Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish


Oriental Renaissance: Innovative


Download 149.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana04.11.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1748378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
69 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
hamda xizmatlarga nisbatan imtiyozli (pasaytirilgan) stavkalari amal qilishi lozim. 
SHu maqsadda QQSning nazariy asoslari va xalqaro tajribani tadqiq etish orqali 
O‘zbekistonda ma’lum bir tovar va xizmat turlariga mazkur soliqning imtiyozli 
stavkalarini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Shu paytga qadar ilmiy manbalarda QQSni joriy qilish yoki uning mexanizmini 
takomillashtirish borasida turli xil, hatto bir-biriga teskari qarashlar shakllanib 
kelmoqda. 
Xususan, Krugman va Feldshten ishida QQSning soliqlarni yig‘ish 
samaradorligini oshirish uchun qulay vosita ekanligi, u orqali yuqori iqtisodiy 
samaradorlikka erishish mumkinligi ta’kidlanadi [3]
3

QQS stavkasi o‘zgarishining milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish 
quyidagilarga qarab tasniflanishi mumkin: narxlar, iste’mol, ishlab chiqarish 
hajmlari, bandlik, aholi farovonligi, ijtimoiy tengsizlik va iqtisodiy o‘sish. 
Ushbu soliqning xalqaro amaliyotda samarali soliq sifatida tan olinganligiga 
qaramasdan, ayrim ishlarda uning salbiy tomonlari ham ko‘rsatiladi. Jumladan, QQS 
inflyasiya o‘sishiga, iste’mol, investitsiyalar va jamg‘armalarning pasayishiga 
bilvosita salbiy ta’sir ko‘rsatishi va shu orqali makroiqtisodiy barqarorlikni 
yomonlashtirishi aytiladi [4].
4
QQS bilan bog‘liq bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan asosiy 
muammolardan biri, bu – mazkur soliqning yagona yoki differensial stavkali 
mexanizmini qo‘llash masalasidir. Bu kabi munozaralarda, odatda, QQSning 
pasaytirilgan (imtiyozli) stavkalari qo‘llanilishi qanchalik ahamiyatli va asosliligi 
haqida so‘z boradi. 
Barrel va Uilning ta’kidlashicha, QQS bo‘yicha yagona stavkaning amal qilishi 
ishlab chiqarish sub’ektlariga (sotuvchilarga) nisbatan mutanosib bo‘lishi mumkin, 
lekin iste’molchilar daromadiga nisbatan ushbu soliq regressiv xarakter kasb etadi. 
YA’ni, aynan bir xil (o‘xshash) tovar va xizmatlar “savati” uchun aholining yuqori 
daromadli toifasi kam daromadli guruhga nisbatan daromad foizida QQSni kamroq 
to‘laydi. Aynan mana shu holat Evropa amaliyotida differensial mexanizmga 
(tabaqalashtirilgan stavkalarga) ega QQSni joriy etishning asosiy sabablaridan biridir. 
Biroq, bunda QQSning pasaytirilgan stavkalari ta’sir doirasini aniq belgilab olish 
kerak. YA’ni, past daromadli aholi qatlamining iste’mol savati tarkibida nisbatan 
muhim (birlamchi) bo‘lgan tovarlar va xizmatlargagina pasaytirilgan stavkalarni 
qo‘llash maqsadga muvofiqdir. SHu tariqa soliq mexanizmining teng taqsimot 
3
Martin S. Feldstein, Paul R. Krugman, International Trade Effects of Value-Added Taxation, 1992 
4
Iris ClauIs, The value added tax a useful macroeconomic stabilization instrument, 2013 



Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling