Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qo‘llanadigan tartib-taomil


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

34-modda
Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qo‘llanadigan tartib-taomil
(1) Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan qo‘llanadigan tartib-taomil ushbu
Shartnoma, Yo‘riqnoma va Xalqaro byuro ushbu Organ bilan mazkur Shartnoma va Yo‘riqnomaga
muvofiq tuziladigan kelishuv qoidalari bilan belgilanadi.
(2) (a) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organi bilan og‘zaki va yozma
ravishda aloqa bog‘lashi mumkin.
(b) Talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasi tayyorlanishiga qadar ixtiro
formulasi, ixtiro tavsifi va chizmalarga belgilangan tartibda va belgilangan muddatda o‘zgartishlar
kiritish huquqiga ega. O‘zgartishlar dastlabki ravishda berilgan xalqaro talabnomada ochib
berilganlar doirasidan chiqmasligi kerak.
(s) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining, agar ushbu Organ barcha
quyidagi shartlar bajarilgan deb hisoblamasa, eng kamida bitta yozma xabarini olishi kerak:
(i) ixtiro 33(1)-moddada nazarda tutilgan mezonlarni qanoatlantiradi;
(ii) xalqaro talabnoma ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma talablarini ushbu Organ tomonidan
tekshiriladigan darajada qanoatlantiradi;
(iii) 35(2)-moddaga muvofiq biror-bir mulohazalarni kiritish nazarda tutilmaydi (so‘ngi taklif).
(d) Talabnoma beruvchi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining fikrini ichiga olgan yozma
xabarga javob berishi mumkin.
(3) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xalqaro talabnoma Yo‘riqnomada
belgilanganidek ixtiro birligi talabini qanoatlantirmaydi deb hisoblasa, u talabnoma beruvchiga
uning xohishiga qarab ixtiro formulasini mazkur talabga mos kelishi uchun cheklashi yoki
qo‘shimcha bojlarni to‘lashi mumkin.
(b) Har qanday tanlangan davlatning milliy qonunchiligi, agar talabnoma beruvchi (a) kichik
bandiga muvofiq formulani cheklashni afzal deb topsa, xalqaro talabnomaning cheklash natijasida
xalqaro dastlabki ekspertizaga uchramaydigan qismlari, agar talabnoma beruvchi ushbu
davlatning milliy idorasiga maxsus bojni to‘lamasa,ularni mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan
olib qo‘yilgan deb hisoblanishini nazarda tutishi mumkin.
(c) Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan
talabni bajarmasa, Xalqaro dastlabki ekspertiza organi uning fikriga ko‘ra xalqaro talabnomaning
bosh ixtiroga taalluqli qismlari bo‘yicha xalqaro dastlabki ekspertiza xulosasini tuzadi va buni qayd
etib o‘tilgan xulosada belgilaydi. Har qanday tanlangan davlatning milliy qonunchiligi uning milliy
idorasi Xalqaro dastlabki ekspertiza organining fikrini asosli deb hisoblagan taqdirda, xalqaro
talabnomaning bosh ixtiroga taalluqli bo‘lmagan qismlari, agar talabnoma beruvchi ushbu idoraga
maxsus bojni to‘lamasa, ularni mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan olib qo‘yilgan deb
hisoblanishini nazarda tutishi mumkin.
(4) (a) Agar Xalqaro dastlabki ekspertiza organi:
(i) xalqaro talabnoma Yo‘riqnomaga muvofiq Xalqaro dastlabki ekspertiza organi xalqaro
dastlabki ekspertizani o‘tkazishi shart bo‘lmagan obyektga taalluqli bo‘lsa va ushbu holatda u
bunday ekspertizani o‘tkazmaslik haqida qaror qabul qilsa, yoki
(ii) ixtiro tavsifi, ixtiro formulasi yoki chizmalar o‘ta noaniq bo‘lsa yoki bayon qilingan ixtironing
yangiligiga, ixtirochilik darajasiga (ayon bo‘lmaganligiga) yoki sanoatda qo‘llanilishiga nisbatan
hech qanday aniq bir xulosa tuzilishi mumkin bo‘lmagan holda ixtiro formulasi tavsif bilan o‘ta zaif
mustahkamlangan bo‘lsa, deb hisoblasa, qayd etib o‘tilgan Organ 33(1)-moddasiga muvofiq
talabnomani ko‘rib chiqmaydi va talabnoma beruvchini ushbu qaror va uning sabablari haqida
xabardor qiladi.
(b) Agar (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan vaziyatlardan istalgani ixtiro formulasining ayrim
bandlari bo‘yicha yoki ular bilan bog‘liq holda aniqlangan bo‘lsa, mazkur bandning qoidalari ixtiro
formulasining faqat ushbu bandlariga qo‘llaniladi.

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling