Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

58-modda
Yo‘riqnoma
(1) Ushbu Shartnomaga ilova qilinadigan Yo‘riqnoma quyidagi:
(i) ushbu Shartnoma Yo‘riqnomaga maxsus havola qiladigan talablarga yoki ular
belgilanganligini yoki belgilanishi mumkinligini maxsus nazarda tutadigan talablarga doir;
(ii) har qanday ma’muriy talablar, masalalar yoki tartib-taomillarga doir;
(iii) ushbu Shartnoma qoidalarini qo‘llash uchun foydali bo‘lgan har qanday tafsilotlarga doir
qoidalarni ichiga oladi.
(2) (a) Assambleya Yo‘riqnomaga o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega.
(b) (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda o‘zgartishlar berilgan ovozlarning to‘rtdan uch
qismiga ega bo‘lgan ko‘pchilik bilan qabul qilinadi.
(3) (a) Yo‘riqnoma qoidalarni belgilaydi, ular quyidagicha:
(i) faqat bir ovozda qabul qilingan qaror bilan yoki
(ii) faqat milliy idorasi Xalqaro izlash organi yoki Xalqaro dastlabki ekspertiza organi sifatida
amal qiladigan Ahdlashuvchi davlatning hech biri qarshi bo‘lmasligi sharti bilan, bunday Organ
vazifalarini hukumatlararo tashkilot bajargan taqdirda esa, mazkur hukumatlararo tashkilotning
tegishli instansiyasi doirasida boshqa a’zo davlatlar tomonidan bunga vakil qilingan ushbu
tashkilotning a’zosi bo‘lgan davlat qarshi bo‘lmasligi sharti bilan o‘zgartirilishi mumkin.
(b) Qo‘llaniladigan talablarning bunday qoidalardan biror-biriga kelajakda tatbiq etilmasligi
tegishincha (a)(i) yoki (a)(ii) kichik bandlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini talab qiladi.
(c) (a) kichik bandida nazarda tutilgan talablarning kelajakda biror-bir qoidaga nisbatan
tatbiq qilinishi bir ovozdan qaror qabul qilinishini talab qiladi.
(4) Yo‘riqnoma Bosh direktor tomonidan Assambleya nazorati ostida Ma’muriy yo‘riqnoma
ishlab chiqilishini nazarda tutadi.
(5) Ushbu Shartnoma qoidalari va Yo‘riqnoma o‘rtasida tafovutlar aniqlangan taqdirda,
Shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
VI BOB

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling