Pdf-xchange 0 Examples


UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA AXBOROT


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   242
Bog'liq
konf02

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MUAMMOSI VA UNING 
TARKIBI 
Raxmonkulov F., Valiqulov B.
A.Qodiriy nomli JDPI 
Jamiyatda paydo bо‘lgan har qanday yangilik singari dasturlashtirilgan 
ta’limning ijobiy tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud. Shunga 
qaramasdan, dasturlashtirilgan ta’lim о‘quv-tarbiya ishlarida chuqur ijobiy 
о‘zgarishlarga sabab bо‘lmoqda. Mutaxassis va о‘qituvchilar о‘quv materialini 
tahlil qilishning yangi uslubiyatini о‘zlashtirib oldilar, о‘quv materiali bо‘yicha 
axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, sinash yagona tizimga 
aylandi. Ta’limda amal qiladigan teskari aloqa yangicha ahamiyat kasb etdi. 
Mavzularni tо‘liq о‘zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy 
zamin yaratildi 
Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosi bо‘yicha 
qayd qilingan bilimlar va о‘tkazildigan tadqiqot, unda erishiladigan bilimlar 
о‘rtasidagi vorislikka rioya qilib, mohiyatdan voqelikka, voqelikdan mohiyatga 
о‘tishida nazariy bilimlar rivojlanib kompyuterli ta’limning yangi modelini 
asoslashga olib keladi. Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi singari insonning bilishi 
ham uzluksiz davom etadi. Shu yо‘l bilan о‘rganilayotgan obyekt tо‘g‘risidagi 
bilimlar kategoriyalarda mujassamlashib, nazariyaga aylanadi. 
Umumiy о‘rta ta’limda fanni о‘qitishda axborot texnologiyalaridan 
foydalanish tо‘g‘risidagi tasavvurlarni umumlashtirish va ular asosida tadqiqotni 
davom ettirish ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosining 
tarkibi, uning fanda qо‘yilishi, pedagogik amaliyotdagi о‘rni, uni hal etish 
konsepsiyasi kabi qator savollarga javobni taqozo qiladi.
Didaktik va uslubiy tadqiqotlarda, dastlab, о‘tkaziladigan tadqiqot, uning 
natijasida erishiladigan bilimlar, ayni holatda umumiy о‘rta ta’limda fanlarni 
о‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosining о‘zini, uning 
tarkibini о‘rganishda qator afzalliklar mavjud. Bunday tahlil tadqiqotchining 
muammo tо‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtirish, mavzu dolzarbligini 
atroflicha anglashini ta’minlaydi. Muammoning hali yetarli tadqiq qilinmagan 


355 
jihatlarini qayd qilib, tadqiqot yо‘nalishini belgilash va kelajakda erishiladigan 
natijalarni ma’lum darajada aniq kо‘ra olish hamda tadqiqot obyektini 
takomillashtirish yо‘llarini aniqlashga imkon beradi. 
Fanda qо‘yilgan muammoni о‘rganishga kirishar ekanmiz uning tarkibi, 
inson faoliyatidagi ahamiyati, ilmiy tadqiqotdagi о‘rni, qanday masalalarga 
daxldorligi, muammoni о‘rganish yо‘llari, vositalari, asoslanadigan prinsiplari, 
qisqa qilib aytganda, muammo mohiyatini yetarlicha bilmaymiz. Muammo 
obrazini ongda shakllantirish zaruratidan uning о‘zini alohida о‘rganishga, 
mohiyati va tarkibini tahlil qilishga ehtiyoj tug‘iladi.
Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosi tashkiliy 
tizim bо‘lib, о‘ziga xos qator sifatlarga ega: eng avvalo, ta’limda axborot 
texnologiyalaridan foydalanish didaktika va xususiy uslubiyat fanlari sohasida 
о‘tkaziladigan tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liq. Kompyuterli ta’lim tashkiliy tizim 
sifatida tadqiqotchining irodasi, mahorati, axborot texnologiyalaridan foydalanish 
bо‘yicha egallagan bilimlari, orttirgan tajribasiga bog‘liq. Masalan, informatika 
faning о‘quv predmetida axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun uning 
logikasi — о‘quv materiallarini о‘rganish tizimi, har bir mavzuga oid о‘quv 
elementlari ajratiladi, о‘quvchilarning real bilish imkoniyatlari о‘rganiladi. Shu 
asosda pedagogik dasturiy vositalarni yaratish xususiyatlari aniqlanib, ularni 
yaratishda о‘quvchilar faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish 
prinsiplari, usullari, vositalari, meyorlari ishlab chiqiladi. 
Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish tо‘g‘risida fikr 
yuritilganda uning ikki xil ma’nosini farqlash kerak:
1. Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish faoliyati. Ta’limda 
axborot texnologiyalaridan foydalanish faoliyati pedagogik dasturiy vositalarni 
loyihalash, yaratish, kompyuterning о‘zini ta’limni amalga oshirishga tayyorlash 
kabi elementlardan iborat bо‘lib, ularning har biri о‘ziga xos vazifa va vositalarga 
ega. 
2. Ta’limni axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayoni. Bu ma’noda 
ta’limni axborot texnologiyalaridan foydalanishni mehnatga qiyoslasa bо‘ladi. 
Mehnat jarayonlariga о‘xshab ta’limni axborot texnologiyalaridan foydalanish 
maqsadga muvofiq mehnat, mehnat vositasi, mehnat predmetidan iborat. 
Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish «inson-kompyuter» 
tizimini jamiyat hayotining barcha sohalariga jadal olib kirish shakllaridan biri 
hisoblanadi. Bunday tizimlar nazariyasiga kо‘ra inson faoliyati yetakchi 
komponent hisoblanib, kompyuter uni samarali amalga oshirish vositasi sifatida 
namoyon bо‘ladi. Inson faoliyatining kо‘pgina kо‘rinish va shakllari mavjud 
bо‘lib, ularning genetik jihatdan boshlang‘ich asosini mehnat faoliyati tashkil 
etadi. Uning tarixiy rivojlanishi natijasida boshqa faoliyat turlari, masalan, о‘yin, 
о‘quv, ilmiy izlanish kabilar kelib chiqqan. О‘quvchilarning о‘quv faoliyatini 
kompyuter yordamida tashkil qilish bu faoliyatning samarali natija berishiga 
imkon yaratadi. Shuningdek, ta’limda axborot texnologiyalarida foydalanish 


356 
uzluksiz ta’lim tizimini, qolaversa, jamiyatni axborotlashtirishning negizini 
tashkil etadi. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling