Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet87/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Davlat ramzlari faqat ta’sirchan tarbiyaviy vosita bo`lib kolmay, balki ta’limiy jihatdan ham muhim omillardandir.
Davlat gerbi va bayrog`ining tasviri, Davlat madhiyasining matni bilan tanishish jarayonida o`quvchilarda davlat hokimiyati ramzlariga hurmat his-tuyg`usi qaror topadi. Davlat ramzlarini o`rganishda o`quvchilarning yosh xususiyatlarini albatta hisobga olish, mavjud darslik, uslubiy ko`rsatma va qo`llanmalardan o`z o`rnida foydalanish lozim.
O`zbekiston fuqarosi o`z Vatanini sevishi, xalqiga cheksiz sadoqatli bo`lishi, O`zbekiston Respublikasining qonun va qoidalarini , ramzlarini yaxshi bilishi va ularga chuqur hurmat bilan munosabatda bo`lishi Shart. O`quvchilarda Shu his-tuyg`ularni tarbiyalash o`qituvchining asosiy vazifalaridan biridir.
Davlat ramzlarini o`rgatish faqat gumanitar fanlarni o`qitish jarayonidagina emas, balki har bir fanni o`qitishda ham, ayniqsa, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida xam keng olib borilishi kerak. Davlat ramzlarining mohiyatini o`rgatish, ularga hurmat ruhini tarbiyalashda sinf rahbarining o`rni ham ahamiyatlidir.
O`quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda axloqiy tarbiyaning o`rni o`ziga xos va juda muhim. Axloqiy tarbiyaning mazmunida jamiyatga, Vatanga muhabbatni tarbiyalash va baynalmilallikni targ`ib qilish birinchi o`rinda turadi. Vatanga muhabbat va sadoqat Shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, baynalmilallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida, Vatan boyliklarini ko`paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo`ladi. Vatanparvarlik va baynalmilallik axloqiy tarbiyada alohida o`rin tutadi. Hadisi Shariflarda ham «Vatanni sevmoq iymondandir», «Vatan ostonadan boshlanadi» deb bejiz aytilmagan.
«Vatanparvarlik- kishining o`zi tug`ilib o`sgan, kamol topgan joy, zamin, o`lkaga bo`lgan mehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy axloqiy xislatlari, fazilatlaridir»1. Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda va mavjud ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida Shakllanadi. Vatanga muhabbat tuyg`usi bolaga ona suti bilan, allasi bilan kiradi. Bu aziz tuyg`u bir umr unutilmaydi. Shuning uchun ham vatanparvarlik tarbiyasi hamma zamonlarda ulug`langan.
Vatanparvarlik Shaxsni axloqiy Shakllantirishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabda vatanparvarlikni Shakllantirish quyidagi mezonlar asosida tashkil etiladi:

  • Vatanga muhabbat hissi;

  • Milliy g`urur;

  • Davlatimizning milliy istiqlol mafkurasi va uni ilmiy idrok etish;

  • Davlatimiz ramzlariga sadoqat;

  • Millatlararo madaniy muomala (baynalmilallik).

Vatanparvarlik hissini har bir fandan dars o`tish jarayonida, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlarni (Tarix, Inson va jamiyat, Davlat va huquq asoslari, Adabiyot) va mustaqillikdan keyin ta’lim jarayoniga kirib kelgan «Odobnoma», «Vatan tuyg`usi», «Ma’naviyat asoslari», «Konstitutsiya asoslari», «Milliy istiqlol g`oyasi» va boshqa ko`plab fanlarni o`qitish jarayonida Shakllantirish ijobiy samara beradi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanparvarlik va baynalmilallik tuyg`usini Shakllantirishda darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning va sinf rahbarining o`rni ham o`ziga xosdir. «Vatan tarixini bilmay turib, uni to`la sevib bo`lmaydi», «Vatan ostonadan boshlanadi», «Vatan- yagonadir, Vatan - bittadir» va Shunga o`xshash boshqa ko`plab mavzularda bellaShuvlar, tarbiyaviy soatlar, ko`rik-tanlovlar o`tkazish bilan ham Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqatni tarbiyalash mumkin. Yuqori sinf o`quvchilari bilan esa tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda siyosiy axborotlarning o`rni salmoqlidir. Bolalar bunda mamlakatimiz va chet ellardagi siyosiy voqealar bilan tanishib boradilar.
Jahon pedagogikasida e’tirof etilishicha, tarbiya jarayonida mustaqil davlat timsollarining asosiy mafkura va ma’naviy xislatlarni Shaklantirishdagi ahamiyati nihoyatda beqiyos.
Davlat timsollari insonda eng avvalambor milliy g`urur va iftixor hissini Shakllantirishning zaminlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Millatning Shakllanishi, ayni vaqtda millat tomonidan o`z o`tmishining, o`z tarixini, ajdodlarning mehnati, qahramonligi, milliy ma’naviyat va madaniyatining barcha yo`nalishlari tarmoqlari xilma-xilligini hamda o`ziga xosligini o`rganish- davlat ramzlariga bo`lgan hurmatdan boshlanadi.
O`zbekiston Respublikasi mustakillikni qo`lga kiritgach davlatimizdagi eng muhim va jiddiy muammolardan biri- yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, davlat timsollariga hurmat ruhida tarbiyalash bo`lib qoldi. Bu muammoning ahamiyati Shundaki, mustaqillikkacha, chorakam bir asr davomida, fuqorolarimiz yagona hukmron mafkura tazyiqida tarbiyalanib, loqaydlik, qaramlik, mutelik va norasolik ruhining ta’sirida o`sganlar. Bu narsa hozirgi hayotimizda har xil ko`rinishda namoyon bo`ladi. Shu boisdan O`zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda, yoshlarni tarbiyalash, sog`lom qilib o`stirish, ularning ongini o`tmish ta’siridan ozod ravishda Shakllantirish mustaqil davlatimizning dolzarb vazifalaridandir.
Davlat timsollari, xususan madhiya- jamiyat a’zolarining, ijtimoiy guruhlar siyosiy partiya, jamoat tashkilotlari, millatlar va elatlar, yoshlar ommaviy harakatlari, diniy uyuShmalari, xotin-qizlar, faxriylar, tadbirkorlar va boshqa ijtimoiy sub’ektlarning umumiy manfaat muddaolarini o`ziga aks ettiruvchi mujassamlaShtiruvchi, ularning hatti- harakatlarini, faoliyatini, fikr- zikrini yagona bir maqsadga- mustaqillikka erishish hamda uni mustaxkamlaShga yo`naltiruvchi g`oyalarni o`z
O`xshash qilib, o`quvchilarni milliy madhiyamiz, davlat ramzlari ruhida g`oyaviy tarbiyalashda maxsus metodikadan foydalanish ijobiy samaralar keltiradi.
Maktab yoshidagi o`kuvchilarga huquqiy tarbiya berish ham ularning xulqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga zamin yaratadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling