235
VISUAL STUDIO C# DA INTERFEYSLAR YARATISH
Dadabayev S, Rahimova Z
Andijon davlat universiteti
Hozirgi kunda dasturlash tillariga bo’lgan qiziqish yoshlar o’rtasida tabora
ommalashib bormoqda va ularni o’rganish amaliy tadqiqotlar olib borishga qo’l
kelmoqda. Bir nechta dasturlash tillarini o’z ichiga olgan.
Visual Studioni
o’rganishga bo’lgan talab bizning mamlakatimizda kun sayin oshmoqda. Quyida
biz Visual Studio C# da interfeyslar yaratishning boshlang’ch ko’rinishlarini
berib o’tamiz. VisualStudio dasturiga kirish uchun «Пуск» tugmasi orqali
quyidagi bo’limga kiriladi.
1-rasm
Natijada VisualStudio dasturi ishchi oynasi ochiladi. Visual Studio
dasturida dasturlash tillarini tanlash va unda fayl
yaratish uchun yuqoridagi
oynadan
File►Projekt tanlanadi.
2-rasm
236
Bu oyna
«New Projekt» yani yangi fayl loyihasini tayyorlashdi. Bu
oynaning
«Project types» bo’limidan Visual Studio dasturida joylashgan
dasturlash tillarini tanlanadi. Biz foydalanadigan dasturlash tili
Visual C#
bo’lganligi uchun unga tegishli bo’limlardan foydalanamiz. Biz ko’proq
foydalanadigamiz «
Windows Form Application» va
«Console Application»
bo’limlaridir. «
Windows Form Application» bo’limida
masalalarni
vizuallashtirish uchun interfeyslar hosil qilish uchun qo’llaniladi. Bizning ishimiz
ham shu bo’limda matematik masalalarni yechuvchi interfeyslar yaratishdan
iborat. «Name» qismiga yaratilayotgan loyiha interfeysining nomi,
«Location»
qismiga loyihaning fayllari saqlanadigon joy ko’rsatiladi.
Saqlanadigan joyni
tanlash uchun
«Browse» bo’limi tanlanadi.
3-rasm
Loyiha interfeyfini maydonlarini hosil qilish uchun oynaning chap qismida
joylashgan
«Toolbox» bo’limidan foydalanamiz. Maydonlar parametrlarini
aniqlash va o’zgartirish uchun oynaning o’ng qismida joylashgan «Properties»
bo’limidan foydalanamiz.
Interfeysda maydonlardan tugmalarni hosil qilishda
«Toolbox»
bo’limidagi «Botton» funksiyasidan foydalaniladi.
Tugmalarning nomlarini
o’zgartirish uchun tugmani faol holatiga ko’ra «Properties» bo’limidagi «Text»
qismi qarshisiga misol sifatida «Dasturchi hushyor bo’l» nom qo’yildi.
«Dasturchi hushyor bo’l» yozuvni parametrlarini o’zgartirish uchun «Properties»
bo’limidagi
«Font»
qismi
qarshisidagi
«Microsoft Sans Serif, 8.25pt» tanlanadi
natijada hosil bo’lgan «Шрифт»
menyusidan
kerakli hususiyatlar o’zgartiriladi. «Шрифт»
menyusidagi bo’limlar barchamizga ma’lum. Bu
jarayonlar quyidagi 5-rasmda tasvirlangan.