Pdf-xchange 0 Examples
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- NUTQ SINTEZLASHNING BA’ZI METODLARI VA ALGORITMLARI
elite Panaboard book dasturini ishga tushiradi.
Bu dastur bilan to’la ishlashini keyingi paragrflarda ko’rib chiqiladi. Slayd-shou rejimida ishlash. Buning uchun ko’rsatilishi kerak bo’lgan slaydlar avvaldan tayyorlangan bo’lishi kerak. Turli ilovalarni ishga tushirish. (o’rniga Windows dan foydalangan yaxshi) Ekranni rasmga olish. Olingan rasmni xotiraga saqlash uchun yo’l va fayl nomi so’raladi. Ekranni videoga olish. Ekranda barcha qilingan xarakatlar videofaylga yozib boriladi. Chop qilish. NUTQ SINTEZLASHNING BA’ZI METODLARI VA ALGORITMLARI Abduvaitov A.A. TATU Samarqand filiali Nutq sintezini bir qancha usullar yordamida ishlab chiqish mumkin. Bularning barchasi o`zining afzallik va kamchilik tomonlariga ega bo`lib, ularning ba’zilariga to`xtalib o`tamiz. Bu metodlar odatda quyidagi uch guruhga ajratiladi: - Imkon qadar inson nutqiga mos, ravon nutq yaratish tizimini modellashtiruvchi sintezlash metodi; - Formant sintezlash. Bu sintezlash modeli nutq signali chastota o`lchamlari yoki tovush traktini transferlash funksiyasiga asoslangan filtrlar majmuasi modeli; - Difonli birlashtirish orqali sintezlash. Bu sintezlash metodida oldindan yozib olingan tabiiy nutqning turli kenglikdagi bo`laklarini birlashtirib, yangi nutq hosil qilinadi. Nutqni sintezlash tizimlarini ishlab chiqishda, odatda, formant va birlashtirish metodlari keng qo`llaniladi. Formant sintezlash metodi ko`p yillar mobaynida boshqa nutq sintezlash metodlari orasida o`z hukmronligini saqlab 210 kelgan. Biroq, bugungi kunga kelib, difonlarni birlashtirish orqali sintezlash metodi ko`proq kirib kelmoqda va ommalashib bormoqda. Nutqni ravon ifodalovchi sintezlash metodi ham yuqori sifatda ishlovchi murakkab stil, lekin, kelajakda bundanda kuchliroq metodlar yaratilishi mumkin. Ravon nutq sintezlash metodida mumkin insonning tovush organlari funksiyalarini modellashtirilib, mumkin qadar inson nutqiga mos bo`lgan ravon, aniq va tushunarli nutq hosil qilishga harakat qilinadi. O`z navbatida yuqori sifatli nutq hosil qilishda ushbu metod eng maqbuli sanaladi. Boshqa tomondan olib qaralganda esa, bu metod boshqa metodlarga qaraganda ishlab chiqish va hisoblash jarayonlari juda qiyin kechuvchi metod hamdir. Shuning uchun u boshqa metodlarga nisbatan eng kam tanilgan va hozirgacha ham aytarli hech bir muvofaqqiyat darajasiga erishmagan. Ravon nutq sintezlash nutqiy bo`laklarni va tovushli bog`lanishlar modellarini tipik qamrab oladi. Ravon nutq sintezlash odatda, ovoz pardasi va og`iz funksiyalarini modellashtirishga qaratilgan. Birinchi ravon nutq sintezlash modeli og`iz bo`shlig`idagi tomoqdan labgacha bo`lgan tovush funksiyalariga asolangan. To`gri va ravon nutq hosil qilish bir qancha boshqaruv parametrlariga, masalan, lablar orasidagi bo`shliq, kengligi, ustki labning chiqib turishi, tilning uzunligi, tipi, joylashuv tipi, qalinligi va tomoq kengligi kabilarga bog`liq bo`lishi mumkin. Biz so`zlayotgan vaqtimizda, tovush trakti muskullari harakatlanishi va shaklini o`zgartrishi orqali nutq hosil qilinishiga sabab bo`ladi. Ravon nutq hosil qilish modeli bo`yicha ma’lumotlar odatda tabiiy nutqning roentgen tahlilidan olinadi. Shunga qaramasdan bu ma’lumotlar odatda, faqat ikki o`lchamli bo`ladi, biroq haqiqiy nutqning tabiiy trakti uch o`lchamda yuz beradi va shu sababli nutq davomida uning modelini aniq, ravon nutq sintez qilish jarayonmi uchun optimallash juda mushkuldir. Ravon nutq sintezlashning boshqa bir kamchilik tomoni shundan iboratki, roentgen ma’lumotlari nutq hosil qilish organlarining nutq hosil qilishdagi o`rni yoki darajasi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. Shuningdek, til harakatlari shunchalik murakkabki, uni modellashtirishning dearli iloji yo`q. Ravon nutq sintez qilishning afzal tomoni – nutqning keskin burilish qisml;arini modellashtira olishidadir. Ravon nutq sintezlash metodi nut sintezlash tizimlarida juda ham kamdan-kam holatlarda foydalanilgan, ammo keyinchalik, puxta tahliliy metodlar ishlab chiqilgan va hisoblash manbaalari keltirilgan bo`lib, uni kelajakda amalga oshirish imkoniyatlarining yaratilish ehtimollari mavjud. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling