Parhez bilan davolash


Buyrak shamollashining asosiy alomatlari va belgilari


Download 0.68 Mb.
bet2/12
Sana07.05.2020
Hajmi0.68 Mb.
#103805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Parhez bilan davolash

Buyrak shamollashining asosiy alomatlari va belgilari


Buyrak to’qimalariga sovuq ta’sirining dastlabki belgisi yallig’lanishdir. Buyrakdagi yallig’lanish jarayonining tashxis mezonlari:

  • Ko’ngil aynishi.

  • Kuchli terlash.

  • Beldagi og’riq.

  • Og’riqli, quyuq, ko’p miqdorda siyish.

  • Siydikda aralashmalar mavjudligi.

  • Qorin devori, orqaning bel qismi mushaklarining tarangligi.

Har bir alomat o’ziga xos emas, lekin birgalikda kuzatilganida yuqori darajadagi ehtimollik bilan buyrak kasalligini taxmin qilish mumkin.

Yallig’lanishli o’zgarishlar Asta-sekin shishish, filtraysiyaning buzilishi, koptokchalardagi o’zgarishlarga olib keladi. Ushbu patologiyaning fonida qon bosimi ko’tarlishi mumkin.



Jadvalda buyraklarning koptokchali filtratsiyasining kamayishi yoki ortishi tomonga qarab buzilishida organizmda bo’ladigan asosiy o’zgarishlar keltirilgan.

Ortishi

Kamayishi

  • Gidrostatik bosimning ortishi (qon hajmining ortishi, efferent arteriolalar tezligining oshishi).

  • Qon plazmasi onkotik bosimining ko’tarilishi (suvsizlanish, katta miqdorda oqsilli plazma o’rnini bosuvchi moddalarning quyilishi).

  • Bosh ichki bosimining ortishi.

  • Qon plazmasi onkotik bosimining kamayishi (gepatit, jigar sirrozi).

  • Gidrostatik bosimning pasayishi (yurak yetishmovchiligi, shok, kollaps, tromboz va buyrak arteriyalarning emboliyasi).

  • Koptokchali filtrning buzilishi (faoliyat ko’rsatayotgan koptkchalarning massasi, soni va teshiklari diamterining kichrayishi,  bazal membrananing qalinlashishi.

Buyraklarning kuchli shamollashida quyidagi alomatlar paydo bo’ladi:

  • Teri qoplamining quruqligi;

  • Ishtahani yo’qotish;

  • Tez-tez samarasiz siyish;

  • Qon bosimining ortishi.

Nozologiyaning klinikasi jarayonning lokalizatsiyasi va xususiyatlariga bog’liq. Bitta buyrakning shikastlanishi boshqa a’zoning imkoniyatlari bilan kompensatsiyalanadi.

Buyraklar shamollashining diagnostik alomatlari


Buyrak shamollashining asosiy diagnostik belgilari:

  • Haroratning 40 darajaga ko’tarilishi;

  • Doimiy terlash;

  • Bosh og’rig’i;

  • Qattiq bel og’rig’i;

  • Holsizlik;

  • Chanqoqlik;

  • Siydik chiqarishning buzilishi;

  • Siydik xiraligi;

  • Siydikga qon, qum aralashganligi.

Sovuqda qolish boshqa organlarning patologik o’zgarishi bilan hamrohlanadi:

  1. Kuchli qaltirash;

  2. Yurak aritmiyasi;

  3. Pulsning zaiflashuvi;

  4. Bosimning pasayishi.

Buyrak shamollashini tashxislash


Buyrakning shamollashini tashxislash quyidagi mezonlarga asoslanadi:

  1. Anamnez to’plash: isitma, sovuqda qolganlik, teri toshmalari.

  2. Immunitet pasayganligini aniqlash uchun inson hayotini tahlil qilish.

  3. Irsiy kasalliklarga moyillikni aniqlash uchun oila anamnezini baholash.

  4. Bemorni tekshirish: terining quruqligi va ko’kimtirligi, chov limfa tugunlarining kattalashganligi, suvli g’urralar va teri toshmalarini aniqlash.

  5. Biokimyoviy va umumiy qon tahlili: ECHT o’sishi, S-reaktiv oqsil, kreatinin, mochevina ko’payishi (buyrak yetishmovchiligida).

  6. Sovuq ta’sirida toshmalarning kuchayishi (past haroratlar bilan provokatsiya qilish).

  7. Limfotsitar-trombotsitar indeks nisbatini hisoblash: yallig’lanish tabiatini ochib beradi.

  8. Buyrak biopsiyasi — morfologik xususiyatlarni tahlil qilish uchun.

Shikast o’chog’idan material olish shuningdek past haroratlar ta’sir qilganda faollashishi mumkin bo’lgan amiloidozni istisno qilish imkonini beradi.

Buyrak shamollashini umumiy davolash


Buyrak shamollashiga qarshi davo choralari sovqotishda yuzaga keladigan kasallikning asosiy sababchisi va alomatlarini bartaraf etishdan iborat.

Konservativ dori-darmonlarni belgilashdan oldin, bir qator tavsiyalarga rioya qilish kerak:



  1. Dam olish tartibi: sifatli uyqu, suyuqlikni iste’mol qilishni cheklash.

  2. Dietoterapiya: mikroelementlar, vitaminlar, uglevodlar, yog’lar va oqsillarga boy bo’lgan sifatli ovqatlanish. Ziravorlardan foydalanish cheklanishi kerak.

  3. Etiologik omillarni bartaraf etish.

  4. Buyrak qon ta’minoti normallashtirish uchun o’simliklar damlamalarini qabul qilish.

  5. Fizioterapiya: buyraklar sohasiga UYCH qo’yish, diprospam bilan elektroforez.

  6. Terapevtik gimnastika.

  7. Tuzli vannalar, sanatoriylarga borish.

Buyraklar shamollashini konservativ davolash usullari


Davo tamoyillari quyidagilar:

  • Yallig’lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish: ibuprofen, diklofenak, nimesulid.

  • Buyrak ichki qon oqimini me’yorlashtirish uchun malhamlar surtish.

  • Adaptogenlar, multivitaminlar.

  • Simptomatik davolash.

  • Sanatoriya-kurortli terapiya.

  • Antiretsidiv chora-tadbirlar.

  • Oldingi bosqichlarni qo’llashdan samara bo’lmasa, gormonal dorilar belgilash.

  • Fitoterapiya: qichitqi, na’matak, shavel, «buyrak choyi».

Bolalarda sovqotish vaqtida buyrak kasalliklarining kuchayishi ko’pincha profilaktik emlashdan so’ng kuzatiladi. Bemorning anamnezini yig’ishda ushbu omilni inobatga olish kerak.

Buyrak shamollashini oldini olish


Buyrakning shamollab qolishini oldini olish quyidagi tamoyillarni o’z ichiga oladi:

  • Kapillyarlarning spazmini oldini olish.

  • Bel sohasi sovuq yeyishini istisno qilish.

  • O’lim bilan yakunlanishini bartaraf qilish uchun buyraklar shamollashi alomatlarini darhol davolashga kirishish.

Buyrak shamollashi asoratlari


Buyraklar shamollashining umumiy asorati:

  1. Mushak tirishishi.

  2. Buyrak karbunkuli.

  3. Paranefrit — bu buyrak yon kletchatkasining yallig’lanish jarayoni.

  4. Goldflam-Pasternatskiy alomatining ijobiy natijasi.

  5. Buyrak so’rg’ichlari nekrozi.

  6. Arterial pedunkulit — bu sinusli arteriyalarining zararlanishi.

  7. Buyrak abstsessi.

  8. Ksantogranulematoz pielonefrit — nekrozli joylar bilan ko’pikli (ksantomoz) hujayralar paydo bo’lishi.

  9. Emfizematoz pielonefrit — bu qandlarning bakteriyalar tomonidan parchalanishi natijasida buyrak to’qimalarida gaz pufakchalari to’planishi.

  10. Buyrak yetishmovchiligi.

  11. Urosepsis — siydik yo’llarining bakterial infektsiyasi.

Ko’p hollarda buyraklarning shamollashi konservativ tarzda davolanishi mumkin, ammo og’ir sovqotganda nefrektomiya (operativ olib tashlash) kerak bo’lishi ehtimoldan nari emas

Buyrak yetishmovchiligi sabablari


O’tkir buyrak yetishmovchiligining sabablari bo’yicha tasnifi:

  • Rasmda: A — prerenal buyraklar yetishmovchiligi; B — postrenal buyrak yetishmovchiligi; C — renal buyrak yetishmovchiligi.Prerenal. Buning sababi buyrak qon oqimining buzilishi. Buyrakka yetarli miqdorda qon kelmaydi. Natijada siydik shakllanishi jarayoni buziladi, buyrak to’qimasida patologik o’zgarishlar yuz beradi. Bemorlarning qariyb yarmida (55%) uchraydi.

  • Renal. Buyrak to’qimalarining patologiyasi bilan bog’liq. Buyrak qon bilan yetarlicha ta’minlanadi, ammo siydik hosil qila olmaydi. Bemorlarning 40 foizida uchraydi.

  • Postrenal. Buyrakdagi siydik hosil bo’ladi, lekin siydik chiqarish nayidagi to’siq tufayli chiqa olmaydi. Agar to’siq faqat siydik yo’lida bo’lsa, shikastlangan buyrakning funktsiyasini sog’lom buyrak o’ziga oladi — buyrak yetishmovchiligi sodir bo’lmaydi. Bu holat bemorlarning 5 foizida uchraydi.

O’tkir buyrak yetishmovchiligining sabablari tavsifi


Prerenal

  • Yurak o’z vazifalarini uddalay olmaydigan va kamroq qon haydaydigan holatlar: aritmiya, yurak etishmovchiligi, og’ir qon ketishlar, o’pka arteriyasi tromboemboliyasi.

  • Qon bosimining keskin pasayishi: yalpi infektsiyalarda shok (sepsis), og’ir allergik reaktsiyalar, ayrim dori-darmonlarning peredozirovkasi.

  • Suvsizlanish: kuchli qusish, diareya, kuyish, ortiqcha dozada siyik haydovchi preparatlarni qo’llash.

  • Sirroz va boshqa jigar kasalliklari: bunda venoz qonning qayta oqishi buziladi, shishlar rivojlanadi, yurak-qon tomir tizimi va buyraklarning qon ta’minoti buziladi.

Renal

  • Zaharlanishlar: kundalik hayotda va sanoatda zaharli moddalar, ilon, hasharotlar chaqishi, og’ir metallar, ayrim dorilarning ortiqcha dozalari. Qon oqimiga kirib, zaharli moddalar buyraklarga yetib boradi va ularning ishini buzadi.

  • Eritrositlar va gemoglobinning massiv parchalanishi: mos kelmaydigan qon quyishda, bezgakda. Bunda buyrak to’qimalariga zarar yetadi.

  • Autoimmun kasalliklarda, masalan, mielomada buyrakni antitanalar bilan shikastlanishi.

  • Ba’zi kasalliklarda buyraklarni modda almashinuvi mahsulotlari bilan shikastlanishi, masalan podagrada siydik kislotasi tuzlari bilan.

  • Buyraklardagi yallig’lanish jarayoni: glomerulonefrit, buyrak sindromi bilan gemorragik isitma va boshqalar.

  • Buyrak tomirlari shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklarda buyraklarga zarar yetishi: skleroderma, trombotsitopenik purpura va boshqalar.

  • Yagona buyrak jarohati (agar ikkinchisi biron sababga ko’ra ishlamasa).

Postrenal

  • Prostata, siydik pufagi, kichik tosdagi boshqa a’zolar o’smalari.

  • Siydik yo’lining operatsiya vaqtida shikastlanishi yoki tasodifiy bog’lash.

  • Siydik yo’lining yopilishi: mumkin sabablari tromboz, yiring, tosh, tug’ma rivojlanishi nuqsonlari.

  • Muayyan dorilarni qabul qilish natijasida siydik chiqarishning buzilishi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligining sabablari


  • Buyraklarning tug’ma va irsiy kasalliklari.

  • Buyrakning surunkali kasalliklarda shikastlanishi: podagra, qandli diabet, siydik-tosh kasalligi, semizlik, metabolik sindrom, jigar sirrozi, tizimli qizil yuguruk, sklerodermiya va boshqalar.

  • Siydik chiqarish yo’llarining bosqichma-bosqich to’silishi sodir bo’ladigan siydik tizimining turli xil kasalliklari: siydik-tosh kasalligi, o’sma va boshqalar.

  • Buyrak kasalliklari: surunkali glomerulonefrit, surunkali pielonefrit.

  • Dori vositalarini noto’g’ri ishlatish, dozasini oshirib yuborish.

  • Turli toksik moddalar bilan surunkali zaharlanish.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling