Pedagogik diagnostika
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
Solishtirish– diagnostik jarayonning asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi. Biz hayotdagi har bir narsani kuzata turib, beixtiyor uni solishtiramiz. Ko`rgan narsamizni o`z tajribamiz asosida fikrlashni, unga baho berishni xohlaymiz. Shu maqsadda xotiramizdagi xuddi shunday yoki shunga shunday kuzatishlarni esga olamiz. Faqat o`z kuzatisharimiz emas, balki o`zgalar tomonidan o`tkazilgan kuzatishlar ham tadqiqot tasnifiga yordam berishi mumkin. Agar qandaydir yangi kuzatishda solishtirishga asos yo`q bo`lsa, kuzatishimizda unga yaqinroq bo`lgan kategoriyadan foydalanishga harakat qilamiz.
Insonning xulqini kuzata turib, uning oldingi xulqi yoki hozirgi kundagi va o`tmishdagi boshqa individning xulq–atvori bilan, kimningdir xulq haqidagi fikrlari bilan solishtiramiz. Bu pedagogik diagnostikada individual, ijtimoiy yoki ob'ektiv solishtirish normalari deb hisoblanadi. Normalar pedagogik diagnostikada u yoki bu o`quvchilarning ma'naviy darajasini baholash uchun kerak bo`ladigan axborotlar to`plashni bildiradi. Masalan, biz to`plagan axborotlar intellektni o`lchovchi quyidagi ma'lumotlar bo`lishi mumkin: diktantda yo`l qo`yilgan xatolar soni, matematikadan to`g`ri yechilgan misollar soni, uchta mashg`ulot davomida olingan spontan javoblar soni, testdan to`g`ri bajarilgan topshiriqlar soni yoki shaxsning tarbiyalanganligini bildiruvchi axloqiy kategoriyalar: qiyin vaziyatda o`zini tuta bilishi, to`g`ri ma'nodagi sovuqqonlik, ijtimoiy foydali mehnatda ko`rsatgan ko`rsatkichlari, bo`sh vaqtdan oqilona foydalanish darajasi kabilar. Lekin bu axborotlar to`la informativ emas. Bizga ayrim holatlarda kriteriya va normalar yetishmaydi. Agar o`quvchi–yoshlarimiz yozma ishda 9 ta xatoga yo`l qo`yganligi ma'lum bo`lsa uni baholash uchun yozma ishning qiyinlik darajasini bilishimiz kerak. Bundan tashqari xuddi shu sharoitda boshqa ta'lim oluvchilar yozma ishni qanday yozganlilarini, yoki o`quv maqsadiga erishish uchun qancha xatogacha yo`l qo`yilishi mumkinligini bilishimiz kerak. Boshqacha so`z bilan aytganda solishtirma tahlil kerak bo`ladi. O`quvchining individual o`zlashtirishini biz quyidagicha tenglashtirishimiz mumkin: Boshqa ta'lim oluvchilarning ijtimoiy solishtirma natijalari bilan = norma Shu o`quvchining oldingi natijalari bilan individual solishtirma =norma Qo`yilgan o`quv maqsad= predmet solishtirmalari (коriteriyalar) bilan = norma Fanda solishtirma o`lchovlar uchun foizli darajali shkala keng ishlatiladi. Bu shkala o`quvchining aniq bir holatga muvofiq guruh ichidagi holatini belgilaydi. Masalan, 4 sinf o`quvchisi u yoki bu qobiliyati bo`yicha ranjirovkada 75– o`rinni egalladi, bundan ko`rinadiki o`quvchi sinfdagi 75 foiz o`quvchi bilan teng yoki ulardan ortiq natijaga erishgan, faqat 25 foiz bola undan ham yuksak yoki unga teng natijaga erishgan. Foizli shkalada o`rinni aniqlash uchun solishtirma o`zgaruvchanlikni bilish zarur. T–kattalik va intellekt koeffitsiyentini aniqlashda chekinish shkalalari keng qo`llaniladi. T–kattalik shkalasi «standart norma» hisoblanadi. Bu shkala test o`tkazishda keng qo`llaniladi. Bu shkala uchun o`rtacha kattalik 50 va standart chekinish 10 bo`lib hisoblanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling