Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet82/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Didaktik o`yinlar bolalarning aqliy rivojlanishida, ularni bilishga undaShda birmuncha afzalliklarga ega. Bu o`yinlar pedagog tomonidan o`quv-tarbiyaviy maqsadlar uchun maxsus tashkil etiladi. Foydalanilayotgan materiallar turiga qarab didaktik o`yinlar predmetli- didaktik o`yinchoqlar va materiallar;- «qiyin sayohat», «labirint», so`zli- o`yin-topishmoqlar, masalalar, o`yin-sayohatlar va boshqa.
Harakatli o`yinlar bolalarni jismoniy tarbiyalashda muhim vosita sanaladi. Ular har doim o`yin ishtirokchilaridan faol sensorli va dvigatelli harakatlarni o`rnatilgan maqsadga erishish uchun bajarishni talab etadi. Musobaqa tarzida tashkil etilgan bu tur o`yinlar bolalarda ijodkorlik, epchillik, tezkorlik, zehnlilik kabi sifatlarni Shakllantirishga xizmat qiladi.
O`yin turlarini tanlsh bevosita bolalar yoshiga bog`liq ekanligini ta’kidlash joiz. Misol uchun, 1-sinf o`quvchisi uchun o`yin mazmun jihatdan unchalik ahamiyat kasb etmaydi, balki ularga ba’zi bir «jo`yali»topshiriqlar berilishi mumkin: chaqqon harakat qil, do`stingni yonida tur va hokazo. Ammo 10-11 yoshdagi bolalar uchun kompyuter orqali bajariladigan immitativ jismoniy o`yinlar xam xo`Sh yoqadi.
O`yinning asosiy funksiyasi darsni tashkil etish Shakli sifatida bolalarni bilishga oid faoliyatiga jalb etishdir. Shu boisdan «xayoliy orol»ga sayohat, multfilmda sevgan qahramonlarining harakatlarini kuzatish, topishmoqlar aytish, bolalar bayramlari kabi o`yinlar bola Shaxsiyati mazmunini ochib berishga, uning faoliyatini rivojlantirishga, umumiy qiziqish va fikrlar mushtarakligi asosida ularni jipslaShtirishga imkoniyat beradi.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarni tarbiyalash jarayonida ularda Vatanga muhabbat, tevarak-atrofni, tabiatni e’zozlaSh, mehribonlik, to`g`riso`zlik, aqli rasolik kabi hislatlar Shakllantiriladi. Sog`lom fikr va sog`lom nasl to`g`risidagi ibtidoiy tushunchalar singdiriladi. Bu esa o`z navbatida sog`lom avlod tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalashda pedagogik muammoni hal etishni maqsad qilib, undan so`ng korreksion ishlarga o`tish joizdir.
Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning xulq-atvorini o`rganish ijtimoiy guruh hisoblanmish sinf jamoasida olib boriladi. Pedagogik muammoni hal etishda asosiy ahamiyat o`qituvchi va o`quvchi hamda sinf jamoasi o`rtasidagi munosabatlarga qaratiladi. Bu uchlikda shaxsiy va institutsional (umumijtimoiy) talablar va ehtiyojlar jarayoni aks etadi.
Bugungi kunda xulq-atvordagi umumiy munosabatlarni diagnostika va korreksiya qilish uchun yagona nazariya mavjud bo`lmasada, kichik maktab yoshidagi o`quvchilar jamoasidagi ijtimoiy munosabatlarni quyidagi xususiy komplekslar orqali aniqlash mumkin:1) guruhiy normalar; 2) guruhiy tarkib va 3) guruhdagi munosabatlar. Keyingilari o`z navbatida formal va noformal kabi guruhlarga bo`linishi mumkin. Formal guruh o`qituvchi tomonidan nazorat ostiga olingan ta’lim-tarbiya maqsadlariga xizmat ko`rsatsa, noformal muhitda, o`qituvchining aralaShuvisiz turli jarayonlar kechishi mumkinki, bunda do`stlik, mehr-oqibat, sabr-toqat, mehnatsevarlik bilan birga o`jarlik, yolg`onchilik subutsizlik kabi hislatlar ham shakllanishi hech gap emas. Ammo shu narsani ta’kidlash joizki, noformal guruhlarning paydo bo`lishi-tabiiy hodisa, chunki o`kuvchi o`zining ma’lum jamoaga taalluqliligi, o`z hohish-irodasini namoyon qila oladigan guruhga aloqador ekanligi Shukuhi bilan yashashi zarur.
Kichik maktab yoshidagi bolaning xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalayotgan o`kituvchi bolaning qaysi noformal guruhga aloqadorligini, uning ta’sir kuchini bilishi kerak. Yuqori sinf o`kuvchilari formal guruhlardan asta-sekinlik bilan yiroqlaShadilar. Mazkur guruhlarda o`z qonun-qoidalari, baholash mezonlari mavjud bo`ladi.

Педагогик муаммони ҳал этилишини баҳолаш



Муаммони ҳал этиш





Тарбиявий технологияни ишлаб чиқиш



Муаммони ҳал этилишини ташкил этувчи омиллар



Муаммо ечимини топиш



Муаммо диагностикаси





Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling