Pedagogik diagnostika


Tarbiya jarayonida o`rta va katta pog`ona(konsentr)dagi o`quvchilarning xulq-atvorini korreksiyalash yo`llari


Download 1.85 Mb.
bet88/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Tarbiya jarayonida o`rta va katta pog`ona(konsentr)dagi o`quvchilarning xulq-atvorini korreksiyalash yo`llari. Tarbiya jarayonida jamiyat tomonidan qabul qilingan xatti-harakatlar, qoidalar va me’yorlardan chekingan o`smirlarning xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalash ular to`g`risida to`liq axborotga ega bo`lishni talab qiladi.
Deviant xulqli o`smir va o`spirinlarning paydo bo`lishi bu hodisaning ob’ektiv va tarixiy vujudga kelishi jamiyatimiz oldida, ijtimoiy harakat va ta’lim-tarbiya muassasalari oldiga ulkan vazifani- dezadaptatsiyalaShgan(xulq normalaridan chetlaShgan) yoshlar bilan ishlashda tarbiyaviy Shakl, metod, texnologiyalarni to`g`ri tanlshni, tarbiyaviy ta’sir kuchini jamlaShni taqozo etadi. Bu sa’y-harakatlar balog`atga yetmaganlarning reabilitatsiyasiga va Shu bilan birga, ularning axloqlarini profilaktikasiga qaratilishi zarur.
Deviant xatti-harakat-bu psixik sog`lom Shaxslar tomonidan me’yoriy qoidalarni buzish holatlaridir.
Deviatsiya-bu ijtimoiy pedagogik muammo bo`lib, inson ruhiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o`zgarish hollari bilan bog`liq. Bu hol, ayniqsa, o`smir yoshidagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo`lib, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqa jihatlarida o`zgarishlar ro`y beradi. Bu o`zgarishlar o`z navbatida ularning psixikasida o`zgarishlar ro`y berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o`zini tutishida o`zgarishlar ro`y berib, ularni ko`proq «Men kimman?»-degan savol qiynaydi.
Jamiyatda o`rnatilgan me’yor va qoidalarga rioya qilmaydigan O`xshash tarbiyasi og`ir o`smirlarni ilmda deviatsiya deb atashadi.
Deviatsiya o`z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlarni birlaShtiradi.
Deviant hatti-harakat- bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jihatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me’yorldan, hatti-harakatlar va qoidalardan og`ish, chekishning bir turidir. YA’ni bu turdagi harakatni intizomsizlik deb ham atash mumkin. Agressiya, chaqiriq ishda va mehnat faoliyatida o`z boshimchalikka yo`l qo`yish, bolalar va o`smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftachilik qilishlari, assotsial harakatlarga berilish kabilar deviant harakatlarning asosiy ko`rinishlaridir. Ma’lum vaziyatlarda bolalar va o`smirlarning Shu kabi hatti-harakatlarni namoyon etishi deviant harakatlarning tipik xususitidir.
Delinkvent hatti-harakat-deviant harakatlardan farqli ularoq, ular vaziyat ta’sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial harakatlarning doimiy xarakterga ega bo`lishidir. Delinkvent harakatlarning quyidagi turlari mavjud:

  • HaqoratlaSh, xo`rlaSh, azoblaSh va undan huzurlanish kabi agressiv bosqinchilik harakatlar;

  • Kichik o`g`riliklar, ta’magarlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va anjomlarni o`g`irlaSh kabi moddiy foyda ko`rishga qaratilgan o`z Shaxsiy manfaati yo`lidagi xarakatlar;

  • Narkotiklar sotish va tarqatish.

Kriminal hatti-harakat-bu jinoiy javobgarlikka tortilishga yoshi yetgan Shaxslarning huquqlarga zid harakatlari bo`lib, ular ustidan jinoiy ish qo`zg`atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent harakatlar asos yaratadi.
Yoshlarning asotsial xulqi va g`ayriqonuniy harakatlari salmog`i kamayishiga muammoning holati davlat organlari, hokimiyatlar, jamoat tashkilotlari, uzluksiz ta’lim tizimi tuzilmalarining diqqat markazida turishi kerak. Shu sababli mazkur masala pedagogikaning eng murakkab va ko`pqirrali muammolaridan hisoblanadi.
Shu sababli bugungi kunda yoshlarning xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda ikki xil texnologik yondoshuvdan foydalanish zarur:
-profilaktik;
-reabilitatsion.
Profilaktika- balog`atga yetmaganlarning xulqidagi ijtimoiy og`ish holatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni oldini olishga, ularni bartaraf etishga, asosiy sabab va Shartlarni neytrallaShga qaratilgan davlat, jamoa, mahalla, oilaviy,ijtimoiy-tibbiy, tashkiliy-tarbiyaviy tadbirlarning majmuasi.
Profilaktik tadbirlar deganda ijtimoiy pedagogikada ilmiy asoslangan va o`z vaqtida amalga oshiriladigan hatti-harakatlar tushuniladi. Ular quyidagilarga qaratiladi:
-ijtimoiy risk guruhiga kiruvchi bolalarning jismoniy, ruhiy, sotsiomadaniy vaziyatlarning oldini olishga qaratiladi;
-bolaning normal hayotini himoyalaSh va salomatligini mustahkamlash;
-bolaning ijtimoiy maqsadlarga erishuvi yo`lidagi sa’y-harakatlariga yordam berish, uning ichki salohiy qudratini yuksaltirish;
«Profilaktika» atamasining o`zi salbiy holatning oldini olishga qaratilishi bilan uyg`unlaShadi.
Ijtimoiy og`ish turli sabablarga ko`ra vujudga kelishini inobatga oladigan bo`lsak, profilaktik tadbir o`tkazish bir necha ko`rinishda bo`lishi mumkin:
1.NeytrallaShtiruvchi;
2.MuvofiqlaShtiruvchi;
3. Ijtimoiy og`ish oldini oluvchi, salbiy holatlarning vujudga kelishiga to`sqinlik qiluvchi tadbirlar;
4. Salbiy vaziyatlarni bartaraf qiluvchi tadbirlar;
5. O`tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni va ularning natijalarini nazoratga oluvchi tadbirlar;
Profilaktik tadbirlarning samaradorligi quyidagilarga e’tibor berilganda yuqori bo`lishi ko`zda tutiladi:
-Boladagi, ijtimoiy muhitdagi diskomfort hissiyotlarini bartaraf qilishga qaratilgan tadbirlar va ularning balog`atga yetmaganlar tomonidan vujudga kelgan muammo yechimini topishga bo`lgan qiziqishini, motivatsiyani tajribani Shakllantirish;
-Bolaning sog`ligini, ma’naviy qiyofasini mustahkamlaydigan maqsadlarga qaratilgan yangi ko`nikmalarga o`rgata borish;
-Hali paydo bo`lmagan muammolarning yechimini topishga o`rgatish, ularning paydo bo`lishiga yo`l quymaslik malakalarini Shakllantirish;
Profilaktik texnologiyalarga asoslanib tuzilgan tarbiyaviy ishlar rejalarida avvalambor, o`spirinlar bilan ishlashda axborot yo`nalishiga alohida e’tiborni qaratish kerak. Bu yo`nalish mohiyatiga ko`ra balog`atga yetmaganlar ijtimoiy xulq normalaridan og`ishiga sabab: ularning muhim axborotdan chetlaShtirilganligi sabab bo`ladi. Demak, bu yo`nalish bo`yicha ish olib borilganda, balog`atga yetmaganlarga ularning haq-huquqlari, mas’uliyatlari, jamiyat va davlat oldidagi ijtimoiy burchlari va vazifalari to`g`risida axborot berish lozim bo`ladi. Buni ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televizor), kino, teatr, badiiy adabiyot, Internet hamda ijtimoiy ta’lim tizimi orqali amalga oshirib, o`smir va o`spirinlarning huquqiy ongini Shakllantirish, ularda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptirish mumkin bo`ladi.
Ijtimoiy-profilaktik yo`nalishga asoslangan tadbirlar maqsadi salbiy holatlarning oldini olishga, ularning vujudga kelishini bartaraf qilishga qaratiladi. Mazkur yo`nalishning mohiyati davlat, jamiyat , muayyan ijtimoiy pedagogik muassasa tomonidan o`tkaziladigan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy, tarbiyaviy ahamiyatga molik bo`lgan tadbirlar tizimi bo`lib, ular deviant xulqning paydo bo`lishiga to`sqinlik qilishga, uni minimizatsiyalaShga( past darajadagi ko`rinishga kelishiga),bartaraf qilishga qaratiladi. Maqsadli axborotning yo`qligi sababli, masalan, giyohvand moddalarni nafaqat tarqatish, balki ularni iste’mol qilish ham jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkinligi to`g`risidagi ma’lumotga ega bo`lmagan yoshlar ko`p hollarda O`xshash jinoyatga qo`l o`rishlari aniqlandi.
Deviant xulqlilar bilan profilaktik ishlarni o`tkazishda asosiy yo`nalishlardan yana biri-tibbiy-biologik yo`nalish hisoblanadi, Bu yo`nalishning mohiyati maqsadli tibbiy-profilaktik xarakterga ega bo`lgan chora-tadbirlar orqali ruhiy anomaliyali, biologik sathda patologiyalarga duch bo`lganlarning ijtimoiy normalardan og`ishining oldini olishga qaratilgan.
Ma’lumki, ruhiy sog`lom o`smirlar, o`spirinlar o`zining irodaviy kuchi va ma’naviy va axloqiy qadriyatlari tufayli turli jinoiy hatti-harakatlardan o`zini tiya oladi. Ammo ruhiy patologiyalarga duch bo`lganlar mavjud bo`lgan ma’naviy-axloqiy, huquqiy normalarga zid ish qila olishi qiyin bo`lmaydi. Sub’ektning bu holati «o`z faoliyatiga javob bera olmaslik»(nevmenyayemost) deb qaraladi. Shu sababli, o`smir va o`spirinlarning ruhiyatidagi patologiyalarini vaqtida aniqlay olish o`ta zarur deb hisoblanadi. O`smirlarni o`z vaqtida psixoterapevt ko`rigidan o`tishi lozim bo`lib, unga tegishli tibbiy yordam ko`rsatilishi Shart.
Keyingi yo`nalish- ijtimoiy-pedagogik yo`nalish bo`lib, uning mohiyati: ichki irodaviy xislatlariga tayangan holda Shaxs sifatlarini qayta tiklaSh yoki korreksiyalashni nazarda tutadi. Akademik I. P. Pavlov fikricha, «. . . ongli, fikr-mulohazali inson- o`z hohish-istaklarini jilovlay oladigan, o`z hatti-harakatlarini ma’naviy-ma’rifiy maqsadga yo`naltirgan, qonunga xilof ish qilmaydigan fuqaro hisoblanadi»( ). Shu fikrdan kelib chiqqan holda, o`sib kelayotgan o`smir va o`spirinlarda quyidagi irodaviy hislatlarni Shakllantirish lozim:

  • o`z so`zining va qilayotgan ishining egasi bo`lishga o`rgatish;

  • jamiyatga, tevarak-atrofdagi insonlarga ziyon keltiruvchi hatti-harakatlardan o`zini tiya olishga o`rgatish. Buning uchun salbiy tasnifga ega bo`lgan motivlardan saqlanish, ularni jilovlaSh;

  • hozirgi paytdagi faoliyatda asosiy va muhim narsalar(o`qish, sport bilan Shug`ullanish, ishlash va h.k.lar)ga diqqatni qarata olish ko`nikmasini Shakllantirish;

  • qonunga xilof bo`lmagan tizimli va rejali maqsadni o`z oldiga qo`ya olishni o`rgatish. Bunda ikkinchi darajali va yo`l-yo`lakay paydo bo`luvchi istaklarni asosiy maqsadga bo`ysundira olish ko`nikmalarini Shakllantirish;

Iroda hamisha maqsadli va ongli regulyatsiya qila oladigan faoliyatda namoyon bo`ladi. Irodasiz, kuchsiz xarakterga ega bo`lgan yoshlar ko`p hollarda o`zgalar hohish-istagini bajaruvchilariga aylanib qolishadi. Shu sababli ular turli nojo`ya qiliqlar qilishga moyil bo`ladilar. Ularda irodalilik, sabr, matonat kabi xislatlarni Shakllantirish kelajakda jamiyatda faol, axloqiy, ma’naviy qiyofali Shaxs Shakllanishiga sabab bo`ladi.
Deviant xulqli yoshlarda iroda zaifligi, asotsial xatti-harakat qilishlariga sabab bo`ladi. Bunday salbiy xususiyatlar kelgusida ularning axloqi va xulqida o`z aksini topadi. Masalan, 2003-2004 yillarda Navoiy viloyatida qonunbuzarlikda ayblangan balog`atga yetmaganlar orasida o`tkazilgan anketa-so`rovnomalarda quyidagi irodasizlikni bildiruvchi hislatlar namoyon bo`lganligi aniqlandi:
-qat’iysizlik 65% ;
-mustaqil xulqqa ega bo`lmaslik, mustaqil hatti-harakatlarning Shakllanmaganligi- 72,1%;
-tashabbuskorlikdan yiroqligi- 35%;
-qaysarlik- 43,4%4
o`zini tuta olmaslik, nojo`ya hatti-harakatlardan tiya olmaslik 21,3%;
Ko`rib turganimizdek, balog`atga yetmaganlarning irodasizligi tufayli axloqiy normalarga zid hatti-harakatlar qilinishi, huquqbuzarlikning paydo bo`lishi mumkin.
Yoshlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, ularning sog`lom irodali bo`lishlari uchun tarbiyaviy tadbirlarni yosh xususiyatlariga mos ravishda bir qator bosqichlarda o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir ( -rasm).
Tadqiqotlardan Shu narsa aniqlandiki, axloqiy tushunchalarni o`zlashtirish jarayoni maxsus rahbarlik qilishni talab etadi. O`quvchilarning tasodifiy hollar, kuchadagilarning bema’ni ta’siri, kattalarning yaramas hatti-harakatlari ta’sirida tarkib topadigan axloqiy tushunchalari va jamoa tomonidan to`g`ri g`oyaviy rahbarlik qilinmasa, xato, noto`g`ri, buzuq tushunchalarga aylanib qolishi mumkin.



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling