Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet80/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Nazorat-kommunikativ bloki quyidagi vazifalarni bajaradi: ta’limiy, nazorat, kommunikativ, tashkiliy, refleksiv. Bundan tashqari u MO`(masofaviy o`qitish) qatnashchilari orasida qulay o`zaro aloqa yaratishga imkoniyat yaratadi.
Nazorat-kommunikativ blokda o`quv mazmunini qamrab olgan axborot uch xil holatda joylaShadi: nazariy, auditor, amaliy, mustaqil ishlashga mo`ljallangan;
Ushbu blokda mavjud bo`lgan didaktik ta’minot bir necha nazorat turlarini ta’minlashi Shart:
Joriy, oraliq, yakuniy.
Bu turdagi nazoratlar talabalarning ijodiy va mantiqiy fikrlashiga zamin yaratadi, bilim saviyasini kengaytiradi va eng asosiysi, mustaqil aqliy operatsiyalar bajarishga undaydi.
Umumlashtiruvchi korreksion o`zlashtirish natijalari darajasini nazorat qiluvchi blok talabalarning o`zlashtirish yakuniy natijalarini, o`quv-bilish faoliyatining diagnostikasini, turli nazorat natijalarining, tahsil oluchilarning tarbiyalanganlik darajalari tahlilini qamrab oladi. Ushbu ma’lumotlardan o`quv maskanlarida (Masofaviy o`qitish markazida) har bir ta’lim oluvchi to`g`risida axborot to`plaSh imkoniyati yaratiladi. Mazkur axborotdan o`quv dargohi ma’muriyati, yo`nalish bo`yicha dars berayotgan o`qituvchilar foydalanish xuquqiga ega bo`ladilar.
Demak, bunday bloklarning tashkil qilinishi ta’lim-tarbiya jarayonidagi tashkiliy, korreksion, kommunikativ, refleksiv, prognozlashtiruvchi vazifalarni bajarish bilan birgalikda o`quv jarayoni sifatini takomillashtirishga uning mazmunini boyitishga, talabalarning ijodiy rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko`rsatadi.
Bizning nazarimizda, didaktik ta’minotlarni loyihalashda va tuzishda quyidagi amallarga rioya qilish samarali natijalar beradi:

  • didaktik ta’minotlarni tuzishda turli bilim sohalari bo`yicha ijodiy uyuShmalar faoliyatini inobatga olish;

  • tayyor sertifikatlaShtirilgan didaktik ta’minotlarni xarid qilish va ularni o`quv dargohi Sharoitida adaptatsiyadan o`tkazish;

  • telekommunikatsiya va internet tarmoqlaridagi mavjud pedagogik diagnostika va korreksion axborotlaridan foydalanish;

Tajribadan ma’lumki, didaktik ta’minotni loyihalash va tayyorlashning birinchi bosqichi garchi katta mablag` sarf qilishga majbur kilsada, keyinchalik o`zini to`la-to`kis oqlaydi, chunki, masofaviy o`qitish jarayoni ishtirokchilarining deyarli barchasi tomonidan metodik tayyorgarliksiz foydalanishga imkoniyat yaratiladi.
Tajribalar Shuni ko`rsatmoqdaki, diagnostik va korreksion didaktik ta’minotlarni loyihalashda hamda tayyorlashda quyidagi omillarni inobatga olish zarur:

  • tahsil oluvchilarning tarbiya va rivojlanish darajasini;

  • tahsil oluvchilarning salomatligini saqlaSh tamoyillarini;

  • o`quv-bilish faoliyatidagi tanlov erkinligini;

  • Shaxsning individual xususiyatlarini;

  • MO` jarayonida ishtirok etuvchilarning xususiy emotsional-intellektual kirishuvchanligini.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, didaktik ta’minotlarni loyihalashda, ularni tuzishda va qo`llaShda ta’lim-tarbiya jarayonidagi tizimlilik, izchillik, evolyutsionlilik tamoyillariga yondoshish zarur.
Bizning fikrimizcha, diagnostik va korreksion jihatdan foydali didaktik ta’minotlarni tuzish va amalga tadbiq qilish quyidagi tadbirlarni tashkillashtirishni taqozo etadi:

  1. kompyuter va internet tarmoqlarida malakali ishlay oladigan, mantiqiy va ijodiy fikrlovchi kadrlarni tayyorlash;

  2. sifatli didaktik ta’minotlarni tuzishdagi zaruriy metodik tavsiyalarni ishlab chiqish (mazmun, shakl, tarkib, baholash me’yorlarini inobatga olgan xolda)

  3. turli soha mutaxassisliklarini psixologik-pedagogik jihatdan tayyorlab borish (masalan, pedagog-amaliyotchi: dasturlovchi, programmist - usuliyotchi va h. k.)

  4. Masofaviy o`qitish jarayoni ishtirokchilari faoliyatini qulaylaShtirish;

  5. O`quv muassasalarining o`zida (imkoniyatlardan kelib chiqqan holda) masofaviy o`qituv xizmatlarini tashkil qilish va amalga tadbiq qilish;

  6. Pedagogik diagnostika va korreksiya jarayoni uchun zarur bo`lgan didaktik ta’minotlarni prognozi (bashorati)ni rivojlantirish.

Mazkur muammolarni yechishda oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilari, kolledj, gimnaziy, litsey, umumiy o`rta ta’lim maktab o`qituvchilari hamkorligi Respublikamizda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini yanada yuksakroq chuqqilarga ko`tarilishiga ko`mak beradi.
O`xshash qilib, yoshlarni pedagogik diagnostika qilishda quyidagi omillarni inobatga olish zarur:
1) individual-psixologik xususiyatlarini chuqur tahlil qilish;
2) hududiy, regional yashash tarzini inobatga olgan holda korreksion ishlarni amalga oshirish;
3) diagnostik va korreksion jihatdan foydali didaktik ta’minotlarni tuzish va amalga tadbiq qilish;
Korreksion tarbiyaviy tadbirlarni tashkillashtirish quyidagilarni taqozo etadi:
- o`quvchilarni falsafiy dunyoqarashga tayyorlash, o`z-o`zini idora va nazorat qilishni Shakllantirish;
- yoshlar ijodkorligini, iqtidorini yuzaga chiqarish, xulqidagi korreksiya talab nuqsonlarni bartaraf etish;
- insonparvarlik me’yorlariga mos xislatlarni shakllantirish, qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish;
-O`zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish yo`lida g`amxo`rlik qilishga o`rgatish;
-o`z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha Shay bo`lishga o`rgatish;
- O`zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, O`zbekiston madhiyasi, Bayrog`i, Gerbi, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
- mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash, sog`lom turmush tarzi uchun intilish kabi xislatlarni o`stirish;
- axloqiy fazilatlarni (mehribonlik, Shafqatlilik, adolatparvarlik va boshqalarni) rivojlantirish;
Yoshlar jamoasida pedagogik diagnostika va korreksiya muolajalarini o`tkazishda quyidagi tavsifiy belgilarni inobatga olish zarur:


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling