyalovchi va ikkilamchi ta’sirlaridan himoyalovchi zaminlagichlarni bir-biridan mazkur Yo‘riqnomani 8, 9-bandlariga muvofiq ko‘rsatilgan masofalarga uzoqlashtirish kerak.
Metall setkani bino tomi bo‘ylab yotqizish bilan elektrostatik induksiyadan himoyani bajarishda barcha metall buyumlar ikkilamchi ta’sirlarini zaminlagichiga qisqa yo‘llar bilan biriktirilishi kerak.
Metall tomlar mavjud bo‘lganda, binoning tashqi tomoni bo‘ylab 25 m masofagacha vertikal tokqochirgichni o‘tkazish yo‘lini bilan ikkilamchi ta’sirlaridan himoyalovchi zaminlagichga tomni ulash orqali himoyani amalga oshirish zarur. Tokqochirgichni yuqori qismini metall tomga, quyi qismini esa zaminlagichga ulash lozim.
Agar tom o‘tkazmas materialdan bajarilgan bo‘lsa, unda katagi o‘lchamini 5x5 m qilib, diametri kamida 6 mm li po‘lat simdan tayyorlangan metall to‘rni tomni ustiga yotqizi va uni zaminlagichga shunday materialdan tayyorlangan tokqochirgichlar bilanbiriktirish zarur.
12. Elektromagnit induksiyadan himoya qilish uchun, ombor hududiga yotqazilgan barcha quvur-yo‘llar, zirhli (bronli) kabellar va boshqalari bir-biriga 10 sm dan kam masofada yaqinlashgan joylarda, shuningdek parallel joylashganda esa ular uzunligining har 15-20 m dan o‘zaro ishonchli ulash, ya’ni tutashmagan kontur paydo bo‘lishining oldini olish zarur Xuddi shunday biriktirishlar (ulashlar) boshqa barcha hollarda metall konstruksiyali binolarni sinchlari, jihozlar, kabellar qoplamalari va shu kabilar yaqinlashishida ham qilinishi kerak. Bunda quvur-yo‘llar, flanetslar, muftalar va boshqalar birikkan joylarda kontakt bo‘lishini ta’minlash zarur. Birikish joylarida bitta kontaktga to‘g‘ri keladigan o‘tishli elektr qarshiligi 0,05 Om dan oshmasligi, shu jumladan zarur bo‘lganda kesimini yuzasi kamida 16 mm2 bo‘lgan po‘lat sim yoki tegishli kesim yuzali boshqa o‘tkazgichlardan qo‘shimcha metall ulagich o‘rnatish zarur.
13. Imoratlarga yoritish elektr tarmoqlarini kiritishda, ularga yuqori potensiallar kirishidan himoya qilish:
a) erga ko‘milgan zirhli kabellarda, kabelni metall zirhini yoki qobig‘ini ikkilamchi ta’sirlardan himoyalovchi zaminlagichga, agar u bo‘lmasa impulsli qarshiligini ko‘pi bilan 10 Om bo‘lgan maxsus zaminlagichga ulash bilan ta’minlanadi. YAshinqaytargichni zaminlagichlaridan kabellarni mazkur Yo‘riqnomani 9-bandiga muvofiq ko‘rsatilgan masofalarga uzoqlashtirish kerak;
b) zirhlanmagan kabellarda, 13a bandda ko‘rsatilgan zaminlagichgaulash bilan;
v) havo liniyasiga (foydalanishda bo‘lgan PA omborlari uchun) ulangan kabellarda, zirhli yoki qabiqli kabellardanhavo liniyasiga (6-rasm), shtirlardan (qayrilma qoziqlardan) impulsli qarshiligi ko‘pi bilan 10 Om bo‘lgan maxsus zaminlagichlarga o‘tish joyidan ulash bilan ta’minlanadi.



Bundan tashqari, kabel tolasi va zaminlash elementlari orasidagi o‘tish joyiga elektrodlararo masofasi 2-3 mm bo‘lgan yopiq havo oralig‘i o‘rnatilishi yoki past kuchlanishli ventilli tarqatgich o‘rnatilishi zarur.Havo liniyasi izolyatorlarining shtirlari (qayrilma qoziqlari) liniyadan kabelga o‘tish joyiga eng yaqin bo‘lgan tayanchda impulsli qarshiligi ko‘pi bilan 20 Om bo‘lgan zaminlagichga ulanishi kerak.
Solishtirma elektr qarshiligi 500 Om·m va undan ortiq bo‘lgan tuproqlarda zaminlagichlarni , va impulsli qarshiliklarini 40 Om gacha ko‘paytirishga, ko‘p yillik muz qatlamli va toshloq tuproqlarda esa loyiha bo‘yicha ruxsat etiladi.
14. Elektrostatik yoki elektromagnit induksiya ta’sirini sezmaydigan PA (ammiyak selitrasi asosidagi PM, detonatsion shnur va shu kabilar) joylashtiriladigan imoratlarni yashinning ikkilamchi ta’sirlaridan himoyalash bilan jihozlash shart emas.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling