Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
VIII BOB YAKUNIY QOIDALAR
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 63-modda Shartnomani kuchga kirishi
VIII BOB
YAKUNIY QOIDALAR 62-modda Shartnomada ishtirok etish (1) Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ittifoqqa a’zo bo‘lgan har qanday davlat: (i) ratifikatsiya yorlig‘i saqlash uchun keyingi topshirilishi bilan Shartnoma imzolanishi yoki (ii) Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlash uchun topshirilishi yo‘li bilan ushbu Shartnoma ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. (2) Ratifikatsiya yorliqlari yoki Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlar Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi. (3) Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasining Stokxolm Hujjati 24-moddasi qoidalari ushbu Shartnomaga nisbatan qo‘llanadi. (4) (3)-band mazkur bandga binoan ushbu Shartnoma boshqa Ahdlashuvchi davlat tomonidan qo‘llaniladigan hududga nisbatan amaldagi holatning har qanday Ahdlashuvchi davlat tomonidan e’tirozsiz tan olinishini yoki qabul qilinishini bildiradigan tarzda hech qaysi holda ham talqin qilinishi kerak emas. 63-modda Shartnomani kuchga kirishi (1) (a) Ushbu Shartnoma (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda sakkizta davlat o‘z ratifikatsiya yorliqlarini yoki Shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlarni saqlash uchun topshirganidan keyin uch oy o‘tgach kuchga kiradi, shu shart bilanki, bunda sakkizta davlatdan eng kamida to‘rtta davlat quyidagi har qanday talablarni qanoatlantiradi: (i) bunday davlatda berilgan talabnomalar soni Xalqaro byuro tomonidan e’lon qilingan so‘nggi har yillik statistika ma’lumotlariga ko‘ra 40 000 dan oshgan; (ii) bunday davlat fuqarolari yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxslar Xalqaro byuro tomonidan e’lon qilingan so‘nggi har yillik statistika ma’lumotlariga ko‘ra biror-bir xorijiy mamlakatga eng kamida 1000 ta talabnoma bergan; (iii) bunday davlatning milliy idorasi Xalqaro byuro tomonidan e’lon qilingan so‘nggi har yillik statistika ma’lumotlariga ko‘ra xorijiy mamlakatlarning fuqarolaridan yoki ushbu mamlakatlarda yashaydigan shaxslardan eng kamida 1000 ta talabnoma qabul qilgan. (b) Ushbu band maqsadlari uchun “talabnomalar” tushunchasi foydali modellarga talabnomalarni ichiga olmaydi. (2) (3)-band qoidalarini inobatga olgan holda ushbu Shartnoma (1)-bandga muvofiq kuchga kirgan sanada uning ishtirokchisi bo‘lmagan har qanday davlat u ratifikatsiya yorlig‘i yoki Shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatni saqlash uchun topshirgan sanadan keyin uch oy o‘tgach mazkur Shartnoma qoidalari bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. (3) II bob qoidalari va ushbu Shartnomaga ilova qilinadigan, ularga taalluqli bo‘lgan Yo‘riqnoma qoidalari faqat har biri (1)-bandda sanab o‘tilgan uchta talabdan eng kamida bittasini qanoatlantiradigan,II bob qoidalari bilan o‘zlarini bog‘liq deb hisoblamasligi haqida 64(1)-moddada nazarda tutilgan izohlar bermagan uchta davlat ushbu Shartnoma ishtirokchilariga aylangan sanadan e’tiboran qo‘llaniladi. Biroq ushbu sana (1)-bandga muvofiq Shartnoma kuchga kirgan sanaga nisbatan erta bo‘lmasligi kerak. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling