Pdf-xchange 0 Examples
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZAMONAVIY MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Адабиётлар
1. Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. (Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида» ва «Кадрлар тайёрлаш миллий дастури тўғрисида»ги қонунлар).—Т.: «Шарқ», 1998.—64 б 2. Ғуломов С. С., Шермухамедов А. Т., Бегалов Б. А. Иқтисодий информатика: Дарслик (Академик С. С. Ғуломовнинг умумий таҳрири остида).—Т.: «Ўзбекистон», 1999.—528 б. 3. М. М. Арипов ва бошқалар «Информатика. Ахборот технологиялари» ўқув қўлланма, 2-қисм,Тошкент, 2002 й. 4. Г.П.Катунин. Мультимедиа аудиовизуал воситалари: Ўқув қўлланма, ТАТУ. Тошкент., 2011.-266 б. 5. Бент Б.Андресен. Мультимедиа в образовании: спец. учебный курс / авторизованный пер.с англ. — 2-е изд., М. : Дрофа, 2007. 224. ZAMONAVIY MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI Aminov H. TATU Farg`ona filiali Hozirgi davrda gurkirab rivojlanayotgan multimedia texnologiyasi ta’lim- tarbiya jarayoniga tadbiq etilishi mumkin bo’lgan ilg’or va yangi texnologiyadir. Multimedia texnologiyalari orqali o’qitish o’quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko’lamda tizimga keltirishga ko’maklashadi, ta’lim oluvchilarga ta’limning to’liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o’tish imkonini beradi. Ta’lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni uzatish uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an’anaviy ta’lim va ma’lum ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o’zgacha o’rin olgan yangi muammolarning, echimlarning, yangi kesishish nuktalarining vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi. Ta’lim jarayoniga tadbik etiladigan multimedia texnologiyasi odatdagi an’anaviy metodlarga nisbatan ma’lum bir afzalliklarga ega: - O’quvchilarda fikrlash qobiliyatini o’stiradi; - O’quvchi bir vaqtning o’zida ham ko’radi ham eshitadi (miyaning o’ng va chap yarim sharlari bir vaqtda faollik ko’rsatadi); - An’anaviy usullarga nisbatan o’quvchilarga o’rgatiladigan materialning hajmi ortadi; 339 - Mashg’ulot davomida o’quvchilarni toliqtirmaslik uchun didaktik materiallarni animatsiyalar orqali uzatish imkoniyati mavjud; - O’rganilayotgan materiallarni kichik qismlarga ajratgan holda namoyish etish yoki qayta namoyish etish mumkin. Demak, materialni og’zaki bayon etishda o’quvchi bir daqiqada bir mingga yaqin, ko’rish organlarini “ishga tushirganda” 100 mingga yaqin shartli belgilarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatiga egaligini tasdiqlagan. Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng ko’lamda qo’llash jahon taraqqiyotining global tendentsiyasi hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalar ko’lamining ortib borishi, mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez suratlar bilan rivojlanayotgan ayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ammo ko’plab pedagogik innovatsiyalarning yaratilayotganiga qaramay, ta’lim jarayonlariga o’qitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini tadbiq etish bo’yicha pedagogik tadqiqotlarni joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo’lmaydi. Darhaqiqat, yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir o’qituvchining o’z faniga va barkamol avlod ta’lim- tarbiyasiga oid yangiliklarni muntazam o’rgana borib, ularni o’z mehnat faoliyatida izchil qo’llay bilish mahoratiga ega bo’lishi bugungi kunning muhim talabidir. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi: 1. Talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga; 2. O’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur o’zlashtirilishiga; 3. O’quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga; 4. Axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga; 5. O’rganilayotgan jarayon va xodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muxim axamiyat kasb etadi. O’quvchi-talaba multimedia texnologiyalarida o’zini har tomonlama komol toptirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Aynan shu imkoniyatlar, har bir talabaning axborot madaniyatini shakillantirish va yuksaltirishga xizmat qiladi. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling