Pasterellyoz va saramas kassaligi qo’ZG’atuvchisi reja


Download 29.16 Kb.
bet3/16
Sana05.01.2022
Hajmi29.16 Kb.
#205543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
10-Maruza(3)

Patologik material. Tekshirish uchun laboratoriyaga jigar, taloq, buyrak, limfa tugunlari, yurak, ilik suyagi yuboriladi. Yozning issiq kunlarida masofa uzoq bo‘lganda patmaterial glitserinning 30% li suvdagi eritmasida konservatsiya qilinadi. Ilik suyagi esa 5 – 10 %li formalin eritmasi shimdirilgan dokaga o‘raladi. Mayda hayvonlarning jasadi yo‘llanadi.

2.1.Mikroskopiya. Patmaterialdan tayyorlangan, Gram usulida bo‘yalgan surtmalarda qo‘zg‘atuvchi uchlari qayrilgan, mayda, qisqa tayoqcha shaklida ( 0,25 -0,5 x 2 mkm), grammanfiy bakteriyadir. Leffler ko‘ki yoki Gimza usulida bo‘yalgan surtmalarda pasterellalar bipolyar ( bakteriyalarning uchlari intensiv bo‘yalgan ) holda ko‘rinadi. Kulturadan tayyorlangan surtmalarda bittadan, ikkitadan ba’zan qisqa zanjir shaklida joylashgan kokksimon yoki qisqa tayoqchasimon bakteriyalar ko‘rinadi. Ba’zi yangi ajratilgan virulentli shtammlari kapsula hosil qiladi. Maxsus usullarda bo‘yalganda ( Mixin ) kapsula yaxshi ko‘rinadi. Harakatsiz, spora hosil qilmaydi.


Download 29.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling