Pedagogik diagnostika


Tengdoshlari bilan muloqot madaniyatini shakllantirish


Download 1.85 Mb.
bet86/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Tengdoshlari bilan muloqot madaniyatini shakllantirish;
Hissiy olamini kengaytirish orqali intellektual jihatdan o`sishini ta’minlash;
Xulqidagi nuqsonlarni bartaraf etishda intellektual jihatdan o`sish orqali erishish;
Axloqiy fazilatlarni kamol toptirishga qaratilgan kompleks topshiriqlardan foydalanish;


8-Jadval «Pedagogik e’tiborsizlik»ning profilaktikasi

Muloqotni boshqarish metodikasi

Xulq-atvorni boshqarish metodikasi

Bolaning qobiliyatla
rini rivojlantirish

Faoliyatni faollaShtirish metodikasi

Tengdoshlari oldida bola nufuzini ko`tarish

Xulq-atvorda individual tajribani Shakllantirish

Rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish

Faollikni o`stirish, motivatsiyani vujudga keltirish, mustaqil hatti-harakat qilishga undaSh

9-Jadval Korreksiya ta’siri

Axloqiy tarbiya

Intellektual rivojlanish

Hissiy-irodaviy muhit

Tarbiyachi, pedagoglar

Pedagoglar va psixologlar

Pedagoglar, psixologlar, Shifokorlar

Ijtimoiy pedagog

Salomatlik o`qituvchisi

Muhit, oila, tevarak-atrofdagilar

Maktabda o`quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil usullardan foydalanish lozim:



  • dars, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo`shib olib borish;

  • ahil, inoq uyuShtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya berish;

  • to`g`ri rejalshtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish orqali;

  • Maktabda ijobiy emotsional Sharoit yaratish orqali. Masalan, Mustaqillik kuni, Navro`z bayrami;

  • Barcha o`quvchilarning maktabdagi umumiy va yagona tartib qoidasiga rioya qildirish orqali;

  • Turli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag`batlantirish, jazolash usullaridan foydalanish orqali;

  • Tarbiyaviy soatlar, «Odobnoma» darslari saviyasini oshirish orqali;

  • Mehnat, sport ilg`orlari, ilm-fan xodimlari, san’at yulduzlari, mehnat faxriylari, hojilar bilan uchraShuvlar uyuShtirish orqali;

  • Maktabda turli kechalar, olimpiada, festival, musobaqalar o`tkazish, turli axloqiy-ma’rifiy, badiiy-estetik tele-radio eShittirishlaridan foydalanish;

  • Dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat va an’analarimiz aks etgan asarlarni o`qib-o`rganish orqali.

«Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uning baShariyat jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir... Bolalar suvga o`xShaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda bo`lsa, o`Sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo`lsalar o`sha muhitning O`xshash odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk Sharti Shundan iboratki, bolalar ko`proq yaxshi va yomon axloqni o`z uylaridan, ko`chadagi o`rtoqlaridan, maktabdagi o`quvchilardan qabul qiladilar1»,- deb yozadi buyuk ma’rifatparvarlarimizdan biri Abdurauf Fitrat.
Pedagogik korreksiyalashda axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o`z ifodasini topishini unutmasligimiz kerak:
1.Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida Vatan boyliklarini ko`paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo`ladi.
2.Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash. Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat jarayonida namoyon bo`ladigan yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va jamoa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalandi.
3.Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. shaxsning jamoatchilik, ko`pchilik manfaatini o`z shaxsiy manfaatidan ustun qo`yishidir.
4.Shaxsning o`ziga, o`z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi - bu o`quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Maktabda axloqiy mavzularga oid tadbirlar sinfdan va maktabdan tashqari turli -tuman shakllarda olib boriladi. Bolalar yoshiga, saviyasiga qarab «Inson go`zalligi nimada?», «Axloq va qonun», «Ona yurting omon bo`lsa», «Inson odobi bilan», «Jannat onalar oyog`i ostida» va boshqa mavzularda suhbatlar, munozaralar o`tkazish mumkin. Sharq qadriyatlari va milliy an’analarni dars va tadbirlar jarayonida o`quvchilarga o`rgatib borish lozim. Maktabda mehnat ilg`orlari, faxriylar, hurmatli qariyalar bilan uchraShuvlar, adabiy kechalar, musobaqalar o`tkazish, turli matbuot materiallaridan foydalanish ham mumkin.
Har tomonlama yetuk, komil insonni shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonidan kutilgan asosiy natija ekan, yoshlarimizga kompleks tarbiya berishimiz lozim. Ayniqsa, ularda fuqarolik hissini Shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini o`stirish, vatanparvar va baynalminal insonlar qilib yetishtirishga, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini o`stirishga alohida ahamiyat qaratishimiz lozim. O`quvchilarga huquqiy tarbiyani berishda va ularni vatanni sevishga o`rgatishda davlat ramzlaridan foydalanishning ahamiyati kattadir.
Davlat ramzlaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta’lim va tarbiya jarayonida ularning ahamiyatini o`quvchilarga tushuntirish, tarbiyalanuvchilar xulq-atvoriga chuqur ta’sir etadi. Hayotga qadam qo`yib kelayotgan har bir o`quvchi davlatimiz Konstitutsiyasini, bayrog`i, gerbi va madhiyasini yaxshi bilishi kerak. O`quvchilarda Shu ramzlarga chuqur hurmat-ehtirom tuyg`ularini tarbiyalash tarbiyaviy ishlarimizning uzviy qismini tashkil etishi lozim.
Davlat ramzlarini o`rganish pedagogik jihatdan to`g`ri tashkil etilsa, u o`quvchilarning xuquqiy va axloqiy his-tuyg`ulariga, vatanparvarlik qarashlariga yaxshi ta’sir ko`rsatadi. Bu borada o`quvchilar bilan olib boriladigan jamoa tarbiyaviy ishlarining imkoniyatlari beqiyosdir. Davlat gerbi, bayrog`i, madhiyasi hamda o`quvchilar tashkilotlari ramzlarining axloqiy, siyosiy, huquqiy mazmuni haqida uyuShtirilgan xilma-xil munozara va suhbatlar Shubhasiz samarali natijalar beradi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling